Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus



Download 117,16 Kb.
bet21/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

Qaror qiladi
Arizachi Fuqaro Muhammedovaning javobgar Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi xatti-harakatini qonunga xilof deb topish deb to’g’risidagi talabi qanoatlantirilsin.
Navoiy viloyati Navbahor tumani Maktabgacha taʼlim bo‘limi huzuridagi Davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga bolalarni qabul qilish bo‘yicha qabul komissiyasi xatti-harakatini qonunga xilof deb topilsin. Qabul komissiyasiga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-martdagi 244-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning Ma’muriy reglamentiga muvofiq qaror qabul qilish majburiyati yuklansin.
Arizachi tomonidan to’langan davlat boji va sud xarajatlari javobgar tomonidan qoplansin.
Hal qiluv qarori ustidan ushbu qaror chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida shu sud orqali ma’muriy sudga apellatsiya tartibida shikoyat berilishi yoki yoki protest keltirilishi mumkin.
17-kazus. Fuqaro B.ning pensiya chiqish to‘g‘risidagi arizasini Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining Shayxontohur tuman bo‘limi ko‘rib chiqib, 1979-1997 yillarda ishlagan davrlari uchun sug‘urta badallari ushlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmaganligi sababli bu yillardagi (18 yillik) ish staji inobatga olinmasligi to‘g‘risida 2018 yilning may oyida qaror chiqarib beradi. Bu davrda fuqaro B. ishlagan korxonalar allaqachon tugab ketgan bo‘lib, arxivda ham ularning hujjatlari yo‘q bo‘lib ketgan. Shu bois qarorda ko‘rsatilgan tavsiyaga ko‘ra ish stajimni tasdiqlab berishlarini so‘rab fuqarolik sudiga borsa, bu ishni biz ko‘rmaymiz deb arizani qabul qilishmadi. Ularning gapiga ishonib fuqaro B. maʼmuriy sudga ariza berdi. Maʼmuriy sud esa fuqarolik sudiga murojaat qilishni tushuntirib ajrim chiqarib berdi.
Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu ush bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.


Javob:
kazusdan avvalo savollarni aniqlashtirib oladigan bo’lsak, fuqaro B. hujjatlarni to’liq taqdim etmaganligi sababli ish stajini hisoblamasligi qanchalik asosli? Hujjatlarni yig’ishni fuqaro amalga oshirish lozimmi?
Ushbu vaziyat MSIYga oidmi? Sudga taalluqlilik va sudlovga tegishlilik masalalari qanday?

  1. “Davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi qonunning 42-moddasiga asosan, Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ish staji mana shu hujjat orqali Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi tomonidan hisoblanadi. shuningdek, ushbu 42-modda 2-bandiga ko’ra, 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi. Fuqaro 1979-1997-yillarda ishlagan bo’lsa, uning stajini qo’shimcha hujat so’ramasdan hisoblab chiqarish lozim edi. Shuningdek, 252-sonli VMQning 2-bobi aynan pensiya tayinlashga doirdir. Xususan unda aytiladiki, Ташкилот маъмурияти ҳар йили декабрь ойида шахсий варақчалар ва меҳнат дафтарчалари асосида кейинги йилда ҳам умумий, ҳам имтиёзли шартларда пенсия олиш ҳуқуқига эга бўладиган ходимлар рўйхатини тузади. Рўйхатда ходимнинг фамилияси, исми, отасининг исми; туғилган йили, ойи, куни, шунингдек ходим яшайдиган жой; таркибий бўлинманинг номи; лавозими (касби); пенсия тайинлаш учун мурожаат қилиш учун асослар; ҳужжатлар билан тасдиқланган умумий иш стажи; имтиёзли шартларда ёшга доир пенсия тайинлаш ҳуқуқини берувчи махсус иш стажи кўрсатилган бўлиши керак. 6. Кўрсатиб ўтилган рўйхатга киритилган ходимларга нисбатан ташкилот маъмурияти пенсия тайинлаш учун ҳужжатларни олдиндан тайёрлашга киришади. Зарур бўлганда ташкилот маъмурияти етишмаётган ҳужжатларни сўраб олиш чораларини кўриши керак. Ташкилот маъмурияти тўпланган барча ҳужжатлар асосида пенсия тайинлаш учун тақдимномани расмийлаштиради. 7. Ташкилот маъмурияти ходим пенсия ёшига етган кундан кечиктирмай унинг пенсия олиш ҳуқуқига эга бўлганлигини билдиришга мажбур, Агар ходимга пенсия тайинлаш рад этилган бўлса, бу ҳақда унга рад этиш сабаблари кўрсатилиб, ёзма равишда хабар берилади. Пенсия сўраб мурожаат қилган киши маъмурият қароридан норози бўлса, у пенсия тайинлаш тўғрисидаги аризани яшаш жойидаги Пенсия жамғармаси бўлимига бевосита бериши мумкин. Bizning vaziyatda qo’shimcha hujjat so’ralishi noqonuniy hamda agarda hujjat kerak bo’lsa, tashkilot barchasini o’zi so’rab olishi lozim edi. Fuqaro esa shikoyatini Pensiya jamg’armasi bo’limiga bevosita berishi mumkin. Sudga murojaat tartibi esa keyingi savolning javobi bilan dalillaymiz.

  2. MSIYga tegishli bo’lishi uchun bir tomonda fuqaro ikkinchi tomonda ma’muriy organ bo’lishi lozim. Ushbu vaziyatda bir tomonda fuqaro bor. Ikkinchi tomon esa ma’muriy organ negaki, Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi Moliya vazirligi huzurida bo’lib, Moliya vazirligiga bo’ysunadi. Organning faoliyati davlatning boshqaruv organi bo’lgan Vazirlar Mahkamasi qarorlari orqali tartibga solinishi buning dalili. Nizo predmeti esa pensiya tayinlash bo’yicha ma’muriy hujjat ya’ni qarordir. Ushbu qaror yuzasidan ikki o’rtada nizo kelib chiqqan. Bu shuning uchun ma’muriy sudga taallluqli nizo. MSIY Kodeksining 27-modda 2-qismidagi boshqaruvda ishtirok etuvchi boshqa organlarning harakatlari (harakatsizligi) qarorlari qismiga tushadi. Ma’muriy sud esa tegishli tartibda ishni ko’rishi lozim edi. Ochiqlik va shaffoflik bo’yicha plenum qarorida barcha ishlar ochiq-oydin va MSIY Kodeksining umumiy prinsiplariga mos bo’lishi lozimligi keltirilgan bo’lib, fuqarolar va yuridik shaxslarning shikoyatlari tegishlicha o’rganilishi lozim. Shuningdek, 15-sonli plenum qaroriga ko’ra, ma’muriy sudga shikoyat asoslarida ham aynan shunday deyilgan. Ya’ni ushbu holat kodeksdagi 27-modda 2-qismidagidek yozilgandir. Hamda bu ro’yxat kengaytirilmasligi aytilgan. Faqatgina 27-moddadagi ishlarni ma’muriy sud ko’radi.

Sudlovga tegishlilik bo’yicha bunday nizolar tumanlararo ma’muriy sudlarda ko’riladi. PQ 107ga ko’ra, sudning faol ishtiroki prinsipi ishlab chiqilgan bo’lib, vaziyatni to’g’ri va xolis baholash uchun harakatlarni amalga oshiradi. PF 6034da esa sudlarning yurisdiksiyasi belgilangan. Shu tartib asosida sudlar o’z faoliyatini amalga oshirishadi. MSIY Kodeksi 33-moddasiga ko’ra, Turli yerlarda joylashgan bir nechta javobgarga nisbatan ariza (shikoyat) arizachining tanlovi bo‘yicha javobgarlardan biri joylashgan erdagi sudga taqdim etiladi. Demak, ma’muriy organ joylashgan hudud yurisdiksiyasi bo’yicha ariza beriladi.
MSIY Kodeksining 40-moddasiga ko’ra, Arizachi va javobgar ma’muriy sud ishlarini yuritishdagi taraflardir. O‘zlarining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida talab taqdim etayotgan yoki manfaatlarini ko‘zlab talab taqdim etilgan fuqarolar va yuridik shaxslar arizachilardir. Ariza (shikoyat) talabi qaratilgan ma’muriy organlar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ularning mansabdor shaxslari javobgarlardir. Taraflar teng protsessual huquqlardan foydalanadi. Fuqaro arizachi hisoblanadi. Jamg’arma esa javobgar hisoblanib teng protsessal huquqlari mavjud. Ish yuritishda “Ma’muriy tartib-taomillar” Qonunining prinsiplari va moddalariga asosan, taraflarni xabardor qilib, dalillarni taqdim etishga imkoniyat yaratgan holatda, yetishmovchiliklarni to’g’irlashga imkon bergan holatda amalga oshirish lozim. MSIY Kodeksining 4-moddasiga asosan, Har qanday manfaatdor shaxs o‘zining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun ma’muriy sudga (sudga) murojaat qilishga haqli. 5-moddasiga ko’ra, Sudga murojaat qilish: fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi ma’muriy ishlar bo‘yicha, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda — ariza (shikoyat) va iltimosnoma shaklida amalga oshiriladi. Kodeksning 8-16-modda prinsiplari asosida umumiy ish olib broiladi. Ushbu vaziyat ma’muriy sudga tegishliligi uchun sud rad qilish bo’yicha ajrim chiqara olmaydi. Kodeksning 65-91-moddalarida keltirilgandek dalillar o’rganilib hal qiluv qarori qabul qilinishi lozim edi. Asoslantiruvchi qism:
Fuqaro B. sudga ish stajini tasdiqlab pensiya tayinlanishini so’rab sudga murojaat qilgan.
Budjetdan tashqari pensiya jamg’armasi 252-sonli VMQga asosan, o’ziga biriktirilgan vazifani bajarmasdan stajni hisoblashni hujjat yetishmasligi sabab rad etgan. Vaziyat o’rganib chiqilib, “Davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonun va 252-sonli VMQga asosan jamg’armaning harakatlari noqonuniy deb baholangan.
Ma’muriy sud ajrim emas, aksincha MSIY Kodeksining 154-158-moddalariga asosan qaror qiladi:
Jamg’arma zimmasiga hujjatlarni to’plash vazifasi yuklatilsin.
Pensiya miqdorini o’z vaqtida hisoblab to’lash boshlansin.
Sud xarajatlarini javobgar tomon zimmasiga yuklansin.
Fuqaro B.ning arizasi qanoatlantirilsin.
Ayni mana shu mazmunda yozilishi lozim edi hal qiluv qarori. (P.S. asoslantiruvchi va qarorni oldin yozganimiz uchun mazmun asosini yozdim. Kodeks bo’yicha dalillar, dastlabki himoya choralari va appellatsiya boblari va moddalarini yozib istalgancha kengaytirish mumkin.)



  1. Download 117,16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish