2018-yil jakartada bo'lib o'tgan 18 osiyo o'yinlarida o'zbekiston sportchilari nechta medalni qo'lga kiritishdi reja: I. Kirish II asosiy qism



Download 0,52 Mb.
bet2/8
Sana01.07.2022
Hajmi0,52 Mb.
#724972
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2018-yil jakartada bo\'lib o\'tgan 18 - osiyo o\'yinlarida o\'zbek sportchilari nechta medal qo\'lga kiritishi

Tadqiqotning obyekti. 2018-yil jakartada bo'lib o'tgan 18 - osiyo o'yinlarida o'zbek sportchilari nechta medal qo'lga kiritilishini tahlil qilish.
Tadqiqotning predmeti. 2018-yil jakartada bo'lib o'tgan 18 - osiyo o'yinlarida o'zbek sportchilari nechta medal qo'lga kiritishi.

1 Osiyo o'yinlarida ishtirok etishlari.
Olimpiya o‘yinlarida MDH yagona sport jamoasi tarkibida o‘z respublikasi bayrog‘i ostida qatnashuvi O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini muvaffaqiyatli tayyorlashni ta’minlash maqsadida va bundan buyon O‘zbekiston Respublikasi terma jamoalarining xalqaro musobaqalarda, Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida mustaqil jamoa sifatida qatnashishlarini e’tiborga olib:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi:
- davlatlararo bitimlarga muvofiq MDH terma jamoalarining respublika hududida o‘quv-mashq yig‘inlarini tashkil qilish va yuksak darajada o‘tkazishni ta’minlasin;
- MDH yagona sport jamoasi tarkibida O‘zbekiston Respublikasi sportchilarini sifatli tayyorlash va ularning Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Shu davr mobaynida jismoniy tarbiya va sportga oid O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12 ta farmon va qarorlari,Vazirlar Mahkamasining 29 ta qarori qabul qilindi. Ular orasida etiborga moliklaridan biri sifatida trenerlarning maoshi 1,35 baravarga oshirilganligini aytish mumkin. Shu bilan birga tizimda majburiy mehnatga to'la barham berildi.
Har tomonlama barkamol sportchilarni tarbiyalashda trenerlarning o'rni beqiyos. Vazirlik tashkil etilgandan buyon tizimda o'rta maxsus malumotli trenerlar ulushi 54 foizdan 47,4 foizga kamaydi, oliy malumotli trenerlar bilan taminlash darajasi 55,8 foizga etkazildi.
Sportchilarga mashg'ulotlar o'tkazishi uchun barcha qulayliklarni yaratish maqsadida respublikamiz bo'ylab 68 ta (yangi qurilish, rekonstrukciya, mukammal tamirlash) sport inshootlarida qurilish-tamirlash ishlari amalga oshirilib, foydalanishga topshirildi.
Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar soni 1 624 143 nafarga ortib, shug'ullanuvchilar soni 2,7 mln. nafargacha oshdi. Shuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash bo'yicha oliy talim muassasalari soni 3 taga, soha kadrlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash muassasalari soni 4 taga yetkazildi. Xususan, Samarqand shahrida “Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti” federal davlat byudjeti oliy talim muassasasining filiali tashkil etilib, unda futbol, basketbol, tennis, voleybol, eshkak eshish, engil atletika, suzish turlari bo'yicha 86 nafar talaba tahsil olmoqda.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2020 yilda Tokioda o'tkaziladigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga puxta tayyorgarlik ko'rish yuzasidan sportning 25 ta turi bo'yicha yo'llanmalarni qo'lga kiritish uchun O'zbekiston milliy terma jamoa azolaridan 420 nafar nomzod sportchilar tanlab olinib, sportchilarni munosib tayyorlash uchun 13 nafar xorijiy mutaxassislar va trenerlar jalb etildi.
Rejalashtirilgan har bir sport turi bo'yicha licenziyalarning qo'lga kiritish jarayonini har 15 kunda muhokama qilib borish tizimi yaratilib, sportchilar tegishli 15 ta vazirlik, 13 ta idora va 11 ta tashkilotlarga biriktirildi.
Hozirgi paytga kelib, 32 nafar sportchi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun yo'llanmalarni qo'lga kiritishdi. 2019 yilda qo'lga kiritilgan yo'llanmalar ichida avvalgi Olimpiada o'yinlaridan farqli ravishda, O'zbekiston sporti tarixida ilk marotaba velosiped sporti (shosse) bo'yicha Olga Zabelinskaya, zamonaviy beshkurash bo'yicha Alise Faxrutdinova va Aleksandr Savkinlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etadigan bo'lishdi. Shuningdek, o'zbek va jahon sporti tarixida ulkan muvaffaqiyatlarga erishgan gimnastikachimiz Oksana CHusovitina faoliyatida sakkizinchi bor, engil atletikachimiz Svetlana Radzivil esa to'rtinchi bor Olimpiya o'yinlari yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan 2019 yil davomida O'zbekistonda 20 ga yaqin xalqaro musobaqalar tashkil etildi. Ushbu musobaqalarni o'tkazish, g'olib sportchilarni taqdirlash, shuningdek tashkilotchilarni rag'batlantirish maqsadida vazirlik tomonidan umumiy hisobda 38 mlrd. 680 mln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi.
Mamlakatimizda o'tkazilgan xalqaro sport musobaqalarida 4 ming 100 nafardan ziyod sportchi ishtirok etdi. Ushbu nufuzli musobaqalarning 5 tasi jahon chempionati va jahon kubogi musobaqalari bo'lib, ular katta tayyorgarlik va ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Jahon kubogi va jahon chempionatlarini o'tkazish uchun 2 mlrdan ziyod mablag'lar sarflanib, g'olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Dastlab, 2019 yil avvalida, yani 28 yanvar - 2 fevral kunlari Toshkent shahrida sportning badiiy gimnastika turi bo'yicha “Nappy caravan” xalqaro turniri va jahon kubogi bosqichi o'tkazildi. Dunyoning eng kuchli gimnastikachilari yig'ilgan ushbu musobaqaga 331 mln. so'mdan ortiq mablag' ajratildi va musobaning g'olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi.
Shuningdek, belbog'li kurash, mastresling, qilichbozlik, sambo sport turlaridan jahon chempionati va jahon kubogi musobaqalariga yurtimiz munosib ravishda mezbonlik qila olganligi xorijlik kuzatuvchilar tomonidan etirof etildi.
Shu o'rinda 2019 yilda erishilgan yutuqlarga to'xtaladigan bo'lsak, joriy yilning yanvar – noyabr oylari holatiga ko'ra mamlakatimiz sportchilari 175 ta xalqaro sport musobaqalarida 943 nafar atlet bilan ishtirok etib, 514 ta (shundan 175 ta oltin, 156 ta kumush, 183 ta bronza) medallarni qo'lga kiritishdi. Taqqoslash uchun, 2018 yil davomida turli sport turlari bo'yicha O'zbekiston terma jamoalari 143 ta xalqaro musobaqalarda 572 nafar sportchi bilan qatnashib, 416 ta (160 ta oltin, 142 ta kumush, 114 ta bronza) medalga ega chiqishgan.
Hozirda Respublikamizda 300 nafardan ziyod ushbu sport bilan faol shug'ullanuvchi yoshlar bor. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida O'zbekiston kriket federaciyasi o'z oldiga qo'ygan rejalari haqida o'rtoqlashidi
“O'zbekiston kriket federaciyasining tashkil topganiga 1 yildan oshdi. O'z oldimizga ulkan rejalar qo'yib faoliyatimizni boshlagan edik, biroq jahonda avj olgan koronavirus pandemiyasi bizga ham o'z tasirini ko'rsatdi. Tashkilotimiz Osiyo va Xalqaro kriket kengashlari bilan yaxshi hamkorlikni yo'lga qo'ygan. Hozirda ular bizning faoliyatimizni o'rganib chiqishmoqda. Nasib qilsa, yaqin orada ular bizni o'z oilalariga rasman qabul qilishganlari haqidagi xushxabarni eshitamiz. Ushbu sport Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o'yinlari dasturidan o'rin olgan. Bu yil Osiyo kriket kengashi qo'ygan talablarni bajara olsak, jamoamiz Osiyo o'yinlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin”.
Shundan so'ng OAV xodimlari federaciya mutasaddilariga o'zlarini qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilishdi. Unda yurtimizda rasmiy kriket uchrashuvlarini o'tkazish uchun hali barcha talablarga javob bera oladigan maydon yo'qligi, Osiyo o'yinlarida ishtirok etish uchun qo'yiladigan talablar, terma jamoani shakllantirish, kelajakdagi rejalar kabi mavzularda savol-javoblar olib borildi. Tadbirda o'zbekistonlik kriket ustalarining taqdimot va ko'rgazmali harakatlari yig'ilganlar uchun ushbu sport bilan yaqindan tanishga yordam berdi.
“Avvalambor, ushbu jamoaga yurtimizda ommaviy sportni, xususan, kriketni rivojlantirish yo'lida olib borayotgan xizmatlari uchun tashakkur aytib o'tmoqchimiz. Mazkur sport turi 2022 yil bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari dasturiga kiritilgan. O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan kriket sportini yanada rivojlantirish yo'lida yordam ko'rsatishga tayyor. Prezidentimiz ilgari surayotgan sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida olib boriladigan bunday hamkorlikni qo'llab-quvvatlaymiz”.
Joriy yil o'zbek sporti uchun muvaffaqiyatlarga boy yil bo'lmoqda, deyish uchun to'la asos etarli. To'g'ri, hali mavsum yakunlanishiga ancha bor. Ammo 2018 yilgi musobaqalar taqvimidan o'rin olgan eng nufuzli sport anjumani – Indoneziyada o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida atletlarimiz misli ko'rilmagan yutuqlarga erishdiki, endi yilning qolgan qismida sportchilarimiz qanday natija qayd etishlaridan qatiy nazar – mavsumni ijobiy baholashga haqlimiz. O'zbekiston sport delegaciyasi Osiyo o'yinlarida olti marotaba ishtirok etgan bo'lsa-da, hech qachon bu qadar yorqin g'alabalarni qo'lga kiritishmagan edi. Savol tug'iladi: bu muvaffaqiyatlarimiz omili nimada? Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o'tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o'yinlarida o'zbekistonlik sportchilar muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ushbu musobaqada hamyurtlarimiz ham son, ham sifat borasidagi ko'rsatkichlarini yaxshilashdi. Aytingchi, bu muvaffaqiyatlarning siri nimada? Etibormi, moddiy manfaatdorlikmi yoki biz bilmagan boshqa omillar bormi?
— Buning hech qanday siri yo'q, shunchaki tayyorgarlik bosqichiga jiddiy etibor qaratdik. Barcha sport turlari bo'yicha terma jamoalarimiz so'nggi 3-4 oy ichida uzluksiz o'quv-mashg'ulot yig'inlarida ishtirok etdi. Orada esa xalqaro musobaqalarda toblanib borishdi. O'z navbatida Milliy olimpiya qo'mitasi sportchilarimizning Osiyo o'yinlariga munosib tayyorgarlik ko'rishi uchun barcha sharoitni yaratib berdi. Albatta, davlatimiz tomonidan ko'rsatilgan etibor va g'amxo'rliksiz bunday natijalarga erisha olmasdik.
Osiyo Oʻyinlari (Asiad ham deyiladi) har toʻrt yilda bir marta oʻtkaziladigan sport oʻyinlari musobaqalaridir. Bunda faqatgina Osiyo davlatlari ishtirok qilishadi.
Osiyo oʻyinlari - Osiyo qitʼasining nufuzli sport musobaqalari. 4 yilda 1-marta oʻtkaziladi. Osiyo Olimpiada kengashi 1949-yil 13 fevralda asos solgan va musobaqalarni oʻtkazuvchi O.oʻ. federatsiyasini tashkil etgan. Uning nizomi Olimpiada oʻyinlari gʻoyalari asosida tuzilgan. Har bir davlat O.oʻ.ning qaysi turlarida ishtirok etishini oʻzi belgilaydi, lekin vakillari tarkibi tashkiliy qoʻmita va Osiyo Olimpiada kengashi belgilagan sondan oshib ketmasligi kerak. O.oʻ. da voleybol, futbol, yengil atletika, suzish kabi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kirgan sport turlari hamda muaytay, sepak tekrav singari milliy sport turlari boʻyicha musobaqalar uyushtiriladi. O.oʻ. dasturiga biror milliy sport turini kiritish uchun bu tur qitʼaning kamida 6 ta davlatida ommalashgan boʻlishi va kamida 4 mamlakatdan shu tur boʻyicha sportchilar ishtirok etishi zarur.
Oʻzbekiston sportchilari O.oʻ.ga 1994-yildan qatnashadi. Sportchilarimiz O.oʻ.ning 100 dan ortiq medallari bilan takdirlanishdi (2002), ulardan 31 tasi oltin medaldir.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish