Маoлумотнома


Targ’ibot va tashviqot faollarini tayyorlash



Download 2,17 Mb.
bet248/315
Sana23.08.2021
Hajmi2,17 Mb.
#154433
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   315
Bog'liq
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ darslik

2.6.Targ’ibot va tashviqot faollarini tayyorlash.

O’quvchilar sport hayoti haqidagi targ’ibot va tashviqot ishlarini yaxshi yo’lga qo’yilishining ahamiyati eotiborga loyiq. Eng asosiy targ’ibot vositasi – namoyish qilish (ko’rsatish) maqsadidagi chiqishlar hisoblanadi. Bunday chiqishlarda chempionlar, rekordchilar, sport ustalari, xizmat ko’rsatgan sport ustalarning, ayniqsa Olimpiada qatnashchilari, jahon chempionati, Osiyo o’yinlarining ishtirokchilarni chiqishlari yaxshi taosurot qoldiradi. Bunday chiqishlarni stsenariyasi, uni tashkillash va tashviqotchi faollardan maxsus bilim va malakalarga ega bo’lishni talab qiladi.

Qolaversa bunday chiqishlar maktabning radiouzeli televideniyasi orqali bo’lishi ham mumkin.

Bunday chiqishlar hikoya qilish orqali o’zlarini shu sport turi bilan shug’ullanishga nima turtki bo’lgani, katta jismoniy yuklamalar bilan aqliy faoliyatni qanday uyg’unlashtirganliklarini gapirib beradilar.

Maktabning eng ilg’or sportchilari maktab radiouzeli orqali oldindan tayyorlangan matn yoki davra stolidagi suhbat yoki diolog sifatida (o’quvchi-o’qituvchi yoki faqat o’qituvchilarning, o’quvchilarning munozaralari tarzida) belgilangan, oldindan tayyorlangan mavzular asosida tashkillash malakalarini bu guruh faollari o’rganishlari lozim. Bo’lajak sport sharhlovchilari, bo’lajak radio telejurnalistlar, teleboshlovchilar, diktorlardek kasbga yo’naltirish yo’lga qo’yilishi mumkin.

Qolaversa targ’ibot-tashviqotning eng sinalgan vositasi – suhbatlar o’tkazishdir. Sinflarda yoki xohlovchilar uchun «maoruzalar» tashkillash ham yaxshi natija beradi. Oldindan tayyorlangan maoruza matnini tarqatish bilan o’tkaziladigan yoki maktab lektorlar maktabiga qatnaydigan jismoniy tarbiya faollarining maoruzalari orqali targ’ibot ishlari o’zining yaxshi natijasini berishi amalda sinalgan sinfdan tashqari ish shaklidir. Ayniqsa «Bilim jamiyati» maoruzachilaridan ham foydalanish, ularning lektorlik mahoratini o’rganishni foydali tomoni beqiyos.

Misol tarzida quyidagi mavzularni targ’ibot-tashviqot faollariga maoruza uchun tavsiya qilishmiz mumkin:

1.Inson organizmining cheksiz zahiralaridan o’z jismi tarbiyasida foydalanish.

2.Sport va jismoniy madaniyatni qaysi biri bilan shug’ullangan maoqul.

3.O’zbek sportchilari xalqaro maydonda.

4.Sport shuhrati vash oni haqida.

5.Aktiv va passiv dam olish.

6.Qaddi dastingiz va qomatingiz tarbiyasi.

7.Musobaqalashishga tayyorgarlik.

8.Olimpiada o’yinlari. HOQning faoliyati.

9.Jahon chempionatlari.

10.Maktab sport musobaqalari.

Targ’ibot-tashviqot komissiyasi faollari lozunglar, plakatlar, fotoblyutenlar, fotoalpbomlar, qisqa metrajoi filpmlarni tayyorlash, gazetalarga maqolalar yozishdek jismoniy madaniyat va sportni, unga oid mavzularga bag’ishlab faoliyat ko’rsatish malakasiga ega bo’lishlari zarur. Bo’lajak fotomuxbirlar, gazeta, jurnal dizayni mutaxassislari, jurnalistlar, tele, kino operatorlari uchun kasbiy tayyorgarlikning eng dastlabki malaka va ko’nikmalarini jismoniy tarbiyadan sinfdan tashqari ishlar davomida o’tishlari mumkin.

Ayniqsa, maktabning jismoniy tarbiya va sport burchagini lozim bo’lgan darajadagi talablarda yaratishning ahamiyati katta. Unda mavzuli vistavkalar, musobaqalarda qo’lga kiritilgan sovrinlar, gazeta va jurnallardan qirqilgan sahifalar, maktabning yetakchi sportchilarini rasmlari, rekordlar doskasini va h.k.larni joylashtirish faollarning maolum tayyorgarligini talab qiladi.

Faollarning tarbiyaviy ahamiyati katta sanalgan faoliyatlaridan Yana biri sinflararo «Sport faoliyatini eng exshi tashkillagan sinf» ko’rik tanlovi konkursi yoki oddiy musobaqa tashkillash ishidir. Buni tashkillovchi faollar «konkurs», «ko’rik tanlov», «yuqori sport natijasi ko’rsatgan sinf» musobaqasi tadbirlarini stsenariysi yoki tayyorlash o’tkazish rejasini maktab jismoniy tarbiya o’qituvchilari bilan tuzishni bilishlari kerak bo’ladi (maktab sport bayramlari mavzusida mukammal yoritilgan).

Jismoniy tarbiya faollari ham pedagoglardek o’quvchilarga rahbarlikni o’sha bir xil metodlari – aniq vazifalar, erinmay instruktsiyalash, maslahatlar va Amaliy yordam, vazifani maolum qismini o’quvchilar bilan birgalikda hal qilish, keng yoki tor doirada majlis yoki suhbatlar qilish, rag’batlantirish va tanbeh berishdan foydalanadilar.

Qayd qilingan jismoniy tarbiya jismoniy tarbiya faollari klassifikatsiyasini sxema tarzida ilova qildik. (_ilovaga qaralsin).

Jismoniy tarbiya faollarini tayyorlash seminarii mazmuniga o’tishdan avval faollarni kanikul paytidagi faoliyatiga to’xtalsak. Bu davrda jismoniy tarbiya faollari bilishlari kerakki, jismoniy tarbiya krujoklari, maktab sport sektsiyalarining faoliyati sog’lomlashtirishga yo’naltiriladi. CHunki o’quvchilar organizmi regionimizning iqlimiy sharoitida katta dozadagi yuklamalarga beradigan javobi bilan bog’liq. Issiq sharoit, organizmdagi suyuqlik yo’qotish va boshqa faktorlar ginoksiyaga sabab bo’lishiga olib keladi. Qonni quyuqlashuv va boshqa moda almashinuvidagi sabablar mashg’ulotlarni o’yinlar, sayohatlar, poxodlar, musobaqalar, turli xildagi ko’ngil ochishlar bilan almashtirishni taqazo etadi.

Kuzgi tatillarda: maktabning sport kechasi, gimnastika bilan ommaviy chiqishlar, o’rtoqlik uchrashuvlari, yozgi sport sezoni yakuni bo’yicha sport konkurslari, turistik poxodlar o’tkazilishi maqsadga muvofiq.

Qishki tatillar nisbatan uzoqroq davom etadi. Bu kunlari krujoklar va sport sektsiyalari o’zlarining faoliyatlarini to’xtatmaydilar. Sport viktorinalari, jismoniy tarbiya va sport mavzusiga oid «Quvnoqlar va zukkolar uchrashuvlari» (Quvnoqlar va zukkolar uchrashuvlari)ni o’tkazish yaxshi Samara beradi va o’quvchilar uchun qiziqarli sanaladi.

Yuqorida qayd qilingan jismoniy tarbiya faollarini tarbiyalash, ularning tajribalarini bir avloddan ikkinchisiga o’tkazish o’qituvchi-pedagoglardan zarur bo’lgan bilimlar zahirasini talab qiladi.



Download 2,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish