Hal qiluv qarori Asoslantiruvchi qism uchun: MSIYuTKning 189-qismi,
VMQ-252-son bo’yicha tasdqilangan nizom 31-bandi.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonunning 37-moddasi “j” bandi
44-sonli plenum qarorining 9-bandi biln asoslantirilib yozilishi mumkin.
Qaror qismi (xulosa) Arizachi M.Rning Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasining 2018-yil 15-maydagi 222-sonli xati bilan unga nisbatan yoshga doir pensiya tayinlash to’g’risidagi arizasini rad etish yuzasidan BTPJning mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarni qonunga xilof deb topish to’g’risidagi arizasi qanoatlantirilsin va BTPJning 2018-yil 15-maydagi 222-sonli xati haqiqiy emas deb topilsin.
Hal qiluv qaroridan norozi bo’lgan taraflar hal qiluv qarori qabul qilingan e’tiboran 1 oy ichida yuqori turuvchi sudga apellatsiya tartibida shikoyat, prokuror esa protest keltirishga haqlidirlar.
15-kazus. 15.2017 yil 26 oktabr kuni fuqaro F.Latipova maʼmuriy sudga Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining qaroridan norozi bo‘lib ariza bilan murojaat qildi. F.Latipovaning arizasida keltirilishicha, u ko‘p kvartirali uyda joylashgan turar joyini rekonstruksiya qilgan. So‘ng, Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limiga rekonstruksiya qilingan turar joyga nisbatan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazish uchun murojaat qilgan. Biroq, Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi F.Latipovaning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etgan. F.Latipovaning ishi sudda ko‘rib chiqilayotganidan boxabar bo‘lgan qo‘shnisi fuqaro V.Muxtorova suddan ishni ko‘rib chiqishda ishtirok etishini so‘rab murojjat qildi. Sudga uning xonadoni F.Latipovaning uy-joyidan tepa qavatda joylashgani, rekonstruksiya qilingan uy-joy texnik xavfsizlik qoidalariga mutlaqo javob bermasligi tufayli uning va oilasining hayoti xavf ostida qolayotganini maʼlum qildi hamda Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. F.Latipovaga tegishli ishni ko‘rib chiqayotgan sudya V.Muxtorovga maʼmuriy ishni ko‘rib chiqish nihoyasiga yetib qolgani, u sudga oldinroq murojaat qilishi kerakligini maʼlum qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering.
Javob O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu hodisa bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling. Ish mamuriy sudga taalluqli hisoblanadi, chunki Mamuriy sud ishlarini yuritish togrisidagi kodeksning 26-moddasida har bir shaxs ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ozining huquq va manfaatlariga putur yetkazadigan erkinginligiga tosqinlik qiladigan harakat yoki harakatsizlik ustidan mamuriy sudga arz qilishi mumkin. Bu muammoli holatda fuqaro Latipov ozining huquqlarini buzilgan deb hisoblab Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limining qaroridan norozi bolgan holda mamuriy sudga arz qilgan. Shuningdek O‘z. R. MSIYutK ning 27-moddasida “...mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi…” ishlarni korib chiqishi aytilgan. Biz korib chiqayotgan kazusda aynan 27-moddaning 2-bandida keltirilgan holat sodir bolayotganini korishimiz mumkin. Yani, bu yerda Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limini mamuriy organ deb hiosoblasak fuqaro Latipov ular chiqargan qaror Latipovning huquqlarini buzayapti deb hisoblab ma`muriy sudga arz qilgani huquqiy asosga ega. Tegishlilik jihatidan bu muammoli holat tumanlararo mamuriy sudga tegishli hisoblanadi. Chunki kodeksning 29-30-31- moddalarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar sanab otilgan va aniq belgilab qoyilgan va bu sanab otilgan ishlarga biz ko`rib chiqayotgan muammoli holat tegishli emas. Mamuriy sudda ishtirok etuvchi shaxslar royxati O‘z. R. MSIYutK ning 38-moddasida keltirilgan, ular - Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa shaxslar. Taraflar: Arizachi fuqaro Latipov. Chunki u o`z huquqlarini himoya qilish uchun sudga arz qilyapti. Javobgar Toshkent shahar Chilonzor tuman Yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi.
V.Muxtorava mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs