Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus



Download 117,16 Kb.
bet13/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

11-kazus. 2020 yilning 4 avgust kuni Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B. O‘ziga tegishli pensiyani olish uchun qizi N.ga ishonchnoma rasmiylashtirish uchun Samarqand shahridagi 1-son Davlat notarial idorasiga murojaat qilib nogironligi sababli notarial idoraga bora olmasligini va notarial harakatni o‘z uyida amalga oshirishni so‘radi. Notarius ishi juda ko‘pligi bois B.ning uyiga bora olmasligini va boshqa notariusga murojaat qilishligini maʼlum qildi. Notariusning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lgan fuqaro B. maʼmuriy sudga murojaat qildi.Maʼmuriy sud fuqaro B.ning arizasini ish yuritishga qabul qilishni rad etdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.


Javob:
42-moddaga ko’ra, taraflar: arizachi – fuqaro B., javobgar – notarius, nizo predmeti – notariusning xatti-harakati, arizaning asosi – notariusning xatti-harakatini qonunga xilof deb topish.
27-moddaning 4-bandi notarial harakatni amalga oshirish, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozishni ro‘yxatga olish rad etilganligi yoki notariusning yoxud fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar bo’yicha ma’muriy sudga taalluqli hisoblanadi, ya’ni bu yerda ham fuqaro B. notariusning xatti-harakatlaridan norozi bo’lib sudga bergan. 4-moddaga ko’ra har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqliligi belgilangan. sudlovga tegishlilik b’yicha bu ish 28-moddaga ko’ra tumanlararo ma’muriy sudda ko’rilishi kerak.
Ish qo’zg’atishga keladigan bo’lsak, 127-modda bo’yicha bu ish manfaatdor shaxsning arizasiga ko’ra qo’zg’atilgan. Ariza tegishli tartibda ma’muriy sudga taqdim etilganidan so’ng sudya arizani 131-moddaga asosan ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi, qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish haqidagi masalani ariza (shikoyat) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay yakka tartibda hal qiladi. Keltirilgan vaziyat bo’yicha, sud manfaatdor shaxs tomonidan berilgan arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etgan. 133-moddada rad etishning asoslari keltirilgan bo’lib:
1) ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa.
Demak, yuzaga kelgan vaziyatda rad etish asoslarining hech biri mavjud bo’lmaganligi va bu ish ma’muriy sudga taalluqliligi bois sud arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi noto’g’ri hisoblanadi. shuningdek, “Ma’muriy ishlarni ko’rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 15-sonli Oliy sud plenumi qarorining 13-bandida: arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslarini kengaytirib talqin qilish mumkin emasligi begilangan. Shu asoslarga ko’ra bu ariza 132-modda asosida ish yuritishga qabul qilinishi kerak edi.
Endi ishga tegishli qonunchilikka yuzlanadigan bo’lsak, “Notariat to’g’risida”gi O’RQning 30-moddasiga ko’ra, “Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin”, deb belgilangan. Demak, fuqaro B. nogironligi sababli ishonchnomani rasmiylashtirish harakati nogiron fuqaroning turar joyida amalga oshirilishi mumkin ekan. Ammo, notarius buni rad etgan va 38-moddada notarial harakatni amalga oshirishni rad etish asoslarida bu asos bilan rad etish berilmagani sababli, fuqaro B. notariusning xatta-harakati ustidan 39-moddaga asosan, Amalga oshirilgan notarial harakatni, notarial harakatni kechiktirish yoki notarial harakatni amalga oshirishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni noto‘g‘ri deb hisoblagan manfaatdor shaxs bu xususda notarial idora turgan joydagi sudga shikoyat qilishga haqlidir.
Demak, bu ish sudning ish yurituviga qabul qilinib, ish mazmunan ko’rib chiqilib 154-moddaga asosan hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak edi. 158-moddaga ko’ra, Sudning hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Hozir asoslantiruvchi va qaror qismini yozamiz:

“Sud taraflarni eshitib, quyidagi haqiqiy holatlarni aniqladi: Samarqand viloyati Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B. 2020 yilning 4 avgust kuni o‘ziga tegishli pensiyani olish uchun qizi N.ga ishonchnoma rasmiylashtirish maqsadida Samarqand shahridagi 1-son Davlat notarial idorasiga murojaat qilgan, hamda nogironligi sababli notarial idoraga bora olmasligini va notarial harakatni o‘z uyida amalga oshirishni so‘ragan. Notarius fuqaroning murojaatini rad qilib, buning sababi sifatida ishi ko’pligini keltirib o’tgan. “Notariat to’g’risida”gi O’RQning 30-moddasiga ko’ra, “Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin”, deb belgilangan. Shuningdek, 38-moddadada keltirilgan rad etish asoslari ham mavjud bo’lmaganligi bois, sud notariusning xatti-harakatini qonunga xilof deb topadi. Arizachining talablarini va notarius tomonidan yo’l qo’yilgan qonun buzilishini inobatga olgan holda sud, O’zbekiston Respublikasi MSIYutKning 115, 154-158-moddalarini qo’llab,


QAROR QILADI
Arizachi fuqaro B.ning javobgar Samarqand shahridagi 1-son Davlat notarial idorasi notariusining xatti-harakatini qonunga xilof deb topish to’g’risidagi talabi qanoatlantirilsin.
Samarqand shahridagi 1-son Davlat notarial idorasi notariusining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilsin. Notarius qonunda belgilangan taribda fuqaro B.ga ishonchnomani rasmiylashtirib berish majburiyati yuklansin.
Arizachi tomonidan to’langan davlat boji va sud xarajatlari javobgar tomonidan qoplansin.
Hal qiluv qarori ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran biro y muddat ichida shu sud orqali Samarqand shahar ma’muriy sudiga apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi mumkin.

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish