Ma’mur qahhorov



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

Biz kelib ketguvchi to

garak jahon, 
Na boshi ma’lumu na so

ngi ayon. 
Xech kimsa rostini aytib berolmas: 
Biz qaydan keldigu – keturmiz qayon?! 
Fan ham bu masalani chetlab o‘tolmagan. Ingliz olimi I. Nyuton, 
so‘ngra XVIII-XIX asr tabiatshunoslari fazo va vaqt bir-biridan va 
materiyadan mustaqil mavjud, degan xulosaga kelganlar. XX asr 
boshlarida «fizik idealizm» oqimi ham shunga o‘xshash xulosalar bilan 
fazo va vaqtning ob’ektiv mavjudligini inkor etgan. XX asr boshlariga 
kelib fanning fazo va vaqt to‘g‘risidagi ma’lumotlari va bundan kelib 
chiquvchi falsafiy xulosalar o‘zgardi. A. Eynshteynning nisbiylik 
nazariyasi fazo va vaqt birligini, vaqt oqimi va jismlar ko‘lami xarakat 
tezligiga, makon xossalari jismlarning fizikaviy tabiatiga, fizivaviy-
kimyoviy xossalari atomlarning makonda joylashuviga bog‘liqligini 
tabiiy-ilmiy asosda isbotladi.
Xozirgi zamon tabiiyot fanlari fazo va vaqtni topologik va metrik 
xususiyatlarga ega deb xisoblaydi. Metrik xususiyatlari – bu miqdoriy 
jixatdan 
o‘lchanadigan, 
ko‘zga 
tashlanadigan 
va 
nisbiy 
xususiyatlardir. Bu qatorga ko‘lam, bir jinslilik, izotroplik (antiizotroplik) 
xususiyatlari kiradi. Topologik xususiyatlar esa borliqning tub sifatiy 
jixatlarini bildiradi. Bular qatoriga kompaktlik, bog‘langanlik, 
o‘lchamlilik, tartiblashganlik kabilar kiradi. Vaqtning topologik 
xususiyatlari – orqaga qaytmasllik, bir o‘lchamlilik kabilardir.Shunday 
qilib, borliq, sodda materialistlar faraz qilganidek, bo‘shliqda yoki 
qutiga o‘xshash to‘rt tomonli makonda emas, fazo va vaqtda 
mavjuddir. Fazo va vaqtning xossalari esa moddiy tizimlarning 
tabiatidan kelib chiqadi. Moddiy ob’ektlarning uch o‘lchovi: bo‘yi, 
eni va balandligi bor. Shunga ko‘ra, har bir ob’ektning ko‘lamini 
aniqlash mumkin. Biroq narsa-xodisalar,jarayonlarning ja’mi bo’lmish 
borliqning na boshi, na oxiri yo‘q. Sunggi vaqtda fanda «ko‘p 
o‘lchamli makon», «ko‘p qutbli koinot» tushunchalari paydo bo’ldi. 
Vaqt bir yo‘nalishi – o‘tmishdan kelajakka qarab «oqadi». «Vaqt 
orom nimaligini bilmaydigan nixoyasiz xarakatdir,-degan edi 
L.N.Tolstoy. - u hamma narsaga o‘z ta’sirini o‘tkazadi». «Yillarning 


poyonsiz xalqasi nomni ham, qiyofani ham, fe’li-atvorni ham, xatto 
taqdirni ham o‘zgartira oladi», degan edi Platon. 
Vaqtning yana bir fundametnal xususiyati uning orqaga 
qaytmasligidir. Vaqtdan oqilona foydalanish uning qimmatini 
oshiradi. Vaqtini bilib qilingan ish – vaqtni avaylash demakdir, 
vaqtida qilinmagan ish esa behuda qilingan ishdir. «Inson boshiga 
tushishi mumkin bo’lgan eng og‘ir yo‘qotish, - degan edi qadimgi 
yunon faylasufi Teofrast, - vaqtni boy berishdir». Agar aql bilan 
tasarruf qilinsa, hamma narsaga vaqt topiladi. O‘z ixtiyoridagi 
vaqtdan oqilona foydalana olmaydigan kishi vaqt etishmasligidan 
noliydi. Ayniqsa, ilm va hunar egallash pallasi – yoshlikda boy 
berilgan vaqt keyin afsus va nadomatlarga sabab bo‘ladi. Zero 
alloma shoir Firdavsiy ogoh etganidek: 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish