101. Mezolit davri qabilalarining mashg’ulotlari(o’rta Osiyo) (ovchilik, termachilik,baliqchilik)
Mezolit paleolit davridan keyingi davr bo’lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o’z ichiga oladi. Mezolit termini yunoncha «mezos» - o’rta va «litos» - tosh degan so’zlardan kelib chiqqan. Mezolit davri XIX asrning oxirlarida fanga ma’lum bo’ldi. Mazkur davrga mansub bo’lgan dastlabki yodgorlik 1887 yilda frantsuz arxeologi D.Pet tomonidan Maz-d Azil g’oridan topilgan va o’rganilgan. Mezolit davri tabiiy sharoiti muzlikning erishi bilan o’zgardi. Muzlikning shimolga chekinishi natijasida ko’plab ko’llar, o’simliklar o’sishi uchun yaroqli erlar, botqoqliklar ko’paydi. Dastlabki bosqichda ya’ni 100 000-85000 yillar davomida iqlim subtropik bo’lib, poleolitga ancha yaqin edi. Keyinchalik miloddan avvalgi 85000-50000 yillar davomida issiq va quruq iqlim shakllana boshladi. Janubda iqlim yaxshilanib, bu paytda ko’plab shoxli hayvonlar va yashil o’simliklar tarqaldi. Yevropa hududida esa keng bargli yashil o’rmonlar bilan qoplandi.Bu davrda Boltiq dengizi va Shimoliy Yevropa ko’llari hozirgi qiyofaga keladi. Muzlik siljishi (muzlik yiliga taxminan 160 metr siljigan.) bilan odamlar ham shimol tomon harakat qiladi.
|
102.Toshkent hududidagi mezolit davri yogorliklari(bo’zsuv,qo’shilish)
BO‘ZSUV MAKONLARI – tosh davriga oid ibtidoiy manzilgohlar. Toshkent shahridan 12–15 km shimoli-g‘arbda Bo‘zsuv kanali bo‘yida joylashgan. Makonlardan biri – Shoimko‘prikni (1901) arxeolog A.P.Pavlov, ikkinchisi – SHo‘ralisoy yoqasidagini (1955) arxeolog O.I.Islomov topgan. Shoimko‘prik makonini arxeolog G.V.Parfenov, SHo‘ralisoyni arxeolog A.P.Okladnikov o‘rgangan. Makonlardan mustye va yuqori paleolit davriga xos pichoqsimon plastina, qirg‘ich, nukleus, chaqmoqtoshdan yasalgan qurollar va turli hayvonlar suyagi topilgan. Bo‘zsuv kanali bo‘ylaridan keyingi tekshirishlar natijasida paleolit davriga oid Bo‘zsuv III, IV va V kabi yangi makonlar ochildi. Bo‘zsuv makonlaridagi aholi yuqori paleolit bosqichida urug‘ jamoasi bo‘lib yashaganligi aniqlandi.
Qo’shilish mezolit makoni esa Toshkentning g’arbida joylashgan bo’lib, qadimgi Bo’zsuv anhori sohilidan topilgan. Makondan chaqmoqtoshdan ishlangan nukleuslar, mayda parrakchalar, uchrindilar, qirg’ichlar, har xil shakldagi qurollar, tosh pichoqlar, silliqlangan tosh buyumlar topilgan. Tosh qurollarning deyarli barchasi geometrik shaklda ishlangan. Qo’shilish mezolit makoni miloddan avvalgi XI-X ming yilliklarga mansub bo’lib, bu erda ovchilik va terimachilik bilan shug’ullangan qabilalar yashagan.
|
103. Bronza davrida Afg’oniston.(bronza,spool buyumlar)
|
104. Yevropaning ilk dehqonchilik bilan shug’ullanuvchi jamoalari (Fessaliya va Atikka)
|
105. Hindiston broza davri (Bronza,madaniyatlar)
|
Do'stlaringiz bilan baham: |