Ma’mur qahhorov


Falsafadagi an’anaviy metodlarga avvalo dialektika va



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

Falsafadagi an’anaviy metodlarga avvalo dialektika va 
metafizikani kiritamiz
.
Dialektika
(yunon. «baxslashmoq», 
«suxbatlashmoq» degani) borliqdagi narsa-xodisalar yalpi
aloqadorlikda, doimiy o‘zgarishda, rivojlanishda, o‘zaro ziddiyatli 


birlikda, deb talqin etadi. Qadimgi yunon falsafasida dialektika 
dastlab bahs-munozara yuritish san’ati deb ta’riflangan, keyinchalik 
Geraklit, Milet falsafiy maktabi vakillari, pifagorchilar dunyo haqidagi 
eng umumiy va teran fikrlarni «dialektik fikr» deb baholay 
boshlaganlar. Chunonchi, Efeslik Geraklitning: «Hamma narsa 
o‘zgarishda, oqib turadi», «Oqar suvga ikki bor tushib bo‘lmaydi», 
«Kurash – borliqning otasi va mavjudotning xukmdori», Pifagorning 
«Haqiqat dengiz tubida», «Inson – hamma narsaning me’yori» kabi 
fikrlari dialektik, ya’ni chukur falsafiy fikrlar hisoblangan.
Dialektik tafakkur uslubining ijodkori deb Aristotel mashxur 
aporiyalari, ya’ni falsafiy-mantiqiy rivoyatlari bilan nom qozongan, 
aporiyalarda borliq va inson fikrining ziddiyatli ekanligini yorqin 
ifodalay olgan qadimgi yunon faylasufi Zenonni kursatgan.
Aristotelning o‘zi dialektikani ehtimoliy fikrlar to‘g‘risidagi mantiqiy 
ta’limot bo‘lmish «analitika»ning muqobili deb tushungan. Boshqa bir 
buyuk yunon mutufakkiri Platon haqiqiy borliqni («g‘oyalar olami»ni) 
o‘zgarmas va aynan birday deb talqin etsa-da, dialektik tafakkur 
fikrlash san’atining chuqqisi sifatida hammaga emas, balki faqat 
tanlangan zotlargagina berilgan, deb hisoblagan. «Sofist» va 
«Parmenid» nomli dialoglarida u: «Mavjudotning oliy jinslari faqat 
shunday tarzda fikr qilishlari mumkinki, ulardan har biri mavjuddur va 
mavjud emasdir, o‘ziga o‘zi tengdir va teng emasdir, o‘ziga aynan 
o‘xshashdir va uzga holatga o‘tib turuvchidir. Borliq ziddiyatli: u bitta 
va ko‘p, abadiy va o‘tkinchi» deb yozgan va bu bilan dialektik 
fikrlash uslubini ulug‘lagan edi. 
Dialektika sharq, jumladan, IX-XII asrlar Markaziy Osiyo falsafasida 
ham muhim o‘rin tutgan. Professor O.F.Fayzullayevning yozishicha, 
«dialektika» terminini sharq falsafasida ilk marta «jadl», «jadliy», «jadal» 
tarzida vatandoshimiz Abu Nasr Forobiy qo’llagan. U borliq xodisalari 
o‘zaro ta’sir natijasida yuz beradi, o‘zgarishsiz narsa yo‘q, borliq va 
fikr ziddiyatlidir, degan. «Oniy va boqiy», «botiniy va zohiriy» kabi 
tasavvufga xos, «xalol va xarom», «jannat va do‘zax» singari islomiy 
tushunchalarda ham dialektika o‘ziga xos namoyon bo‘ladi.
Evropa uyg‘onish davrida Nikolay Kuzanskiy va Jordano Bruno 
«qarama – qarshiliklarning mos kelishi», yangi davrda Rene Dekart va 
Borux Spinoza «o‘zini-o‘zi shartlab yuz beruvchi xarakat», XVIII asrda 
Immaniuil Kant fizik va kosmogonik tabiatdagi rivojlanishning yuz 
berishi xaqida dialektik g‘oyalarni ilgari surdilar. Buyuk nemis 
mutafakkiri G.-V.-F. Gegel birinchi bo‘lib «tabiiy, tarixiy va ruhiy olam 
jarayondan iborat, ya’ni borliq bu – uzluksiz xarakat, o‘zgarish, bir 
holatdan boshqasiga o‘tish va rivojlanishdir, bu xarakat va o‘zgarish 
ich-ichidan o‘zaro aloqadordir» degan fikrni falsafiy-mantiqiy 


jixatdan asoslab bergan edi. Gegelning «hamma narsa o‘z inkoriga 
keladigan zaruriyat» degan g‘oyasi ham chuqur dialektik fikrdan 
iborat.
Dialektik metod tabiat va jamiyatni tushunishga ham, bilish 
nazariyasi va amaliyotga ham, materializm va idealizm ta’limotlariga 
ham birday tatbiq etilishi mumkin. Ana shunday keng qamrovli 
dialektik tafakkur uslubi nuqtai nazaridan, ziddiyatlar turli-tuman, ko‘p 
qirrali va ko‘p qutbli (polipolyar) deb tushunilishi lozim. Ilgari 
ziddiyatlarni xal etish uchun kuch ishlatish, tazyiq o‘tkazish asosiy 
vosita deb qaralgan bo‘lsa, endilikda, yangicha tafakkur nuqtai 
nazaridan ziddiyatlar tinch yo‘l bilan, murosai-madora usuli bilan 
ularning tutash nuqtalari topilib, o‘zaro kelishtirilib bartaraf etiladi.
Shunga muvofiq, «tarixni mojarolar va adovat emas, balki xalqlar 
o‘rtasidagi hamkorlik va ishonch olg‘a xarakatlantiradi» (Karimov I.A. 
O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik 
shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – Toshkent, 1997, 323-bet) degan 
fikr g‘oyatda chuqur dialektik mazmun kasb etadi. Muhimi – mavjud 
ixtiloflar murosasiz sotsial ziddiyatlarga – antagonizmlarga aylanib 
ketmasidan ularni hal qilishdan iborat. Shu bilan birga kishilar, 
guruhlar, sinflar, turli davlatlar o‘rtasida adovatga olib bormaydigan 
«muayyan, noantagonistik ziddiyatlarning mavjudligi yangi mustaqil 
davlatlarning qaror topishi davri uchun real hodisadir»(O‘sha joyda, 
75-bet). Shunday qilib, shuro tuzumi hammaning tafakkur uslubi bir 
qolipda bo‘lishini talab qilgan bo’lsa, endilikda – mustaqillik davrida 
fikrlar xilma-xilligi va erkinligi sharoitida bu mutlaqo o‘rinsiz va asossiz 
talabdir.
Yangi sharoitda olamdagi yalpi universal aloqadorlik va taraqqiyot 
tamoyillarini o‘z ichiga olgan, ularning murakkab tabiatini o‘zaro 
bog’liqlikda teran tushuntirib berishga qodir dialektik metodga 
ehtiyoj yanada oshib bormoqda. Mustaqillik davrida dialektik fikrlash 
uslubi anglab olingan zaruriyat tarzida «qayta tug’ilmoqda».
Dialektika mustaqil O‘zbekistonni bir butun, yaxlit ijtimoy tizim sifatida 
idrok etish, atroflicha islox qilish, mustaqillikni mustahkamlash, yangi 
taraqqiyot modelini asoslash hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga 
yo‘l ochishda o‘zining xayotiyligi va ta’sirchanligini isbotlamoqda.
III. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish