41
Moliyaviy tizim kliring operatsiyalarini
amalga oshirish hamda tovarlar,
xizmatlar va aktivlar almashinuvini rag‘batlantiruvchi usullar bilan to‘lovlarni
amalga oshirishga imkon (yordam) beradi.
Moliyaviy tizimning eng muhim funksiyalaridan biri odamlar va firmalarni
tovar va xizmatlarni sotib olish jarayonida to‘lovlarni amalga oshirishning samarali
usuli bilan ta’minlanishini o‘z ichiga oladi. Faraz qilaylik, Siz AQShda yashaysiz.
Dunyo bo‘ylab turistik sayohatni reja-lashtiryapsiz va bunda 5000 dollar barcha
turistik xarajatlarni qoplash uchun yetarli bo‘ladi, deb hisoblayapsiz. Pulni o‘zingiz
bilan qaysi shaklda olishingiz lozim? Siz boshqa
mamlakatlarda tovarlar va
xizmatlarga to‘lovni qay tarzda amalga oshirasiz?
Ko‘pgina xorijiy mehmonxonalar, yoshlar yotoqxonalari va restoranlar,
lekin hammasi ham emas, to‘lov vositasi sifatida AQSh dollarini qabul qiladilar.
Bu o‘rinda, albatta, kredit kartochkasidan foydalanish mumkin. Biroq, jahondagi
Siz borib ko‘rgingiz kelgan ayrim mamlakatlarda ularni qabul qilishmaydi. Sizga
yo‘l cheklarini sotib olish kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, unda qaysi valyutada?
Ushbu barcha savollarga
javob berishga uringan holda, Siz balki, barcha
mamlakatlardagi hamma sotuvchilar bir xil to‘lov vositalaridan foydalanganlarida
juda qulay bo‘lishini qayta-qayta o‘ylashingiz (istashingiz), tabiiy.
Endi yuqorida tasvirlangan vaziyatning o‘rniga quyidagilarni tasav-vur
qiling: Siz hukumati o‘zining fuqarolariga xorijiy valyuta operatsiya-larini cheklab
qo‘yuvchi davlatda yashovchi boy odamsiz va Siz ham dunyo bo‘ylab
sayohat
qilishga qaror qildingiz. Bunda Siz o‘z mamlakatingizda milliy valyutadan
foydalangan holda xohlagan narsangizni sotib oli-shingiz mumkin. Biroq uning
tashqarisida uni (Sizning milliy valyu-tangizni) to‘lov vositasi sifatida hech kim
qabul qilmaydi. Sizning davlatingizdagi xorijiy valyutaning
defitsitli ekanligi
hukumatni o‘zining fuqarolariga xorijiy valyutani sotib olish yoki xorijdan qarz
olishini ta’qiqlab qo‘yishiga majbur qiladi. Bunday vaziyatda Siz nima qilgan
bo‘lardingiz?
Bunday vaziyatda qo‘llanilishi lozim bo‘lgan imkoniyatlardan biri, u
qanchalik noqulay bo‘lmasin, quyidagicha: vataningizda qimmatbaho va tashishga
qulay bo‘lgan tovarlar sotib oling. Ularni o‘rab-chirmab, o‘zingiz bilan olib chiqib
keting va xorijda ovqat sotib olish va yashash uchun ishlatishga harakat qiling.
Boshqacha
qilib aytganda,
barter,
ya’ni pul mablag‘laridan foydalanmagan holda
tovar ayirboshlashdan foydalaning. Bu o‘rinda dunyoni ko‘rish uchun bu eng qulay
usul emasligini aytishning hojati ham yo‘q. Zero, Siz o‘zingiz bilan katta bagaj
olib yurishga hamda bor vaqtingiz va kuchingizni muzey va teatrlarni tomosha
qilishga emas, balki mehmonxona yoki tushlik uchun to‘lov
sifatida Siz
tomoningizdan taqdim etiladigan ayrim qimmatbaho narsalarni qabul qilishga rozi
bo‘ladigan restoran yoki mehmonxonani qidirishga sarflashingiz aniq.
Ushbu misoldan ko‘rinib turibdiki, moliyaviy tizimning muhim
funksiyalaridan biri uy xo‘jaligi va firmalarga u yoki bu tovar va xizmatlarni sotib
olishga ortiqcha ko‘p vaqt sarflashga yo‘l qo‘ymaydigan samarali to‘lov tizimi
faoliyatini ta’minlash hisoblanadi. To‘lov vositasi bo‘lgan oltinni qog‘oz pullarga
almashtirish to‘lov tizimi samaradorligini oshirish misollaridan biri bo‘lib xizmat
42
qilishi mumkin. Bizning davrda oltin tibbiyotda
va zargarlik ishlarida
foydalaniladigan defitsit resurs bo‘lib, qog‘oz pullar esa asosiy to‘lov vositasi
hisoblanadi. Oltinga nisbatan qog‘oz pulning haqiqiyligini tekshirish oson (ularni
soxta-lashtirish qiyinroq) va ulardan turmushda foydalanish, masalan, cho‘ntakda
olib yurish ancha qulay. Bundan tashqari, pulni bosmadan chiqarish (nashr etish) –
bu qazib olish, qayta eritish va oltin tangani zarb
qilishdan anchagina arzon
jarayon. To‘lovlarni amalga oshirishning alternativ
36
vositalari: cheklar, kredit yoki
plastik kartochkalari va elektron to‘lov tizimlari paydo bo‘lishi natijasida hisob-
kitobni amalga oshirishning samaradorligi yanada oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: