215
9.2. Jadidchilik harakati va ularning umumxalq ma’naviyatini
yuksaltirishdagi roli
Jadidchilik g‘oyalarini uning ko‘zga ko‘ringan
vakillaridan
Behbudiy, Munavvarqori,
Abdulla Avloniy, Fitrat, Fayzulla
Xo‘jayev, So‘fizoda, Tavallo,
Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon, Isoqxon
Ibrat kabilar targ‘ib qilganlar.
Ular millatning kamolotini
yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo‘l qo‘ymaslik
borasida katta ishlarni amalga oshirdilar.
Ma’rifatchi jadidchilar moddiy qiyinchiliklar, g‘oyaviy-siyosiy
tazyiqlarga qaramay millatning ma’naviy
yuksalishi uchun imko-
niyatlar qidirdilar. Ular tarixning murakkab, mas’uliyatli
burilish
davrlarida millatning ongini yuksaltirish, milliy tuyg‘usini kuchay-
tirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini
anglab yetganliklari
uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o‘z zimmalariga oldilar.
Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy,
Munavvarqori Abdurashidxonov va boshqalar
jadid maktablarini
ochib, o‘zlari dars berar, o‘quv qo‘llanmalari yozar,
nashr etar
edilar. Bu yo‘lda ular hatto o‘z mablag‘larini ayamaganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: