Medallar tasnifida Xitoy delegatsiyasi qo‘lga kiritgan oltinlar soni 1342 taga yetgan. Bu borada ular yaqqol peshqadam. Yaponiyada esa ko‘rsatkich 957 tani tashkil qiladi. Kuchli o‘ntalikdan Janubiy Koreya — 696, Eron — 159, Qozog‘iston — 140, Hindiston — 139, Tailand — 121, KXDR — 98, Xitoy Taypeyi — 82, Filippin — 63 kabi mamlakatlar joy olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo O‘yinlaridagi ishtirokini Xirosima—1994 dan boshlagandi. O‘sha turnir O‘zbekiston futbolida katta iz qoldirib, bosh jamoa yakunda chempionlikni qo‘lga kiritgani muxlislarimizga yaxshi ma’lum.
O‘zbekistonlik sportchilar hozirga qadar Osiyo Olimpiadasida 63 ta oltin medalga ega chiqqan. Bu kuchli o‘ntalikni yakunlab turgan Filippin bilan teng ko‘rsatkichdir. Indoneziyadagi musobaqa davomida O‘zbekiston o‘z natijasini yanada yaxshilashga urinib ko‘radi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi 2013-yildan boshlab yangi davrga qadam qo‘ygani natijasida, mamlakat sportchilari Rio—2016 Olimpiadasida o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani ko‘rsatndi. Ya’ni, umumjamoa hisobida 21-o‘rinni egallagan o‘zbekistonliklar, Osiyo qit’asi mamlakatlari tasnifida Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin to‘rtinchi bo‘ldi.
Jakarta-Palembang—2018
Indoneziya 4 ta yirik va 17 mingdan ziyod mayda orollardan iborat mamlakat. Jakarta va Palembang mos ravishda 2 ta yirik orolda joylashgan — Yava hamda Sumatra. Ular Osiyo O‘yinlari uchun 4 ta yirik sport obyektini tayyorlash ishlari bilan band. Shularning 3 tasi Jakartada joylashgan bo‘lib, yana 1 tasi Palembangda qad rostlamoqda.
Har ikki shahar orasidagi masofa taxminan 620 kilometrni tashkil qiladi. Noyabrning so‘nggi o‘n kunligida bo‘lib o‘tgan Media Forum ishtirokchilari sport obyektlari bilan tanishish uchun Palembangga ham bordi. Samolyot masofani roppa-rosa 1 soatda bosib o‘tdi.
Palembang shahri sohil voleyboli, kanoe hamda akademik eshkak eshish, bouling, tennis, ayollar futboli, klimbing, o‘q otish kabi sport turlari vakillarini qabul qiladi. Qolgan barcha sportchilar Jakartada istiqomat qiladi.
Mazkur ikki shaharda festivalga tayyorgarlik qanday ketayotgani, bundagi yutuq va kamchiliklar haqida keyingi maqolada gaplashamiz.
Kelasi yilning 18-avgust sanasida Osiyo Olimpiadasi start oladi. 18-bor o‘tkaziladigan va rasman Osiyo O‘yinlari deb yuritiladigan festivalning 2018-yildagisiga Indoneziyaning biryo‘la ikki shahri — Jakarta hamda Palembang mezbonlik qiladi.
40 ta sport turi bo‘yicha o‘tadigan Osiyo O‘yinlari—2018 2-sentabrga qadar davom etadi. Unda Osiyo mamlakatlari umumjamoa hisobida yetakchi bo‘lish yo‘lida kurash olib boradi. Jumladan, O‘zbekiston delegatsiyasi ham Osiyo O‘yinlariga favorit termalar qatorida yetib keladi.
Osiy O‘yinlari—2018 Tokio mezbonlik qiladigan 2020-yilgi Olimpiada bellashuvlari oldidan tayyorgarlik vazifasini o‘tab berishi bilan ahamiyatlidir. O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasi Rio—2016 Olimpiadasidagi muvaffaqiyatli ishtirokdan keyinoq Tokio—2020 uchun harakatni boshlab yuborgan bo‘lib, o‘tgan vaqt ichida ikki yirik kompleks musobaqada ishtirok etdi va yetakchilar qatoridan joy oldi.
Shu yilning 12—22-may kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Boku mezbonligida o‘tgan Islom Birdamligi O‘yinlarida o‘z tarixida ilk bor ishtirok etdi. Bungacha mazkur festival 2005-yil Saudiya Arabistonida, 2010-yil Eronda va 2013-yil Indoneziyada bo‘lib o‘tgandi.
O‘zbekistonlik sportchilar aynan Ozarbayjondagi turnirda debyut qildi va u chakki chiqmadi. Aholisining katta qismi islom diniga e’tiqod qiluvchi 54 ta mamlakat delegatsiyasi Bokuga yetib kelgandi. O‘zbekiston umumjamoa hisobida Ozarbayjon, Turkiya va Erondan keyin 4-o‘rinni egalladi. Mamlakat sportchilari jami 63 ta medalni qo‘lga kiritdi: 15 ta oltin, 17 ta kumush va 31 ta bronza. Bu O‘zbekiston delegatsiyasining Markaziy Osiyodagi mavqesini ko‘rsatib berdi.
Toshkent Beshyog‘och daha Chaqar mahallada yashab o‘tgan Ahmad pahlovon Topilboy o‘g‘ilning O‘rta Osiyoda kurashib, yiqitmagan pahlovon qolmagan edi. Shu vaqtlarda butun jahonga mashhur bo‘lgan nemis pahlovoni Reppel Toshkentga kelib, sirkda o‘z pahlovonligini ko‘rsatib hamma tomoshabinlarni qotil qilib yurardi. Uning og‘irligi sakkiz yarim pud (133 kg) bo‘lib, sakkiz pudlik cho‘yanni ikki qo‘li bilan, o‘n olti pudlik cho‘yanni kafti bilan ko‘tarar edi.
Shu pahlovon Ahmad pahlovonning dovrug‘ini eshitib qolib, u bilan kurash tushmoqqa jazm qilibdi. “Kim yiqilsa, yonida ellik so‘m beradi” deb garov bog‘lashibdi. O‘sha kuni sirkni odam bosib ketibdi. Yigirma sakkiz yoshli Ahmad polovon egnida bag‘ri bog‘langan oq yaktak bo‘lib tushgan Reppel chiqib keldi. Uning belida tasma belbog‘i bor edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |