Qurilishda ishchi kuchi va ish vaqti statistikasi
Reja:
1. Qurilishda mehnat resurslarining soni va tuzilishini xarakterlash
2. Qurilishda xodimlar soni va qurilish ishlab chiqarishi ishchilar bilan ta’minlanishini statistik o‘rganish
3. Ish vaqti hisobi va undan foydalanish ko‘rsatkichlarini aniqlash
1. Qurilishda mehnat resurslarining soni va tuzilishini xarakterlash
Ish joylariga qarab hamma xodimlar quyidagicha taqsimlanadi:
– asosiy ishlab chiqarish sohasidagilar;
– yordamchi xo‘jaliklardagilar;
– ularga xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar.
Kuzatuvchilar – ishlab chiqarishda rahbarlik qiluvchi va boshqa maxsus texnik-iqtisodiy bilimlarni talab qiluvchi funksiyalar; xodimlar – ish yurituvchi, hisob-kitob, ta’minot funksiyalarini bajaruvchi shaxslar; kichik xizmatchilar – xonalarni isitish, yig‘ishtirish va boshqa ishlarni bajaruvchilar; qo‘riqlovchi xodimlar – qorovullik, yong‘indan saqlovchi xodimlardir.
Birinchi guruhga asosiy ishlab chiqarishda bevosita va qisman ishtirok etuvchilar kiritiladi. Bunga qurilish-montaj ishchilari, ya’ni bino va inshoatlarni tiklovchi ishchilar, qurilish korxonalarining, KQB (kapital qurilish bo‘lim)larining, KQB (kapital qurilish boshqarma) larining rahbar xodimlari, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik xodimlari va boshqalar kiradi.
Ikkinchi guruhga yordamchi xo‘jalik xodimlari kiradi. Bu xo‘jaliklar mustaqil balansga ega bo‘lmagan korxona hisobida bo‘lib, sanoat-qurilish xom ashyolarini ishlab chiqaruvchilardir (karerlar, beton-qorishma nuqtalari, yog‘och arralovchi, elektr stansiyalar va boshqalar).
Uchunchi guruhga ko‘p miqdordagi xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarish xo‘jaliklari (transport korxonalari, yig‘uvchi boshqarmalar, loyiha-smeta guruhlari va boshqalar) va ishlab chiqarish xarakteridagi ob’ektlar kiradi (uy-joy kommunal xo‘jaliklari, poliklinikalar, klublar, bolalar bog‘chalari va boshqalar).
Malakali xodimlar ishlab chiqarish funksiyalariga qarab quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi: ishchilar – mahsulot ishlab chiqaruvchi shaxslar; texnik-muhandis xodimlar – texnologik jarayonni tayyorlovchi va boshqa xizmatchilar.
Qurilish statistikasi asosiy e’tiborni xodimlarga qaratadi. Xodimlar tarkibini kasbi va malakasiga qarab o‘rganish va ularni o‘zgartirish, qurilish tashkilotlarining ish tartibini rejalashtirish va tekshirish hamda ishchi kadrlarni tayorlashda katta ahamiyat kasb etadi. Ishchi kadrlarning kasbiy va malaka tarkibini yaratishda ilmiy-texnika taraqqiyoti bevosita ta’sir etadi. Ushbu jarayonni o‘rganish rejalashtirishda zarur bo‘lib, ishchilar tarkibining o‘sib etishishidagi muhim omillardan biridir.
Ishchilar malakasini statistik o‘rganish ularning o‘z mahorat va bilimlarini turli ishlab chiqarishda qay darajada ishlata bilish bo‘yicha zaruriy ma’lumotlar beradi. Malaka darajasining statistik o‘rni ko‘rsatmada xodimlar soni yoki ularning nisbiy miqdori shu darajadagi yoki razryaddagi xodimlar umumiy sonining tarif turida namoyon bo‘ladi.
2. Qurilishda xodimlar soni va qurilish ishlab chiqarishi ishchilar bilan ta’minlanishini statistik o‘rganish
Xodimlar tarkibini o‘rganish ularning sonini aniqlash bilan o‘zviy bog‘liq. Xodimlar soni quyidagi kategoriyalar bo‘yicha ajratiladi: ro‘yxatdagi ishchilar soni, ishga kelganlar soni, amalda ishlagan ishchilar soni. Oxirgi ikki kategoriya ko‘pincha ishchilar uchun qo‘llaniladi.
Ro‘yxatdagi ishchilar soniga shu kungacha va bir necha kunga ishga qabul qilingan doimiy, vaqtinchalik, mavsumiy ishlardagi hamma ishchilar kiradi. Ishchilarning ro‘yxati ularning ishga chiqqan va ishlagan-ishlamaganidan qat’i nazar tuziladi. Tashkilotda asosiy ish joyidan tashqari ishlaydiganlar ro‘yxatga kiritilmaydi, sababi, ishchilar ikki marta hisobga olinadi.
Ishga kelganlar soni ishga chiqqan xodimlar sonini ko‘rsatadi.
Amaldagi ishlagan ishchilar soni ularning ishga chiqib, ishlarini bajarganliklarini bildiradi. Oxirgi ikki kategoriya orasidagi farq qurilishlardagi kunlik to‘xtab turishlardan darak beradi. Ishchilar soni kategoriyalari bo‘yicha hisobga har kuni tabel asosida olib boriladi. Bayram va dam olish kunlarida esa ro‘yxatdagi ishchilar soni bir kun oldingi kun hisobiga teng qilib olinadi.
Ishchi kuchlarini o‘rganishda har xil malakadagi ishchilar darajasini ish joyi kabilar bo‘yicha solishtirish qiziqarlidir. Ishchilarni bajaradigan vazifasi va malakasi darajasiga qarab ajratishda kombinatsion jadval yoki matritsa chuqurroq tasavvur beradi. Bunday ajratish 284 ishchi misolida keltirilgan (5-jadval).
5-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |