16-kazus. 2017 yil 22 noyabr kuni fuqaro Sh.Muhamedova Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasiqaroridan norozi bo‘lib maʼmuriy sudga murojaat qildi.Arizada keltirilishicha, fuqaro Sh.Muhamedova 2017 yil 20 oktabr kuni o‘g‘li K.Muhamedovni maktabgacha taʼlim muassasasiga joylashtirish maqsadida yo‘llanma olish uchun komissiyaga tegishli hujjatlarni topshirgan. Sh.Muhamedova bilan birga uning qo‘shnisi L.Ahmedova ham ayni shu maqsadda hujjatlarni topshirgan. Sh.Muhamedova va L.Ahmedova farzandlarining ayni bir muassasada tarbiya topishlari maqsadida arizada ayni bir maktabgacha taʼlim muassasasini ko‘rsatib o‘tganlar.Taqdim etilgan hujjatlar qabul komissiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan. Sh.Muhamedovaning farzandiga nisbatan arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasida bo‘sh o‘rin bo‘lmagani tufayli topshirilgan hujjatlarni navbatga qo‘yish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Ayni paytda L.Ahmedovaning farzandiga arizada ko‘rsatilgan davlat maktabgacha taʼlim muassasasiga qabul qilish uchun yo‘llanma berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Sudda Sh.Muhamedova arizada keltirib o‘tilgan vajlarini qo‘llab quvvatladi. Uning hujjatlari L.Ahmedovadan oldin qabul qilib olingani, biroq uning farzandiga yo‘llanma berilmaganini taʼkidladi. Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi vakili suddan Sh.Muhamedovadan buni isbotlab berish uchun dalil taqdim etishni talab etishni so‘radi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.
Javob Birinchi o’rinda taalluqlilik masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, kodeksning 27-moddasi ikinchi qismiga ko’ra ushbu ish ma’muriy sudga taalluqli hisoblanadi. Chunki, Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi ma’muriy organ hisoblanib, sudga shikoyat qilinayotgan masala ham aynan ushbu komissiya harakatlarining g’ayriqonuniyligi hamda fuqarolarning huquqlarining buzilayotganligi tog’risida bormoqda. Tegishlilik bo’yicha tumanlararo ma’muriy sudga tegishlidir. Chunki, 28-moddaga ko’ra: sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudga tegishli hisoblanadi.