Ma’mur qahhorov



Download 0,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/143
Sana11.02.2022
Hajmi0,8 Mb.
#444229
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143
Bog'liq
Ma’mur qahhorov

Substantsiya”
(lotincha, tarjimada «moxiyat») narsalarning 
moxiyatini ifodalovchi tushuncha. Substantsiya deganda falsafada 
qadimda barsa narsa va xodisalarning asosini tashkil etuvchi moddiy 
yoki ruxiy birlamchi narsa tushunilgan. Mazkur kitobning 2-va 3- 
mavzularida ko‘rib utilganidek, qadimga davr materialistlari suvni, 
xavoni, olovni, atomlarni, ya’ni moddalarning biror turini substantsiya 
deb tushunganlar. O‘rta asr sharq falsafasi namoyondalari al-Kindiy, 
ar-Roziy, Forobiy, Ibn-Sino, Ibn-Rushd o‘z falsafiy qarashlarida 
substantsiya hamma narsaning moddiy asosi, ularning moxiyati deb 
qaraganlar. 
Yuqorida ko‘rib o‘tilganidek, boshqa bir gurux faylasuflar 
substantsiya deganda butun mavjudlikning asosi bo‘lgan mutloq 
g‘oyani, ruxni, yoki sub’ekt ongi va shu kabilarni tushunishadi. 
Masalan, qadimgi yunon mutafakkirlaridan Pifagor raqamlarni, 
Platon g‘oyani substantsiya deb biladi. Gegel esa mutloq g‘oyani 
substantsiya deb qarab, uni narsalarning muhim, o‘zgaruvchan, 
rivojlanuvchan tomonlari yaxlitligi deb ta’riflaydi. Faylasuflarning 
yagona asos to‘g‘risidagi qarashlari 
monizm
deb ataladi. Monizm yo 
materialistik, yoki idealistik bo’lishi mumkin. Faylasuflar orasida 
dunyoning asosini bir narsa emas, balki ikki narsa – ham g‘oya (rux), 
ham materiya tashkil etadi, deguvchilar ham bo‘lgan. Masalan, 
yangi zamon falsafasida frantsiyalik mutafakkir Rene Dekart 
substantsiya muammosini ko‘rib chiqar ekan, u borliqning asosida 
ham materiya, ham rux yotadi degan. Bunday qarash 
dualizm


(lotincha, tarjimada «dua»- ikki degani) deb ataladi. Dualizm 
ta’limoti tarafdorlari borliq asosida bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ham 
materiya, ham rux (g‘oya) yotadi, ular o‘rtasida xech bir umumiylik 
yo‘q, deyishadi.
Substantsiya muammosini xal qilishda monistik va dualistik 
qarashlardan farqli o‘laroq, plyuralistik qarashlar ham mavjud. 
Plyuralizm
ta’limoti nuqtai-nazariga kura, borliqning asosini yakka bir 
narsa emas, balki ko‘p narsalar tashkil etadi. Dunyodagi ja’mi 
mavjudotlar yagona bir ibtidoga ega bo‘lmagan ko‘pdan-kur, har 
hil asoslardan tashkil topganlar. 
Substantsiyani materiyani tashkil etuvchi moddiy elementlar bilan 
aralashtirib yubormaslik kerak. Bir paytlar barcha jismlar materiyaning 
bo‘linmas shakli – atomlardan tashkil topgan degan tasavvur 
xukmron bo‘lgan va atomlar substantsiya deb e’lon qilingan edi. 
Xozirgi zamon fani har qanday jism molekulalardan, molekulalar 
atomlardan, atomlar esa yadro va elektron qobiqlardan tashkil 
topgan, deb tasdiqlamoqda.
Materiyaning ko‘rinishi va uning tuzilishi ham o‘zaro farqlanadi. 
Materiyaning ikki ko‘rinishi mavjud – bular modda va nomodda 
ko‘rinishlaridir. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, 
o‘zaro to‘qnashganda keskin sifatiy o‘zgarishlar ro‘y beradi, ya’ni 
modda va antimodda to‘qnashsa, materiyaning modda ko‘rinishi 
nomodda ko‘rinishiga aylanadi, muayyan maydondagi nurlanishlar 
esa zarracha va antizarrachalarning vujudga kelishiga sabab 
bo‘ladi. Materiyaning tuzilishiga kura o‘lchovi, miqyosi bilan 
farqlanuvchi uchta darajaga bo‘linadi: bular – makrodunyo, 
mikrodunyo va megadunyodir. 

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish