Маoлумотнома


O’quv yili davomida o’tkazilgan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarining rejasini bajarilishini ro’yxatga olinishi



Download 2,17 Mb.
bet245/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

O’quv yili davomida o’tkazilgan jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish va ommaviy sport tadbirlarining rejasini bajarilishini ro’yxatga olinishi

Tadbirlar nomi

O’tkazilgan muddati

O’tkazilgan joyi

Maosul

Belgi

































200__/__ o’quv yili uchun sinflar haqida umumiy maolumot

Sinflar

O’quvchilari soni

Ulardan

Jismoniy tar biya tashkilotchilari

SHug’ullanadilar

Jismoniy tarbiya darslaridan ozod qilinganlar soni

Qizlar

Sin jamoasi aozolari soni

OFP grupp pasi

Maxsus-tibbiy gruppada

Ulardan maktabda shug’ullanadilar

DYuSSH xalq taliminiki

DYuSSH shaxsiy yoki mahkama






200__/__ o’quv yilidagi maktab sport sektsiyalarida shug’ullanuvchilar soni


Sektsiya nomi

SHug’ullanuvchilar soni

Mashg’ulotni olib boruvchilar

O’qituvchi, trener

Jamoatchi yo’riqchi familiyasi


200__/__ o’quv yilida UJT gruppalaridagi shug’ullanuvchilar soni



Yoshiga qarab UJT gruppalari

SHug’ullanuvchilar soni

Mashg’ulotni olib boruvchilar










O’qituvchi, kashshof

Jamoatchi yo’riqchi familiyasi


Maktabning ommaviy sport tadbirlarini o’tkazilishi haqida


Vaqti

Tadbirlar

Kim qatnashdi (sinflar, komandalar)

Ishtirokchilar soni

Baho

Eslatma





















O’quv yili davomida maktabni tuman va shahar musobaqalarida qatnashishi




Musobaqalar nomi

Joyi va o’tkazish vaqti

Komandalar soni (sinflar) va qatnashchilar

Egallagan o’rni

Eslatma













Komanda (sinf)

Sovrindorlar






O’quv yilida maktabning va boshqa musobaqalarda qatnashgan o’quvchilar eng yaxshi natijalari




Sinf tug’ilgan yili

Musobaqa turi va natija

Sport razryadi














Maktab jismoniy kollektivida tayyorlangan sport to’rlari bo’yicha jamoatchi yo’riqchilarning ro’yxati va soni

(O’quv yilidagi maktabda, BO’SMda tayyorlanganlar)




Familiyasi, ismi

Sinf

Sport turi

Bajariladigan ishi

Baho




















O’quv yili davomida sport turlari bo’yicha jamoatchi hakamlarning ishlarini hisobi




Familiyasi, ismi

Sinf

Sport turi

Qanday hakam sifatida

Bahosi




















Maktabning o’quv yilida mukofotlangan sportchilari va sport faollarining hisobi




Familiyasi, ismi

Sinf

Nima uchun mukofotlangan

Mukofotlar vaqti















O’quv yilining qisqacha yakuni, Yangi o’quv yiliga taklif va mulohazalar.

(hisobot qaydnomada qayd qilingan har bir masalaga qisqacha tasnif sifatida ifodalanadi, asosan tanqidiy mulohazalarni bo’lishining ijobiy tomonlari ko’p)
Jismoniy tarbiya kollektivi ishini kelib ko’rish va tekshiruvchining fikri (yozma ifodalanadi)




Tekshiruvchining ismi va familiyasi

Lavozimi

Mulohazalar














«Alpomish» va «Barchinoy» komissiyasining tarkibi

(har xil belgilar)




Ish mazmuni

Eslatma











16.7 Jismoniy tarbiya faollari va tashkilotchilar faoliyatini yo’lga qo’yish, ularni tayyorlash
Maktabdagi o’quvchilarning jismoniy tarbiya jarayonini, maktab sporti, ommaviy sog’lomlashtirish ishlari, maktab jismoniy tarbiya jamoasi, sinfdan tashqari ishlarni o’quvchilardan iborat jismoniy tarbiya faollari va tashkilotchilarimiz tasavvur qilinishi qiyin. O’tgan asrning 60-70 yillarigacha maktabning ommaviy sport-sog’lomlashtirish ishlari faqat jismoniy tarbiya o’qituvchilari, taklif qilingan yoki o’zi xohish bildirib-bolalar sportiga yordam berishga xohishi borlar yordamida amalga oshirilgan (jamoatchi yo’riqchi tarzida).

Hozirgi kunga kelib sinfdan tashqari ishlar tarkibidagi ishlar yoki boshqachasiga aytganda sinfdan tashqari ishlarning shakllarini turli tumanligi faqat o’qituvchilar kuchi bilan ko’p sonli maktab o’quvchilarini snfdan tashqari ishlarga jalb qilish foizi katta bo’lmasligini ko’rsatdi. Qolaversa, sinfdan tashqari ishlarning faqat musobaqa shaklining o’zi 15 dan ortiq sport turi bo’yicha barcha maktab yoshdagilar uchun 30 ga yaqin maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan yo’riqchiga zaruriyat borligini ko’rsatadi. Albatta o’quvchilar yordamisiz maktab o’quvchilarini sport sektsiyalari, UJT guruhlarida mashg’ulotlarni o’tkazib bo’lmaydi. Agar sport sektsiyasi beshta o’quv guruhidan iboratligi – tayyorlov, kichik maktab yoshdagilar, o’rta maktab yoshdagilar, katta maktab yoshdagilar va jamoalar uchun beshta yo’riqchi (agar, guruhlar 1 tadan bo’lsa) faqat o’g’il bolalar uchun, qizlar uchun Yana 5 nafar, bitta sport turining o’zi uchun kamida 10-15 nafar jamoatchi yo’riqchi zarur bo’ladi. Bulardan tashqari shu sportturini faoliyatini boshqarish, musobaqalarga tayyorlash, unda ishtirok etish, shu sport turi yo’riqchilari va hakamlarini tayyorlovchi shu sport sektsiyasining byurosi aozolaridek faollar ham zarur. Endi tasavvur qiling faqat «Umid nihollari» musobaqalarida qatnashish uchun masalan voleybol maktab sport sektsiyasiga mashg’ulotlar o’tkazishni o’ziga 30 dan ortiq jismoniy tarbiya faoli zarur bo’lmoqda. Agar o’nta sport turdan sektsiya mashg’ulotlari yo’lga qo’yilsa, kamida 300 ga yaqin faol, jismoniy tarbiya yo’riqchilarini tayyorlashga to’g’ri keladi. Maktab sport maydonlari haftaning barcha kunlarida band maydonlarni bo’sh qolgan vaqti bo’lmasligi, sport sektsiyalari jadvali faqat spor turlari bo’yicha maktabning terma jamoasi uchungina tuzilmaydi. Hozirgi kunda aytarli barcha umumiy taolim maktablarida sektsiya mashg’ulotlari faqat terma jamoa uchungina tuzilgan. Sababi sport sektsiyasining byurosi faoliyatini yo’lga qo’yilmaganligidadir. Byuro aozolari o’sha sport uchun faollardan iborat bo’lib «yo’riqchi»Lar tayyorlash seminarini o’tgan bo’lishi kerak. SHundagina sektsiya faoliyati to’liq yo’lga qo’yiladi.



2.1.Jismoniy tarbiya faollari klassifikatsiyasi.

Sinfdan tashqari ishlar uchun jismoniy tarbiya faollarini quyidagicha klassifikatsiya qilinishi maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz:

a) Maktab jismoniy tarbiya jamoasining kengashi faollari: kengash uni muovini, kotibi va komissiya aozolari-ommaviy tashkiliy ishlarni olib boruvchi faollar, o’quv-sport ishlarini olib boruvchi faollari, sinfdan tashqari ishlarni hisobini olib boruvchi faollar, targ’ibot va tashviqot bilan shug’ullanuvchilar, «Almpomish» va «Barchinoy» testi bo’yicha faollar deb guruhlanadi.

b) Ommaviy sog’lomlashtirish ishlari faollari guruhi-darsgacha gimnastika o’tkazuvchilar, har bir sinf uchun ikki nafardan aktiv. Ob-havo o’zgarib darsgacha gimnastikani tashqarida o’tkazish imkoni bo’lmay mashg’ulot sinflarga, sport zali va koridorlarga ko’chirilganda faollarni bu guruhidan foydalanish lozim bo’lishi hisobga olib tayyorlanadi. Faollarning bu guruhi asosan jismoniy mashqlarni chiroyli bajarishi, ularni ketma-ketligi haqida tushunchaga ega bo’lishi zarur.

v) Uyushtirilgan tanaffuslarni tashkillovchi faollar. Ular tanaffuslarda, sport maydonining belgilangan joylarida, o’quvchilarning o’zlarini o’z xohishi bilan borib o’ynaydigan o’yinlarni tashkillash malakasiga ega bo’lishlari talab qilinadi.

g) Sport turlari bo’yicha yo’riqchilar. Ular maktab jismoniy tarbiya krujoklari va sport sektsiyalari hamda umumiy jismoniy tayyorgarlik guruhlarida trenirovka va mashg’ulotlar olib boradilar. Bu guruhga kiruvchi faollar jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining mazmuni, tuzilishi uni tashkillash va o’tkazish metodikasi, mashg’ulotlarda yuklama va uni boshqarish, mashg’ulot zichligi va uni oshirishga oid bilimlarga ega bo’lish kerakligi talabi qo’yiladi. Ularni tayyorlash va ulardan foydalanish jismoniy tarbiya faollarining boshqa guruhlariga nisbatan bir oz ko’proq tayyorgarlik qilishni taqazo etadi. Ular uchun maxsus sinov o’tkazilib sinovdan o’tganlarga jismoniy tarbiya va sportning u yoki bu turi bo’yicha «yo’riqchi» degan sertifikat beriladi. SHundan so’nggina ular yuqorida qayd qilingan jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarini o’tkazish huquqiga ega bo’ladilar.

d) Sport turlari bo’yicha jamoatchi hakamlar maxsus seminar mashg’ulotlari orqali tayyorlanadi. Ular u yoki bu sport turi bilan shug’ullangan, o’sha sport turi qoidalarini mukammalga yaqin biladigan, hakamlik qilish amaliyotini o’tib «jamoatchi sport hakami» sertifikati yoki guvohnomasiga ega bo’lishlari shart. Ular uchun maxsus seminar tashkillanadi. Hakamlikdan bo’sho’ vaqtlarini MJTJsidagi hisobot va ro’yxatga olish ishlarini olib boradilar. Ular printsipga ega bo’lgan, bajarilgan ishni bojarildi, bajarilmaganini bajarilmadi deb baholab, tuzilgan rejalardagi tadbirlari ijrosini nazorat qiladilar va MJTJsi kengashining har oydagi yig’ilishida axborot beradilar. O’tkazilgan o’quv, sinfdan tashqari va ommaviy jismoniy sog’lomlashtirish hamda maktabning sport ishlarini hisobini yo’lga o’yadilar. Jamoaning kundalik joriy faoliyatining qaydnomalarini va uning «faxriy kitob», yaxshi sport natijalari qayd qilinadigan «Rekordlar kitobi» yoki «Rekordlar doskasi»ni yozuvlarini yuritadi. Razryad talab normalarini bajargan o’quvchilarga maktab direktorining buyrug’i bilan sport razryadi ko’rsatilgan sinov daftarini yozib tantanali yig’ilishlarda ularni topshirish marosimlarini tashkillaydilar.

e) Sinflarning jismoniy tarbiya tashkilotchilari, sinflarning sport turlari bo’yicha jamoalarining sardorlari maktabda sinfdan tashqari ishlarning tashkilotchi faollari maktab MJTJsining oxirgi guruh faollari sanaladi. Ular sinf yoki sinf ichidagi alohida guruh o’quvchilarning jismi tarbiyasi mashg’ulotlarini tashkillash, ularni yutuqlarini ro’yxatga olish, «Alpomish» va «Barchinoy» splomatlik testi talab normalarini bajarishdek va Yana boshqa qator hisobot va uchet ishlari bilan shug’ullanadi.

Yuqorida qayd qilingan barcha faollarni tayyorlash va ulardan foydalanish umumiy taolim maktablaridagi sinfdan tashqari ishlarni eng asosiy shakllaridan biri hisoblanadi va o’quvchilarni o’z-o’zini tarbiyalash, buyruq yoki qoidaga bo’ysunish, qolaversa, rahbar ko’rsatmasiga eotiborli bo’lish yoki o’zgalar uchun maosuliyatni o’z bo’yniga olish, djavobgarlik hissini his qilishdek hayotiy zaruriy harakat malaka va ko’nikmalarini hosil qilishda o’quvchiga yordam beradi.

Sinf jismoniy tarbiya tashkilotchilari sport turlari bo’yicha sinfning o’zida musobaqalarini tayyorlash va o’tkazishni amalga oshiradilar, sinf jamoalarini maktab, rayon va boshqa sport tadbirlarida ishtirokini taominlaydilar, sinf sport byulleteni yoki devoriy gazetasini chiqaradilar va sport stendini jihozlaydilar.

Fizorg o’z sinfida «O’zbekiston sporti» gazetasi va sinf jurnallari materiallarini muhokamasini sistemali ravishda o’tkazadi. Sport haqidagi kinofilpmlarni kollektiv bo’lib ko’rishni tashkil etadi: Maktab terma komandalarini rayon, shahar va oblast musobaqalarida qatnashishi haqida barcha sinf o’quvchilariga axborot beradi.

2.2.Jismoniy tarbiya va sport faollari va jamoatchi hakamlarni va ularni malakasini oshirish.

Biz jismoniy tarbiya va sport faollarining klassifikatsiyasi bilan tanishdik. Ularni tayyorlash va malakasini oshirish asosan jismoniy tarbiya Fani o’qituvchilari, qolaversa MJTJsi kengashining «O’quv sport ishlari komissiyasi» tarkibidagi malakasi yuqori sanalgan jismoniy tarbiya va sport faollari tomonidan maxsus tayyorlangan dastur asosida nazariy va Amaliy tayyorgarlikni yo’lga qo’yish bilan amalga oshiriladi, lekin bu ishni uyushtirish va o’tkazishdagi yetakchi rol o’quvchilar zimmasiga yuklatilishi zarur.

Jamoatchi yo’riqchi va jamoatchi sport hakamlarini tayyorlashni 13 yoshdan boshlash hozirgi kunda mutahassislar ish tajribasi orqali isbotlangan. Bu yoshdagilar ko’proq yetakchilik qilish, o’zini shaxsini namoyish qilish, kattalar (rahbar, o’qituvchilar) eotiborida bo’lishga moylroq bo’ladilar. Bu yoshdagilar I-IV sinf o’quvchilari uchun tashkillangan jisomniy tarbiya krujoklariga rahbarlik qilishga o’rgatiladi. Ular asosan yengil atletika, gimnastika, harakatli o’yinlar va «kichik sport o’yinlari»ni mashg’ulotlarini o’tkazishga o’rgatiladi. Jamoatchi yo’riqchilar buyruqlarini beri shva uning ijrosi asoslari, gimnastika mashqlarini to’g’ri ko’rsata olish, ularning ketma-ketligi va texnikasini o’rgatishning asosiy usullarini, tanlagan mashqi shug’ullanuvchisining kuchiga yarashami hamda musobaqaning asosiy qoidalarini bilishlari kerak bo’ladi.

Yo’riqchilik malakasiga o’rgatish asosan sport sektsiyalari yoki krujoklarning mashg’ulotlari jarayonida (yo’riqchilikga nomzod shu mashg’ulotdagilar tarkibidan bo’lishi-1-2 nafari) amalga oshiriladi, lekin ularga shu mashg’ulotlarda 1-2 mavzuni o’rgatish topshirilishi orqali sinovlar tashkillash yaxshi natija beradi. Alohida sport turlari bo’yicha ham yo’riqchi va jamoatchi spor hakami tayyorlash ham krujok va sektsiya mashg’ulotlarida amalga oshiriladi.

Birinchi mashg’ulotlarda o’qituvchi faollarga jamoatchi yo’riqchi va jamoatchi sport hakamining vazifalari bilan tanishtiradi, ularning asosiy majburiyatlari va huquqlarini tushuntiradi, yo’riqchi qanday bilim va malakalarga ega bo’lishi lozimligini uqtiradi va Amaliy malakalarini ko’rsatib beradi.

Keyinchalik mashg’ulotlarning boshlanishini yoki oxirini (10-15 minut) nazariy tayyorgarlik o’tkazishga bag’ishlaydi. Amaliyot esa dastur materialini har bir mashg’ulotda o’qitilayotganda amalga oshiriladi. O’quvchilarga mashqlarni o’rtoqlari bajarayotganda yo’l qo’ygan xatolarini topish tavsiya qilinadi, nima sababdan shu xatoga yo’l qo’yilganligini aniqlashga o’rgatiladi. Kuzatishni guruhdagilarning barchasi bilan birvarakayiga yoki kichik guruhlar tarzida o’tkazish (2-4) tavsiya qilinadi.

Asosiy diqqat eotibor eng avvalo xavfsizlik va uni oldini olishga (ayniqsa gimnastika mashg’ulotlarida) qaratiladi. Boshlanishida xavfsizlikni taominlash o’qituvchi yordamida amalga oshiriladi, keyinchalik esa o’qituvchining ishtirokida, oxiriga borib mustaqil xavfsizlikni oldini olishga yo’riqchi uchun ruxsat beriladi.

Yangi materialni o’qitishda trener shug’ullanuvchilarga uni o’zlashtirishni ketma-ketligini, tushuntirish va ko’rsatishga qo’yiladigan talablar, xatolarni to’g’irlash usullari, guruhni kuzatish metodikasini tushuntiradi.

Mashqlarni bajarish va guruhga rahbarlik qilish amaliyotini o’tish uchu nasosan mashg’ulotlarning asosiy qismidan foadalaniladi. Undan tashqari har bir o’quvchi vazifa oladi: darsda va mashg’ulotlarda yordamchi bo’lish, krujoklardagi mashg’ulotlarni oborish va boshqalar.

Tahminan aynan shu yo’sinda sport turlari bo’yicha jamoatchi hakamlikga shunday o’rgatilad.

MJTJsining o’quv-sport ishlari komissiyasining yetakchi vazifalaridan biri har tomonlama yo’riqchi va hakam bo’lishga loyiq bolalarni topish, ularni ajratish, BO’SMlari trenerlari bilan o’tkaziladigan seminarlarda dars o’tib berish, maslahatchi sifatida maktab fizkulptura faollarini tayyorlash ishida ishtirok etishlari uchun shartnomalar tuzishdan iborat. Ular sport trenirovkasining asoslari, seminarlardagi nazariy temalarni o’qitish, sport musobaqalari qoidalarini tahlil qilish, o’rgatish, hakamlik amaliyotini o’tkazishda ishtirok etsalar, o’tkazilayotgan jamoatchi faollar va hakamlarni tayyorlash tadbirining samaradorligi yanada yuqori bo’lishligi amalda isbotlangan. Masalan, Marg’ilon shahar 3-iqtidorli bo’lajak yo’riqchilarga maxsus adabiyotlar tarqatiladi, sport turlarining texnik elementlarini namoyish qilish stendlari tayyorlangan va ular yo’riqchilar yordam rubrikasi sifatida alohida burchaklarga osib qo’yilgan. Ulardan yo’riqchi emas, shu sport turi bilan shug’ullanayotgan o’quvchilar ham foydalanishi mumkin. Bu maktabda jismoniy tarbiya yo’riqchilari qadrlanadi. Ularning eng namunalari «Maktabning fidoyilari» kitobiga yoziladi, qimmatga ega bo’lgan narsalar bilan (gantel, skakalka, sport adabiyotlari, sport tematikasidagi videokasetalar bilan taqdirlanadilar).

Jamoatchi yo’riqchilarni va sport hakamlarini tayyorlash keng yo’lga qo’yilgan maktablarda sinfdan tashqari ishlarni ommaviyligiga erishish amalda isbotlangan. O’quvchi yaxshi niyat bilan sport formasini olib maktabga kelsayu, uni hech Kim kutib olmasa yoki biror foydali ish (mashq bajarish)ga uni tortmasa albatta keyingi safar bo’sh vaqtida maktabga borishni o’ylab ko’radi.

Aslida, jamoatchi yo’riqchi sifatida maktabni bitirgan o’quvchilardan foydalanishning ham foydali tomoni ko’p. Bunday holatlarga hozirgi kunda ko’p duch kelamiz.
2.3.Turistik sayoxatlar, poxodlar yo’riqchisini tayyorlash sinfdan tashqari ishlarning shakli sifatida.

O’quvchilar uchun hayotiy zaruriy harakat malakalari va ko’nikmalarining zahirasini oshirish turistik sayohat hamda poxodlarda sodir bo’ladi. Sinfdan tashqari ishlarning bnday shaklini yo’lga qo’yish uchun turizm ishida yordam beradigan yo’riqchilarni tayyorlashning ahamiyati katta. Ularni tayyorlash turistlar klublari yoki turizm o’tkazish uchun maxsus tayyorgarlikdan o’tganligi haqidagi guvohnomasi bo’lgan maktabning jismoniy tarbiya o’qituvchisiga yuklatiladi. Yordamchi sifatida esa yuqori sinf o’quvchilarini jalb qilib klardan foydalanish mumkin. Klublar, turizm bazalari odatda maxsus tayyorgarlik va seminar tashkillab ularga «turizm yo’riqchisi» degan sertifikat beradi. Ana o’shalargina bu ishni yo’lga qo’yish huquqiga ega. O’shalarnigina maktabda «yo’riqchi» tayyorlash seminarlarini tashkillashi va o’tkazishga jalb qilinadi.

Seminar dasturi quyidagi mavzularni o’zida mujassamlashtiradi:

1)poxodlar, ekskursiyalar va sayoxatlar, ularning mazmuni va o’quvchilar bilan tashkillanishining shakllari (2 soat);

2)o’zining o’lkasi (vohasi, hududi, muxofati) bilan tanishtirish, uning ekskursiya oboektlarini va turistlari poxodining marshirutini bilish (2 soat);

3)poxodlarga tayyorgarlik, o’tkazish va poxodga yakun yasash (6 soat);

4)amaliy mashg’ulot o’tkazish.1

Maktabda turistlarni tayyorlash uchun o’quvchilarning ota-onalarini va otaliq tashkilot vakillarini jalb qilish yaxshi natija beradi.




Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   241   242   243   244   245   246   247   248   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish