Birinchi talab bo'yicha sud ish yurituvini MSIYutK 23-bob qoidalarini qo'llagan holda amalga oshirishi maqsadga muvofuq bo'ladi. Ushbu bob 189-moddasiga ko'ra sud holatni o'rganib chiqib talabni qanoatlantirishi yoki qanoatlantirishni rad etish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Bizga berilgan kazusda sud arizachining talablarini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori chiqarilgan.Tuman hokimi es bundan norozi bo'lib apellaysiya instansiyasiga murojaat qilgan.
Aniqlashimiz kerak bo'lgan savol shundan iborat: tuman hokimi fermer xo'jaligiga tegishli yerni zaxira yeri sifatida olib qo'yishi huquqiy asosga egami?
Sud ushbu ishni ko`rishda 188-moddaga ko'ra shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.
Yer kodeksining 78-moddasiga asosan Kodeks 8-moddasining 1-7-bandlarida ko‘rsatilgan yer fondi toifalariga kiritilmagan hamda yuridik va jismoniy shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan (realizatsiya qilinmagan) barcha yerlar zaxira yerlardir. Ya'ni zaxira yeri shaxslarga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berilmagan bo'lishi kerak. Hokim olib qo'ygan yerlar esa "Fayz" fermer xo`jaligiga tegishli yerlar hisoblanadi. Bundan tashqari kodeks 6-moddasida tuman hokimining vakolatlari sanab o'tilgan bo'lib,hokim tomonidan yerlarni zaxira yeri sifatida olib qo'yilishi mutlaqo noqonuniy xatti-harakat hisoblanadi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, hokim chiqargan qaror qonunchilikka zid va Fayz fermer xo'jaligining huquq va manfaatlarini zarar yetkazyapti bunda sudning MSIYutK 189-modda 2-qismi asosida hokim qarorini haqiqiy emas deb topish to'g'risida hal qiluv qarori chiqarishi huquqiy jihatdan yetarlicha asoslantirilgan.
Endi ikkinchi talab haqida fikr yuritadigan bo'lsak, Yer resurslari va davlat kadastri Muborak tuman filiali mansabdor shaxslarining harakatsizligi ya'ni 2019-yil 14-martda yakka tartibdagi xususiy uy-joy qurish uchun ajratib berilgan 0.08 gektar yer maydoniga kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berilmayotganligi qonuniymi?
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2018 yildagi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan «Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom ushbu sohani tartibga solishga qaratilgan asosiy normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi. Uning 15-bandida ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish uchun asoslar keltirilgan bo'lib, bulardan birontasi kazusda keltirilmagan. Shuningdek mazkur bandning 2-qismiga ko'ra ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bundan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, kadastr mansabdor shaxslarining davlat ro'yxatidan o'tkazishdan bo'yin tovlashi g'ayriqonuniy hisoblanadi.
Bu holatda ham sud Fayziyevning buzilgan huquqlarini tiklab berishi kerak.
30. Arizachi Nig'matov ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilgan. Arizaga ko‘ra, javobgar tuman hokimi tomonidan chiqarilgan 2020-yil 19-oktabrdagi yerni davlat zaxirasiga qaytarish to‘g‘risidagi qarorini haqiqiy emas deb topish va yerni zaxiraga olib qo‘yish natijasida yetkazilgan zararni undirish so‘ralgan. Ariza bo‘yicha ish sudda ko‘rib chiqilayotgan paytda sudya tomonidan arizada ikkita talab berilganligi hamda bu talablar bo‘yicha nizolar ikkita boshqa-boshqa sudga taalluqli ekanligini aniqladi.
Ushbu vaziyatda sudya tomonidan Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksning 108-moddasiga asoslanib, sudga taalluqli bo‘lmagan nizo asosi bilan ish yuritishni tugatish haqida ajrim chiqardi. Bundan norozi bo‘lgan arizachi apellatsiya shikoyati bilan yuqori sudga murojaat qildi.
Sudning harakatlariga baho bering.
Javob:
42-moddaga ko’ra, taraflar: arizachi – fuqaro Nig’matov, javobgar – tuman hokimi, nizo predmeti – qaror, arizaning asosi – qarorni haqiqiy emas deb topish va yetkazilgan zararni undirish.
Kodeksning 27-moddasi 2-bandiga ko’ra: mahalliy davlat hokimiyati organlarining, davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning (bundan buyon matnda ma’muriy organlar deb yuritiladi), fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishlar ma’muriy sudga taalluqli ishlar hisoblanadi. hamda 28-moddaga asosan tumanlararo ma’muriy sudning sudloviga tegishlidir.
Berilgan kazusga ko’ra, ish birinchi instansiya sudida 128-moddaning 1-bandi va 184-modda 3-qismi asosida huquqlari buzilgan manfaatdor shaxsning arizasi bilan qo’zg’atilgan, 132-modda bo’yicha ariza ish yuritishga qabul qilingan, shu bilan ish yuritish boshlangan va sudya arizachining talablari boshqa-boshqa sudga taalluqliligini keyinchalik bilib 108-modda bilan ish yuritishni tugatish haqida ajrib qabul qilgan. Vaxolanki, aslida ariza manfaatdor shaxs tomonidan ma’muriy sudga kelib tushganidan so’ng 5 kundan kechiktirmay sudya yakka tartibda 131-moddaga asosan arizani ish yuritishga qabul qilish, rad qilish yoki qaytarish haqidagi masalani hal qilishi kerak. Xuddi shunday, 134-moddaning 2-bandida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan bo‘lib, ularning ayrimlari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa, sudya arizani qaytarish to’g’risida ajrib qabul qilishi kerak edi. Va keyinchalik arizachi kamchiliklarni bartaraf etib arizani umumiy tartibda sudga topshirishi mumkin hisoblanardi. Lekin sudya arizani ish yurituviga qabul qilgan va ish sudda ko’rilayotgan paytda sudya tomonidan talablar o’zaro bog’liqmasligi va ayrimi boshqa sudga taalluqliligini aniqlab, 108-modda bilan ma’muriy sudga taalluqli bo’lmagan nizo sifatida ish yuritishni tugatish haqida ajrim qabul qilgan.
Ushbu vaziyatda, “Ma’muriy ishlarni ko’rishda birinchi instansiya sudi tomonidan protsessual qonun normalarini qo’llashning ayrim masalalari to’g’risida”gi 15-sonli Oliy sud plenumi qarorining 7-bandida: Ўзаро боғлиқ бўлиб, баъзилари маъмурий судга, бошқалари эса фуқаролик ишлари бўйича судга ёхуд иқтисодий судга тааллуқли бўлган бир нечта талабни бирлаштиришга йўл қўйилмайди. Бундай ҳолларда ариза (шикоят) МСИЮтК 134-моддаси биринчи қисмининг 2- бандига мувофиқ қайтарилиши, агар иш юритишга қабул қилинган бўлса, талабнинг маъмурий судга тегишли бўлмаган қисми бўйича иш юритиш тугатилиши лозим (МСИЮтК 108-моддасининг 1-банди), deb belgilangan.
Demak, sud arizachining talabida keltirilgan tuman hokimining chiqargan qarorini haqiqiy emas deb topish talabi 27-modda 2-bandi bilan ma’muriy sudga yaalluqli ish hisoblangani bois uni 108-modda bilan ish yuritishni tugatish to’g’risida ajrim chiqarib tugata olmaydi. Lekin, yetkazilgan zararni undirish fuqarolik sudiga taalluqli nizo bo’lganligi sababli 108-modda 1-qism 1-bandi: ish ma’muriy sudga taalluqli bo’lmasa, degan asosi bilan ish yuritishni tugatishi mumkin hisoblanar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |