Asoslantiruvchi qism : MSIYTK ning 131, 132, 156, 186, 189-moddalarini va 24-son OSPQ ning 19 bandini qollab yozish mumkin.
Qaror(xulosa) : Arizachi K.A ning shikoyat arizasi qonunchilikda belgilangan o‘tkazib yuborilgan muddatini uzrli deb topish haqidagi iltimosnomasi rad etilib, arizasini qanoatlantirish rad etilsin.
Hal qiluv qaroridan norozi bo’lgan taraflar hal qiluv qarori qabul qilingan e’tiboran 1 oy ichida yuqori turuvchi sudga apellatsiya tartibida shikoyat, prokuror esa protest keltirishga haqlidirlar.
7. Tashlanmagan - Bahrom
8-kazus. Arizachi A.R. sudga ariza bilan murojaat etib, tuman hokimligi zimmasiga tuman hokimligi huzuridagi tashkil etilgan komissiyaning 2019 yil 28 martdagi 111-sonli bayonnomasining 4-bandini haqiqiy emas deb topib, unga tegishli bo‘lgan uy-joy joylashgan yer maydoni davlat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganligi munosabati bilan uning oila aʼzolariga yashash uchun boshqa uy-joy ajratish majburiyatini yuklashni so‘ragan. Maʼmuriy sudning hal qiluv qarori bilan arz qilingan talabni qanoatlantirish rad etilgan. Maʼmuriy sud bunda shikoyat uni imzolash vakolatiga ega bo‘lmagan “M” advokatlik hayʼatining advokati K.K. tomonidan imzolanganligiga asoslangan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling. Javob Arizachi -A.R
Ma’muriy organ/ Javobgar -tuman hokimligi.
Nizo predmeti- tuman hokimi huzurida tashkil etilgan komissiyaning 111-sonli qarorini bekor qilish hamda fuqaro A.R ga uy-joy ajratish to’g’risida
Fuqaro A.R o’zining O’zb Res Konsning 44-moddasi hamda MSIYning 5-moddasida mavjud huquqlaridan foydalangan holda ma’muriy organ ustidan ma’muriy suga shikoyat qilgan. Bu ish MSIYning 27-moddasi 2qismida nazarda tutilgan holat bo’yicha ma’muriy sudga taalluqli hisoblanadi. MSIYning 28,32moddasi bo’yicha A.R javobgar joylashgan hududdagi ma’muriy sudga ariza berishi mumkin.
MSIY 134- modda 3qism ariza (shikoyat) imzolanmagan bo‘lsa yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi yoki familiyasi, ism-sharifining bosh harflari ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa ariza qaytariladi va bu haqda ajrim chiqariladi. 5. Судлар шуни назарда тутишлари лозимки, МСИЮтК 36-моддасига кўра, судда ўз ҳуқуқ ва мажбуриятларини амалга ошириш лаёқатига фақат юридик шахслар эгадирлар. Шу сабабли, агар юридик шахс ишончномаси мавжуд бўлмаса, суд юридик шахс алоҳида бўлинмаси (филиали, ваколатхонаси) аризасини (шикоятини) қабул қилишга ҳақли эмас. Бундай ариза (шикоят) МСИЮтК 134-моддаси биринчи қисмининг 3-бандига мувофиқ қайтарилиши, агар у иш юритишга қабул қилинган бўлса, мазкур Кодекс 105-моддасининг 2-бандига мувофиқ кўрмасдан қолдирилиши керак. 15sonli plenum qaroridan.
Muammoli vaziyada esa ariza Rad Etilib Hal Qiluv Qarori chiqarildi degani NOTO’G’RI.
Arizaning (shikoyatning) qaytarilishi yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan keyin sudga takroran umumiy tartibda murojaat etishga to‘sqinlik qilmaydi. Demak fuqaro A. R yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’irlab sudga qayta murojaat etsa bo’ladi. VMQ 911da davlat ehtiyojlari uchun yer olib qo’yilsa unga kompensatsiya to’lanishi va olib qo’yilgan yer maydoniga teng yer berilishi haqida aytilgan. Demak arizachining arizasidagi shikoyati o’rinli.
Asoslantiruvchi qism:
MSIYning 154-158 hamda 189-moddalarida belgilangan qoidadan kelib chiqib, ushbu kodeksning 105-moddasi 2-qismi, 134-moddasi 1-qism 3-bandi, 134-modda 4-qismi, ospning 15-sonli qarorining 5-bandi hamda VMning 911sonli qarorini kelririb asoslantiruvchi qismni yozsa bo’ladi.
Bu ishda ajrim chiqarilgan
Ajrim qiladi
Arizachi A.Rning arizasi tuman hokimligi komissiyasining 2019 yil 28 martdagi 111-sonli bayonnomasining 4-bandini haqiqiy emas deb topish to’g’risidagi arizasi qaytarilsin.
Arizachi tomonidan arizani berish uchun to’langan bxmning 1%miqdordagi davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytarilsin. Ajrimning nusxasi ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborilsin. Mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.