Manaviyat asoslari Lotin pv doc



Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/110
Sana01.02.2022
Hajmi1,39 Mb.
#423640
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110
Bog'liq
manaviyat asoslari

Abdurauf Fitrat
yozuvchi, tarixchi, adabiyotshunos, 
tilshunos, san’atshunos va siyosatshunos olim, davlat va jamoat 
arbobi. Birinchi o‘zbek professori.
Turkiya, Hindiston, Arabiston va Rossiyaning yirik shaharlarida 
bo‘lgan. O‘qishni davom ettirish maqsadida Turkiyaga borib, 1909-
1913-yillarda Istambulda yashagan. Fitrat o‘sha vaqtda Turkiyada 
kuchaygan yosh turklar harakati ta’sirida Turkiyadagi buxorolik 
yoshlar yordamida «Buxoro ta’limi maorif jamiyati»ni tuzadi. Jamiyat 
Buxoro va Turkiston maorifining olg‘a siljishiga doir muhim
ishlarni amalga oshiradi. 
Abdurauf Fitrat Turkiyada tahsil olish, ma’ruzalar o‘qish bilan 
birga samarali ijod ham qilgan. 1909-yili Istambulda uning fors tilida 
yozgan «Munozara», «Sayha» ( «Na’re») she’riy majmuasi, 1912-
yilda esa «Sayyohi hindi» (Bayonoti sayyohi hindi) asarlari nashr 
etiladi. Keyinchalik Fitratning millatchi, turkparast va islomparast 
yozuvchi sifatida qoralanishiga sababchi bo‘lgan bu asarlar XX asr 
boshlarida Turkistondagi milliy uyg‘onish harakatining norasmiy 
dasturi bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, «Munozara» va «Sayyohi 


216
hindi» asarlari yoshlar dunyoqarashining keskin o‘zgarishi va 
ularning jadidchilar safiga kelib qo‘shilishiga sababchi bo‘lgan. 
Fitrat vataniga qaytgach, jadidchilik g‘oyalarini keng targ‘ib 
etdi. Yosh buxoroliklar harakatining mafkurachisi va g‘oyaviy 
rahbarlaridan biriga aylandi. 
BXSR tashkil topishi bilan Abdurauf Fitrat 1921-yilda maorif, 
1922-yilda xorijiya – Tashqi ishlar vaziri, Xalq xo‘jaligi kengashi 
raisi, MIQ va Xalq nozirlari sho‘rosi raisining o‘rinbosari va boshqa 
lavozimlarda ishladi. 
U shu davrda BXSR mablag‘i hisobiga 70 nafar turkistonlik
istiqbolli yoshlarning Germaniyaga borib o‘qishida, Buxoroda Sharq 
musiqasi maktabining tashkil etilishida, fan va madaniyat tarixiga 
doir xalq qo‘lida sochilib yotgan noyob qo‘lyozmalarni to‘plashda 
tashabbuskor bo‘ldi. 
Abdurauf Fitratning sa’yi-harakati bilan Buxoro jumhuriyatida 
turkiy (o‘zbek) tili davlat tili deb e’lon qilindi. Abdurauf Fitratning 
adabiy merosi boy va rang-barang bo‘lib, u badiiy ijodning barcha 
turlarida qalam tebratibgina qolmay, o‘zbek adabiyotining yangi janr 
va turlar bilan boyishi, she’r tuzilishining isloh etilishi, realizmning 
teranlashishi, davr, jamiyat va xalq hayoti bilan bog‘liq muhim 
ijtimoiy muammolarning o‘zbek adabiyotida badiiy talqin etilishiga 
ulkan hissa qo‘shdi. Abdurauf Fitrat zullisonayn shoir bo‘lib, adabiy 
faoliyatining dastlabki davrida asosan fors tilida ijod qilgan. Abdurauf 
Fitratning o‘zbek tilidagi she’rlari 1917-yil va undan keyingi davrga 
oid.
Ma’lumki, fevral inqilobidan keyin Turkiston xalqlarining 
mustaqillikka erishishlari uchun tarixiy imkoniyat tug‘ilgan. 
Abdurauf Fitrat shu davrda xalqni mustamlakachilik kishanlarini 
parchalab, istiqlol uchun kurashga da’vat etuvchi she’rlar yozishga 
kirishgan. U «O‘zbek yosh shoirlari» (1922) she’riy majmuasining 
tuzuvchisi va asosiy muallifi. Sahna asari sifatida namoyish etilgan 
«Munozara» Abdurauf Fitratning nasrdagi ilk asaridir. «Munozara» 
ham, «Sayyohi hindi» ham Abdurauf Fitrat publitsistikasining yorqin 
namunalaridan.
1930-yilda qayta ishlangan «Qiyomat» hikoyasi hozirgi o‘zbek 
adabiyotida fantastikaning tug‘ilishi va shakllanishiga asos bo‘ldi
.
Abdurauf Fitrat 1916-yildan boshlab teatr uchun ko‘plab dramatik 


217
asarlar yaratdi. Ammo uning nafaqat 1916-1918-yillarda yozgan 
«Begijon», «Qon», «Abo Muslim», «Temur sag‘anasi», «O‘g‘izxon» 
singari pesalari, hatto 30-yillarda yozgan «To‘lqin» opera liberettosi 
(1934) ham bizgacha etib kelmagan. «Temur sag‘anasi» pesasida 
muallifning «Yurt qayg‘usi (Temur oldinda)» sochmasidagi istiqlol 
uchun kurash g‘oyasi badiiy ifodalangan.
Abdurauf Fitrat ijodining shu davrdagi yetakchi motivi - 
bolshevizmga qarshi istiqlol uchun kurash g‘oyasi «Chin sevish» 
(1920) va «Hind istilochilari» (1923) pesalarida, ayniqsa, yorqin aks 
etgan. 1921-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Til va imlo» qurultoyida 
Abdurauf Fitrat o‘zbek tilining sofligini ta’minlash va rivojlantirish 
masalalarini o‘rtaga tashladi. U «O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida bir 
tajriba: sahf» (Morfologiya) (1925), «O‘zbek tili qoidalari to‘g‘risida 
bir tajriba: Nahv» (Sintaksis) (1926) darsliklarini yaratdi va bu 
darsliklar 1930-yilga qadar bir necha marta nashr etildi. Abdurauf 
Fitrat «Eng eski turk adabiyoti namunalari» (1927), «O‘zbek 
adabiyoti namunalari» (1j., 1928) asarlarida adabiy merosimizning 
eng qadimgi davrdan so‘nggi davrlarga qadar yaratilgan namunalarini 
to‘plab, muayyan tizimga soldi. «Qutadg‘u bilig» singari noyob 
yodgorlikning Namangan nusxasi Abdurauf Fitrat tufayli qo‘lga 
kiritildi.
«She’r va shoirlik» (1919), «Adabiyot qoidalari» (1926), «San’-
atning manbayi» (1927), «Aruz haqida» (1936) singari maqola va 
risolalari bilan adabiyot nazariyasi faniga asos soldi. Abdurauf Fitrat 
1921-yilda Sharq musiqa maktabini tashkil etib, uning birinchi 
direktori bo‘lgan. U shu vaqtdan boshlab «Shashmaqom» kuylarini 
to‘plash va notaga yozib olish ishlariga rahbarlik qildi. Fitrat 
tashabbusi bilan ota Jalol va ota G‘iyosdan Buxoro shashmaqomi 
V.Uspenskiy tomonidan ilk bor notaga olinib, nashr etildi (Shest 
muzikalnix poem (maqom). Buxara M., 1924). Abdurauf Fitrat 
«Shashmaqom», «O‘zbek musiqasi to‘g‘risida» maqolalari va 
«O‘zbek klassik musiqasi ham uning tarixi» (1927) risolasi bilan 20-
asrda o‘zbek musiqashunoslik fanini boshlab berdi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish