2018-YIL JAKARTADA BO'LIB O'TGAN 18 - OSIYO O'YINLARIDA O'ZBEKISTON SPORTCHILARI NECHTA MEDALNI QO'LGA KIRITISHDI Reja:
I. Kirish II Asosiy qism 1 Osiyo o'yinlarida ishtirok etishlari
2 O'zbek sportchilarning Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishi
3 Jakartada bo'lib o'tgan 18 - Osiyo o'yinlari
4 Dunyo chempionatida ishtirok etishi
III Xulosa IV Adabiyotlar ro'yxati
KIRISH Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch” asarida yosh avlod qalbida yuksak ma’naviyatni shakllantirishda ta’lim-tarbiya tizimining o‘rni yuksakligiga alohida e’tibor qaratib “... farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo‘lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak”1, - deb ta’kidlab o‘tadi.
Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga etkazish vaqt nuqtai nazaridan amalga oshirish mushkul vazifa hisoblanadi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘z ustida mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan professor-o‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Talabaning mustaqil ishi – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir.
Jismoniy tarbiya tarixi jahon xalqlari madaniy tarixining qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadimgi zamondan to hozirgi kungacha bo‘lgan davrlarda jismoniy tarbiya va sportni kelib chiqishi, rivojlanishi va tarraqiy etishining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi.
–jismoniy tarbiya pedagogik jarayon sifatida inson kamolotini takomillashtiruvchi vosita va usuldir.
–jismoniy tarbiya umumtarbiyaning muhim tarkibiy qismi sifatida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish, unda asbob-uskuna, kiyim-bosh, inshootlardan foydalanish,tanish, tozalikka rioya etish, gavdaning to‘g‘ri hamda chiroyli o‘sishini ta’minlovchi tarbiyaviy jarayondir.
Ko‘rinib turibdiki, bu ikki atama bir-birini to‘ldiradi. Jismoniy tarbiya va jismoniy tarbiya bilan uzluksiz hamda ommaviy shug‘ullanish esa jismoniy tarbiya harakati demakdir.
Jismoniy tarbiya tarixi fanning mustaqil sohasi, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim qismidir. Jismoniy tarbiya tarixi jamiyat tarbiyaning tarkibiy qismi sifatida vujudga kelishi va tarkib topishi haqida ma’lumotlar beradi. Jismoniy tarbiya tarixi fani qadim zamonlardan boshlab, shu kungacha turli xalqlarda jismoniy tarbiya taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini aniqlash va o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
«Jismoniy tarbiya tarixi» fanning mustaqil sohasi bo‘lib, jismoniy tarbiya va sportga doir ilmiy bilimlarning muhim tarkibiy qismidir.