Ma’muriy yakuniy nazorat javoblar 1-Kazus



Download 117,16 Kb.
bet22/50
Sana22.06.2022
Hajmi117,16 Kb.
#690912
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
Ma\'muriy YN-javoblar

18-kazus. 2017 yil 18 avgust kuni fuqaro A.Jasurov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Andijon viloyati maʼmuriy sudiga murojaat qildi.Arizada keltirilishicha, davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasiga A.Jasurov Andijon viloyati Asaka tumani Tibbiyot birlashmasi balansida bo‘lgan I.Buxoriy ko‘chasida joylashgan hamda avval 4-sonli tez tibbiy yordam va terapiya bo‘limi joylashgan binoni sotib olish uchun ochiq auksionda ishtirok etish maqsadida murojaat qilgan. Biroq, A.Jasurovga bunday auksionda ishtirok etish rad etilgan. Bunga sabab sifatida pasportning yashash joyi aks etgan sahifasining nusxasining taqdim etilmagani ko‘rsatilgan.Suddan A.Jasurov O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasining xatti-harakatlarini qonunga zid deb topib, hududiy boshqarma zimmasiga A.Jasurovning hujjatlarini qabul qilib olishi va ochiq auksionda ishtirok etish imkoniyatini berish majburiyatini yuklashni so‘radi. Bundan tashqari, maʼmuriy ish sudda hal etilgunga qadar davlat qo‘mitasining hududiy boshqarmasi tomonidan Andijon viloyati Asaka tumani Tibbiyot birlashmasi balansida bo‘lgan I.Buxoriy ko‘chasida joylashgan hamda avval 4-sonli tez tibbiy yordam va terapiya bo‘limi joylashgan binoni kimoshdi savdosida sotishni taʼqiqlashni so‘radi. Sud A.Jasurovning bunday iltimosini rad etdi. Bunga javoban A.Jasurov sud ajrimi ustidan apellyasiya tartibida yuqori turuvchi sudga murojaat qildi.

Vaziyatga huquqiy baho bering. O‘z. R. MSIYutK tegishli moddalari va boshqa qonun hujjatlaridan foydalangan holda javobingizni asoslang. Ushbu ush bo‘yicha sud hujjatining asoslantiruvchi va qaror qismini bayon qiling.

Javob
Kasuzdan quyidagi muammoli vaziyatlarni ajratib ko’rsatish mumkin.

  1. Sudga taaluqlilik va suga tegishlilik masalalari va fuqaroning shikoyatini viloyat ma’muriy sudiga berishi qonun hujjatlariga to’g’ri keladimi.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining Andijon viloyati hududiy boshqarmasining xatti-harakatlari qonuniymi.

  3. Ish yuritiahga oid protseduralar to’g’ri olib borilganmi?

O’z. Res. MSIY to’g’risidagi kodeksining
26-moddasi Sudga taalluqli ishlar haqida bo’lib, unga ko’ra ma’muriy sudga fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish to‘g‘risidagi, ma’muriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar taalluqlidir, bundan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga, iqtisodiy sudlarga va harbiy sudlarga taalluqli ishlar mustasno.
Yuqoridagi vqziyatga asosan bir taraf O’Z. RES. X.KOR. KÕMAKALSHISH VA R.R dav. Qo’mitasi davlat organi va ikkinchi taraf esa fuqaro bb, ma’muriy va ommaviy huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan munisabatlar yuzasidan o’z huquqlarining buzulgan deb hisoblayotgan fuqaro ma’muriy sudga murojaat qilgan.
O’z. Res. MSIY kodeksining 28-moddasida Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan ko‘rilishi, bundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasnoligi haqida yozilgan.
29-modda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari sudloviga tegishli ishlar
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan bog‘liq ishlarni ko‘radi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qo‘yishga va uni birinchi instansiya bo‘yicha o‘zining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga o‘tkazishga haqli.
Yuqoridgi kazusda fuqaro nizo yuzasidan o’z arizasini Andijon viloyati ma’muriy sudiga berishi berishi un bu nizo davlat siri bilan bog’liq bo’lishi, yoki investitsiya va raqobatga oid ishlar bo’yicha yuzaga kelgan bo’lishi lozim edi. Demak fuqaro sudlovga tegishlilik to’g’risidagi MSIY kodeksining 2-bobi tegishli moddalarini buzib murojaat etgan. Ya’ni fuqaro Asaka tumani tumanlararo ma’muriy sudiga murojaat qilishi lozim edi.

Download 117,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish