Nizo predmeti- “Qarshishahargaz” filiali xodimlari tomonidan fuqaro D.K ga qarzdorlik haqida chiqargan qarori
Arizaning asosi- “Qarshishahargaz” filiali xodimlari tomonidan chiqarilgan qarorni qonunga hilof deb topib, qarzdorlikni olib tashlash hamda gazdan foydalanuvchi abonent sifatida uning nomini kirgizish
Sudga taaluqli ishlar – MSIYutK ning 26-moddasida ma’muriy sudga qanday ishlar taaluqli ekanligi belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno. Kazusdagi holatda nizo predmeti fuqarolik sudiga taaluqli, ma’muriy sudga emas. Bunga asos sifatida FPKning 270/1(prim) moddasini keltirishimiz mumkin. Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar fuqarolik sud ishlarini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. “Qarshishahargaz”filiali korxona hisoblanadi.
Kazusdagi holatda keltirilishicha, ma’muriy sud hal qiluv qarori bilan arizachi arz qilgan talablarni qanoatlantirishni rad qilyapti. Bu xatti-harakat qonunchilikka ko’ra zid. Negaki, MSIYutK ning 133-moddasiga ko’ra, tumanlararo ma’muriy sud nafaqat arizachining talabini , balki arizachining arizasini(shikoyatini) ish yuritishga qabul qilishni rad qilishi kerak edi. 133-moddada arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari keltirib o’tilgan:
1) ish ma’muriy sudga taalluqli bo‘lmasa;
2) ma’muriy sudning ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi mavjud bo‘lsa;
3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa.
Bundan kelib chiqadiki, tumanlararo ma’muriy sud MSIYutKning 133-moddasi 1-qismiga asosan, ya’ni ish ma’muriy sudga taaluqli bo’lmaganligi uchun arizani ish yuritishga qabul qilishni rad etishi kerak edi. Agar ish yuritishga qabul qilib qo’yganda ham MSIYutK ning 108-moddasi 1-qismiga ko’ra, ish ma’muriy sudga taaluqli bo’lmaganligi uchun ish yuritishni tugatishi kerak edi.
Ajrim qiladi
Arizachi D.K tomonidan kelib tushgan ariza MSIYutK ning 133-moddasi 1-qismiga ko’ra ish yuritishga qabul qilish rad etilsin.
13. Tashlanmagan - Muxlisa
14-kazus.Fuqaro B.O davlat korxonasiga murojaat qilib, ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirishni so‘ragan. Davlat korxonasi masʼul xodimi tomonidan B.O.ga turar joy ajratish imkoniyati mavjud emasligi maʼlum qilinib, murojaat qanoatlantirilmagan. Shu sababli B.O maʼmuriy sudga ariza bilan murojaat qilib, B.O.ning axborot olish huquqi buzilganligi vaji bilan davlat korxonasi masʼul xodimining ishchi xizmatchilarga uy-joy ajratish uchun asos bo‘lgan hujjatlar bilan tanishtirmaslikda ifodalangan harakatsizligini g‘ayriqonuniy deb topishni so‘ragan. Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan arizani qanoatlantirish rad etilgan.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK (Maʼmuriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi) tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.
Do'stlaringiz bilan baham: |