Mikrodunyoga
atom mikiyosidan
kichik ulchovli tuzilmalar kiradi.
Makrodunyo
– ko‘zga ko‘rinadigan
jismlar,
megadunyo
– samoviy jismlardir.
Tashkiliy struktura darajalariga kura materiyani anorganik, organik
materiya va jamiyatga ajratamiz. Anorganik materiyada kimyoviy va
fizikaviy aloqadorliklar xukmronlik qiladi, shu tufayli jonsiz tabiatdagi
qonuniyatlar shu fanlar doirasida cheklangan bo‘lib, bu materiya
nisbatan sust va tashkiliy uyushganligi jixatdan quyi darajada, faolligi
kuchsiz bo‘ladi. Jonli tabiatda biologik aloqadorliklar ham
qatnashganligi sababli uning uyushganlik darajasi yuqoriroq, faolroq
va tuzilishi murakkabroq bo‘ladi. Jamiyatda materiya o‘ta
uyushganligi, nisbiy mustaqilligi va oliy darajadagi faolligini namoyon
qiladi.Materiyani tashkil etuvchi turli elementlar va turli jismlar
o’rtasidagi aloqadorlik hamda ularda yuz beruvchi o‘zgarishlar
xarakatni keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |