Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

 
 
 
8.4. Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan ma’naviy
merosning ma’naviy tiklanishda tutgan o‘rni 
 
Milliy mustaqillik tufayli jahon ma’naviyati va ma’rifati sohasi-
da o‘z o‘rinlariga ega bo‘lgan piru komil ajdodlarimizni va ular qol-
dirgan boy ma’naviy-ma’rifiy merosni teran anglash, o‘rganish va 


207
ulug‘lash imkoniyati yuzaga keldi. Buyuk davlat arbobi, ma’rifat
homiysi, yuksak ma’naviyat egasi Amir Temur va uning avlodlari 
qoldirgan, abadiylikka daxldor merosi bugungi kunda xalqimiz ruhiy-
ma’naviy poklanishi va milliy o‘zligini anglashning bitmas-
tuganmas chashmasidir. 
Biz bugun yashayotgan mustaqil O‘zbekiston davlatidagi 
tarixiy go‘zal makonlarning ko‘pchiligi Amir Temur va temuriylar
davrida vujudga kelgan. Temuriylar davri har sohada chinakam 
uyg‘onish davri bo‘ldi. 150 yillik mustamlakachilik, 70 yillik 
qaramlik yillarida shunday buyuk zot, dunyoga mashhur davlat 
arbobi, ulug‘ bunyodkor Amir Temur shaxsining asl mohiyatiga xolis 
va haqqoniy baho berish imkonidan mahrum bo‘lib yashadik.
Sho‘ro tuzumi sohibqiron haqidagi haqiqatni xalqdan yashirib 
keldi. Bobokalonimiz to‘g‘risida ikki og‘iz iliq so‘z aytilgan barcha 
manbalar ko‘zdan yashirildi, taqiqlandi yoki soxtalashtirildi. «Amir 
Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora buyoq bilan o‘chirildi, 
unutishga majbur etildi. Maqsad, xalqimizning yuragidan milliy ong, 
milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka
ko‘niktirish edi». Yoki Prezidentimizning yana quyidagi so‘zlarini 
eslaylik. «Sho‘ro davrida bizga Amir Temurni bosqinchi, zolim, 
qonxo‘r, jallod, borib turgan johil, deb uqtirib kelishdi. Amir Temur 
haqidagi bu uydirma sof siyosiy maqsadlarni ko‘zlagan tuhmatdan 
iborat. Bilasizmi, bu ishlarning tagidagi maqsad bitta bo‘lgan, ya’ni 
bizning o‘zligimizni, tariximizni unuttirish bizni manqurtga aylan-
tirish edi. Shuning uchun ham biz Amir Temurning hurmatini joyiga 
qo‘yar ekanmiz, birinchi galda shu savobli ish orqali xalqimizning, 
millatimizning izzat-hurmatini joyiga qo‘ygan bo‘lamiz. Buni hech 
qachon unutmaslik zarur. O‘zligimizni anglashimiz, milliy 
qadriyatlarimizni tiklashimiz ham qarz, ham farz. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishishi bilanoq Prezidentimiz Islom 
Karimov boy ma’naviy merosimiz, dinu iymonimiz, qadriyatlarimiz, 
shu jumladan ulug‘ bobomiz sohibqiron Amir Temur nomini, u haqi-
dagi tarixiy haqiqatni tiklashga shaxsan rahnamolik qilib kelmoqda. 
O‘zbekiston mustaqilligi bizga buyuk sohibqironni qaytarib bergani 
bilan ham alohida qadrlidir. Xorijda siymosi-yillar davomida teatr
sahnalaridan tushmay kelgan, Yevropa tillarida 500 dan ziyod, Sharq 
tillarida esa 900 ga yaqin kitoblar yozilgan, ko‘pdan ko‘p suratlari 


208
ishlangan, qisqasi, dunyoga mashhur bo‘lgan ulug‘ zot Amir Temur 
yana xalqimiz qalbidan munosib o‘rin oldi. 
Istiqlolimiz endi kurtak otayotgan davrda Toshkentning mar-
kazidagi xiyobonda sohibqironga o‘rnatilgan muhtasham haykal
mustaqillik poydevoriga qo‘yilgan oltin g‘isht bo‘ldi. 
Islom Karimov «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida 
ta’kidlaganidek, «Istiqlolga erishganimizdan so‘ng, biz tarixiy 
adolatni qaror toptirish, xalqimizning toptalib kelgan milliy g‘ururini 
yuksaltirish maqsadida Sohibqiron Amir Temur bobomizning nafaqat 
muborak nomi, boy merosi va xotirasini, ayni paytda tarixiy 
siymosini ham tiklashga qaror qildik»
1

Sobiq sovetlar davrida bu masalada g‘arazli siyosat olib 
borilgani, asossiz ravishda bobomiz jaholat va yovuzlik timsoli 
sifatida ko‘rsatib kelingani bugun hech kimga sir emas. Nega 
deganda, mustabid tuzum tarixiy haqiqatni namoyon etishdan, bizning 
milliy o‘zligimizni anglashimizdan mutlaqo manfaatdor emasdi. 
Prezidentimiz YUNESKO qarorgohidagi «Temuriylar davrida 
ilm-fan, madaniyat va maorifning gullab-yashnashi» ko‘rgazmasining 
ochilish marosimida so‘zlagan nutqida «Ma’rifatli Movarounnahr 
ruhi, temuriylar davrida fan-san’atning gullab-yashnagani Yevropada 
uyg‘onish jarayoniga hayotbaxsh ta’sir etganini, umumjahon 
taraqqiyotiga ko‘maklashganini anglab faxrlanamiz. 
Siyosatda maslahat, mulohazakorlik, o‘ylab ish qilish, qurol 
kuchidan ko‘ra o‘n barobar foydaliroqdir», degan daho so‘zlar Amir 
Temurga mansubdir. Bu so‘zlar hozirgi tilda nizoli masalalarni 
siyosiy muloqot, ogohlantiruvchi diplomatiya yo‘li bilan hal qilishni 
bildiradi»,
1
-degan edi. 
1994-yilda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi, 1996-yilda 
esa sohibqiron tavalludining 660 yilligi munosabati bilan dunyo 
miqyosida ulkan tadbirlar o‘tkazildi. Parijdagi YUNESKO 
qarorgohida o‘tkazilgan yubiley tantanalari muhim ahamiyat kasb 
etdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga 
ko‘ra «Amir Temur» xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Dunyoning 
taniqli siyosat arboblari, olimlari, yozuvchilari, tarixchilari ishtirokida
ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazildi. Prezident Farmoni bilan (1995-
1
Каримов
И
.
А
. «
Юксак
маънавият

енгилмас
куч
». 
Т
.: «
Маънавият
», 2008. 149-
бет

1
Каримов
И
.
А

Бунёдкорлик
йўлидан

Асарлар
тўплами
, 4-
жилд

Т
.: 
Ўзбекистон
1996. 341-
бет



209
yil 5-may) yuksak mukofot – Amir Temur ordeni ta’sis etildi. 
«Temuriylar tarixi Davlat muzeyi»ning barpo etilishi respublikamiz, 
xalqimiz hayotida muhim voqea bo‘ldi. Yubiley munosabati bilan 
ko‘plab tarixiy-ilmiy asarlar, risolalar, albomlar va boshqalar nashr 
etildi. Shu o‘rinda Amir Temurning o‘zi yaratgan «Temur tuzuklari» 
risolasini, akademik Bo‘riboy Ahmedovning «Amir Temur» tarixiy 
romanini, Yerkin Azimovning «Amir Temur saltanati» risolasini, 
Abdulla Oripovning «Sohibqiron» she’riy dramasini, Sharafiddin Ali 
Yazdiy va Nizomiddin Shomiylarning «Zafarnoma» asarlarini, 
F.Ashrafiyning «Temuriylar davri miniatyurasi» kabi nashrlarni 
alohida qayd etish mumkin. 
....«Biz o‘zbeklarni ulug‘, bunyodkor xalq deb dunyoga taran-
num etayapmiz va aslida ham shunday. YUNESKOning Parijdagi qa-
rorgohida Amir Temur bobomizning to‘ylarini o‘tkazishdan maqsad 
nima edi? Bu komil insonning eng avvalo, buyuk davlat asoschisi
buyuk bunyodkor, ijodkor shaxs bo‘lganini, fan, madaniyatga 
homiylik qilib, jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga beqiyos hissa 
qo‘shganini olam ahliga bildirish edi. Janob Jak Shirakning o‘zi 
ishtirok etgan bu anjumanda men mazkur fikrimni ishonchli manbalar 
asosida isbotlab berishga harakat qildim. Davlatchiligimiz asoslarini 
yaratib ketgan Temur bobomiz g‘ayrat-shijoati, yuksak aql-zakovati,
tadbirkorligi, elparvarligi bilan bizga hamisha ibrat namunasi bo‘lib 
qolg‘usidir. Biz u zoti oliydan hamisha ruhiy madad olamiz».
1
Bularning hammasi Prezidentimiz Islom Karimov rahna-
moligida mustaqillik tufayli o‘zbek xalqining ma’naviy tiklanishi 
borasida olib borilayotgan keng jabhadagi xayrli ishlardan bir 
nishona, xolos. 
1
Каримов
И
.
А
. «
Тарихий
хотирасиз
келажак
йўқ
» 
Т
., 
Шарқ
1998. 15-
бет



210

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish