Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus


-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi



Download 117,16 Kb.
bet29/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

193-modda. Iltimosnomaning sud tomonidan ko‘rib chiqilishi
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma taqdim etilgan paytdan e’tiboran 24 soat ichida sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
O‘ziga nisbatan reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs va ichki ishlar organining vakili sud majlisida ishtirok etishi shart. Sud majlisida advokat ishtirok etishi mumkin.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish ichki ishlar organi vakilining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish zarurligi va joylashtirish muddati asoslab beriladigan ma’ruzasi bilan boshlanadi. So‘ngra o‘ziga nisbatan iltimosnoma ko‘rib chiqilayotgan shaxs, agar sud majlisida ishtirok etayotgan bo‘lsa, advokat, sudga kelgan boshqa shaxslar eshitiladi, taqdim etilgan materiallar tekshiriladi.
Qaror sudya tomonidan alohida xonada chiqariladi.
Iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha sud quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:
iltimosnomani qanoatlantirish va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risida;
iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida.
Iltimosnomani qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risidagi qaror u o‘qib eshittirilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi va darhol ijro etilishi lozim.
Qaror ijro etish uchun darhol ichki ishlar organi vakiliga, agar sud majlisida ishtirok etgan bo‘lsa, advokatga va o‘ziga nisbatan qaror chiqarilgan shaxsga topshiriladi.
Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha chiqarilgan qaror ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran uch kun ichida apellatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Davlat boji to’g’risidagi qonunning 10-moddasi 13-qismi
13) taraflar — muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish haqidagi ishlar yuzasidan Ma’muriy sudlarda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinishi kerak hisoblanadi. Demak bu yerda sudning chiqargan qarori asossiz. Ya’ni bu yerda reabilitatsiya markaziga joylashtirish masalasi yuzasidan ish ko’rilgani uchun davlat bojini to’lashni talab qilish noo’rin hisoblanadi.

28-kazus. Arizachi "Nodir" MCHJ ma'muriy sudga ariza bilan murojaat qilib, Chust tuman hokimining 2020-yil 20-dekabrdagi 983-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni so`ragan. Namangan tumanlararo ma'muriy sudining 2021-yil 18-yanvardagi hal qiluv qarori bilan arz qilingan talab qanoatlantirilgan. Viloyat ma'muriy sudining 2021-yil 21-dekabrdagi qarori bilan birinchi instansiya sudining haql qiluv qarori bekor qilinib, arizani qanoatlantirish haqida yangi qaror qabul qilingan. Shu sababli arizachi apellatsiya instansiyasi sudining qaroridan norozi bo`lib, sud qarorini bekor qilish va arz qilingan talabni qanoatlantirish to`g`risida kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan. Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shokoyatini qaytarish to`g`risida ajrim chiqargan. Unga asos qilib esa, arizachi tomonidan sud hujjatining qaysi qonun hujjatlariga zid ekanligini tasdiqlovchi asoslarni keltirmaganligini keltirgan.


Sudning harakatlariga baho bering. 

arizachi - Nodir MCHJ


javobgar - Chust tuman hokimi
nizo predmeti - hokim qarori
ariza asosi - hokim qarorini bekor qilish
201-moddaga ko’ra tumanlararo sud tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarori ustidan QR, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari appelatsiya tartibida ko’rib chiqishi mumkin.
224-modda kassatsiya shikoyati berish huquqi mavjud.
Bunda, OIiy Sudning ma’muriy ishlar bo’yicha hay’ati tomonidan ko’rib chiqiladi.
228-moddada kassatsiya shikoyatini shakli va mazmuniga qo’yilgan talablar keltirilgan. Shunda, 5-bandiga ko’ra, shikoyatda shikoyat berayotgan shaxsning talablari va shaxs qonunlarga va boshqa hujjatlariga ish holatlariga hamda, dalillarga havola qilingan holda sud hujjatini noto’g’ri deb hisoblash uchun asoslar keltirilgan bo’lishi lozim.
234-moddada arizani qaytarish asosi sifatida, agar ariza 228 moddaning 1-5 bandlaridagi talablarga javob bermasa qaytarilishi keltirilgan.
Sud tomonidan arizani qaytarish to’g’risida ajrim chiqariladi. Kamchilik bartaraf etilgach, yangidan yana murojaat qilish huquqiga ega.
sud tomonidan to’g’ri yo’l tutilgan.

(qisqa yozdim faqat javob chiqadian qilib, moddalarni mazmunini uzunroq qilib asos keltirib yozsa ancha bo’ladi)


29.Arizachi "Fayz" fermer xo`jaligi rahbari Fayziyev ma'muriy sudga shikoyat qilib, Muborak tuman hokimining 2021-yil 15-martdagi 234-son qarorini haqiqiy emas deb topishni hamda tuman Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali mansabdor shaxslari xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topishni so`ragan. Arizaning mazmunidan aniq bo`lishicha, "Fayoz" fermer xo`jaligining 39 gektar yer maydini hokimning 234-sonli qarori bilan zaxira yeri sifatida olib qo`yilgan edi, shu bilan birga mazkur tuman hokimi tomonidan Fayziyevga 2019-yil 14-martda yakka tartibdagi xususiy uy-joy qurish uchun ajratib berilgan 0.08 gektar yer maydoniga kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berilmayotganligidan norozizlik bildirib sudga murojaat qilgan.


Arizachining talablarini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan. Bu ajrimdan norizi bo`lib, tuman hokimligi apellatsiya shikoyati bilan yuqori turivchi sudga murojaat qildi.
Sudning harakatlariga baho bering.
Berilgan vaziyat bo'yicha arizachi- fermer xo'jaligi rahbari Fayziyev,
javobgar- tuman hokimi hamda tuman Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali mansabdor shaxslari,
talab predmeti-tuman hokimining 2021-yil 15-martdagi 234-son qarori hamda Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali mansabdor shaxslarining harakatsizligi ya'ni kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berilmayotganligi.
talab asosi- ushbu qarorni haqiqiy emas deb topish hamda mansabdor shaxslari xatti-harakatlarini g`ayriqonuniy deb topish.
Avvalo, bu ishning ma’muriy sud ish yurituviga tegishlilik va taalluqlilik masalalariga to’xtalsak maqsadga muvofiq bo’lar edi. MSIYutK 27-moddaning 2-bandiga asosan: 2) mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma'muriy sudlar tomonidan ko'riladi. Bu yerda ham tuman hokimi bevosita mahalliy davlat hokimiyati organining mansabdor shaxsi sifatida namoyon bo'ladi.
Ikkinchi talab ham mazkur moddaning 5-bandi asosida: davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish yoxud belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan bo‘yin tovlash ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ham bevosita ma'muriy sud ish yurituviga tegishli bo'ladi.Ya'ni tuman Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali asossiz ravishda davlat ro'yxatidan o'tkazishni rasmiylashtirmayotganligi ayni shu normaga mos tushadi.
Tegishliligi bo’yicha Kodeksning 28 va 32-moddalarida berilgan qoidalarga amal qilgan holda qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy organ joylashgan yer yoxud mansabdor shaxsning ish joyi bo‘yicha sudga taqdim etiladi
Ushbu holatda ko'rinib turibdiki, arizachi ikkita bir-birga bog'liq bo'lmagan talab bilan sudga murojaat qilmoqda. Bunda sud MSIYutKning 138-moddasini qo'llagan holda ularni alohida ish yuritishga ajratishi maqsadga muvofiq bo'lar edi. 138-moddaga ko'ra agar sud talablarni ajratib ko‘rishni maqsadga muvofiq deb topsa, u bir yoki bir nechta birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratishga ishni ko‘rish yakuni bo‘yicha sud hujjati qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda yo‘l qo‘yiladi.Talablarning bir qismini alohida ish yuritishga ajratish to‘g‘risida ajrim chiqariladi.Ajratilgan talab bo‘yicha ish ko‘rish muddati ajrim chiqarilgan kundan boshlab hisoblanadi.

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish