2.5.Xo’jalik ishlari faollarini tayyorlash.
Xo’jalik ishlarini olib boruvchi faollarga eng avvalo birinchi navbatda qilinishi zarur bo’lgan ishlar va oboektlarni tanlashni o’rgatish, ularga maktabni moddiy va material bazasi imkoniyatlaridan kelib chiqib bajariladigan ishlar rejasini tuzib ish boshlash malakasini berish, (o’z navbatida ishga safarbar qilinayotgan maktabdoshlari, sinfdoshlarini jismoniy va texnik tayyorgarligini hisobga olishni o’rganish, zarur bo’lgan ishlarni bir xilda taqsimlashi, ayrim qurilishi yoki tamirlanishi tez bo’lishi kerak bo’lgan ishlarni «ilg’or qurilish oboektiga aylantirish katta Samara berishligi xo’jalik ishlar faollariga seminarlarda o’qitiladi. Ilg’or qurilishda sinflar, alohida guruhlar, sport jamoalarining sog’lom o’zro musobaqasi tashkillanib, ularning natijasini devoriy yoki radio gazetalarda yoritishning ahamiyati katta, ish tez yuradi.
Mayda ishlarning ko’pi mehnat darslarida, nisbatan qiyinlari sinfdan tashqari ishlar paytida, haqiqiy va kanikul paytida amalga oshirilishi lozim.
Texnik jihatdan qiyin ishlarni otaliq tashkiloti sportchilari, ota-onalarga topshirilishi maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |