Reja: Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi. Podsho Xamurapi qonunlari Qadimgi Bobil madaniyati. Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi



Download 193,5 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2022
Hajmi193,5 Kb.
#688076
  1   2   3   4
Bog'liq
Bobil podsholigi


Bobil podsholigi
Reja:


1.Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi.
2.Podsho Xamurapi qonunlari
3.Qadimgi Bobil madaniyati.
Qadimgi Bobil davlatining yuksalishi.
Iqtisodiy tushkunlik, amoriy ko'chmanchi qabilalarining hujumi, Ur sulolasining yemirilishi siyosiy tarqoqlikka olib keldi. Amoriy va Akkad davlatlari bir-birlari bilan shafqatsiz urushlar olib bordilar. Er. av. 1800-yillar atrofida Mesopotamiya janubini Larsa podsholigi, markazni Bobil shahri va Eshnunna, Yuqori Mesopotamiyani va Mari podsholigini er. av. XIX asr oxirida amoriy hukmdor Shamshi-Add (1824-1870-yillar atrofida) davlati egallab olgan edi.
Bu davlatlar o'rtasida uzoqqa cho'zilgan urushlar bo'lib o'tdi. Bu kurashlar davomida sekin-asta Bobil (Babili xudo darvozasi) shahri yuksala boshlaydi.
Bu shaharda I Bobil yoki amoriylar sulolasi hukitironlik qilib, uning boshqaruvi tarixda qadimgi Bobil (er. av. 1894—1595-у) davri deb nom oldi. Bu vaqtda Janubiy Mesopotamiyada akkadlar shumerlarni to'la assimilatsiya qildilar. Amoriylar sulolasi asoschisi, yo'lboshchisi Sumuabum edi. Unga xavfli raqib bo'lgan Elamni er. av. 1764-yilda Hammurapi 10 yillik urushda Mari podshosi Zimrilim bilan birlashib yanchib tashladi.
O'zaro urushlar shahar, davlatlarni zaiflashtirdi. Larsa shahrini Elam bosib oladi. Elam hokimi Rimsin (er. av. 1822—1763-yillar) kanallar, ibodatxonalar barpo qiladi. Ko'pgina shaharlar Uruk, Nippur, Issin va Larsa unga qaram bo'ladi. Shunday bir sharoitda Bobil shahrining yangi markaz sifatida roli kuchayadi. Shaharning ikki daryo oralig'ining qoq o'rtasida joylashuvi barcha sun'iy sug'orish inshootlarining va Old Osiyoning quruqlik va daryo yo'llarini tutashgan joyda o'rnashgani Bobilning siyosiy, iqtisodiy markaz bo'lishiga qulay omillar bo'ladi. Bobilni gullab-yashnashi I Bobil sulolasining oltinchi podshosi Hammurapi (er.av. 1792-1750-yillar) davriga to'g'ri keladi. Hammurapi dono, uzoqni ko'ra oladigan davlat arbobi, ayyor diplomat, yirik strateg, adolatli qonunshunos va mohir tashkilotchi edi. Hammurapi Bobil uchun foydali bo'lgan ittifoqlar tuzishga mohir diplomat bo'lib, bu ittifoq o'z vazifasini o'tab bo'lgach tezda undan voz kechgan. Hammurapi dastlab Larsa bilan ittifoq tuzadi va janubda Ur va Issin shaharlarini bosib oladi. Mari bilan ittifoq tuzib, Eshnunna shahrini bosib oladi.
Mari bilan birgalikda sobiq ittifoqchisi Larsani o'ziga bo'ysundirgach, Hammurapi er.av. 1759-yil Mari shahrini bosib oladi. Shimolda faqat zaiflashib qolgan Osuriya qoladi, uning yirik shaharlari Ashshur va Nineviya Bobil hokimiyatini tan oladilar. Hammurapining 42 yillik hukmronligi davomida Bobil kichik shahardan butun Mesopotamiyani birlashtirgan yangi qudratli davlatning poytaxti, Old Osiyoning yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaziga aylanadi. Mesopotamiyada yagona markazlashgan davlat tashkil topdi1.
Hammurapi uni ikki qismga: akkad tillarida so'zlashadigan shumerakkad xudolariga sig'inadigan asosiy hududga va Elam Suzasi, Yuqori Mesopotamiyani xurrit-amoriy hududlarini o'z ichiga olgan viloyat bo'Idi, Hammurapining vorisi Samsuilin (er. av. 1749—1712-yillar) davrida Bobilda ichki ziddiyatlar kuchayib, qishloq j'amoalar, j'angchilar va boshqa soliq to'lovchilaming ahvoli yomonlashadi. Er. av. 1742-yilda Mesopotamiyaga shimoli-sharqdan bu yerda aval noma'lum bo'lgan etnomidagi hind-yevropa qabilalari (Akkadcha Kassu, zamonaviy fanda kassitlar, o'zlarini kaspe-kaspiy deb atagan) Gandash nomli yo'lbosfachilari bilan bostirib kiradilar. Elam janubda shumer shaharlariga bostirib kiradi. Sippar va Issin shaharlarida qo'zg'olon ko'tariladi.
Shimoliy-g'arbda yangi Mitanni davlati vujudga keladi. Mitanni davlati Bobilni Kichik Osiyo va Sharqiy O'rtayer dengizi qirg'og'iga boradigan yo'llardan to'sib qo'yadi. Buning ustiga eramizdan avalgi 1595-yilda xettlar Bobilga bostirib kirib I Bobil sulolasini tugatadilar.

Download 193,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish