46
stimuli kamayadi. Bu holat, uning omborida yong‘in bo‘lish ehtimoli, sug‘urta
shartnomasi tuzilgunga qadar bo‘lgan holat-dagidan yuqori bo‘ladi. Agar sug‘urta
summasi omborning bozor bahosidan yuqori bo‘lsa, unda ayrim ekstremal
vaziyatlarda ombor egasi nafsga beri-lishi va pul olish uchun uni yoqib yuborishi
ham mumkin. Potensial ma’-naviy risk tufayli sug‘urta kompaniyalari sug‘urta
summasini
qisqarti-radilar, yoki ma’lum bir holatlarda ayrim turdagi sug‘urta
polislarini sotishdan umuman bosh tortadilar
41
.
Mijoz ishga bo‘nak (avans) to‘lasa va odam (yoki firma) ish qanchalik
yaxshi yoki yomon bajarilishiga qaramay, bir xil summani oladigan vaziyat
shartnoma tuzish sohasidagi mas’uliyatsizlikka misol bo‘lib xizmat qilishi
mumkin. Agar to‘lov faqat ish bajarilgandan so‘ng amalga oshirilganda edi, unda
pudratchida, shubhasiz, to‘lovning avans shakliga
qaraganda yaxshiroq harakat
qilib ishlashiga stimul ko‘proq bo‘lar edi
42
.
Biznesni moliyalashtirishda yuzaga keladigan muammo ma’naviy risk-ning
nisbatan kamroq misoli bo‘lib hisoblanadi. Faraz qilaylik, Sizda yangi korxona
tuzish g‘oyasi tug‘ildi va Sizga ish boshlash uchun boshlang‘ich mablag‘ zarur. Siz
uni qayerdan olishingiz mumkin? Olishingiz ehtimoli ko‘proq bo‘lgan manba bu –
qarindoshlar va o‘rtoqlaringiz. Nima uchun? Negaki, Siz ularga ishonasiz. Ular esa
Sizni bilishadi va Sizga ishoni-shadi. Bundan tashqari, ular Sizning tijoriy
rejangizni, jumladan, tijoriy siringizni ham boshqa odamlarga ochmasliklari Sizga
ma’lum. Qarindoshlar va o‘rtoqlar esa, o‘z navbatida,
Sizning ularga yuz berishi
mumkin bo‘lgan hech qanday muammo va asoratlarni berkitmasdan, bo‘lajak
biznes to‘g‘risida to‘liq axborot taqdim qilishingizga ishonadilar. Bundan tashqari,
hatto ish boshidan muvafaqqiyatli bo‘lmagan va Sizda qiyin-chiliklar tug‘ilgan
holatda ham, Sizning yaqinlaringiz, Siz ularning manfaatlarini himoya qilish uchun
bor imkoniyatingizni ishga solishingizni bilishadi.
Endi agar Siz bankdan qarz olishga qaror qilganingizda kelib chiqadigan
vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Ehtimol, Sizga mutlaqo notanish bo‘lgan bank
xizmatchisi bilan biznes rejangizni batafsil muhokama qilishni xohlamassiz. Yoki
xoxlaysizmi? Axir bu variantda Sizga raqib bo‘ladigan boshqa mijozga bu
to‘g‘rida aytib berishi mumkinligi istisno qilinmagan. Hattoki, Siz ushbu masalani
hal etishga muvaffaq bo‘lsangiz ham, yana yangisi yuzaga kelishi mumkin va
buning vujudga kelmasligiga hech kim kafolat beraolmaydi.
Qarzlarni taqdim qilish qarorini qabul qiluvchi bank xizmatchilari esa,
mijozlarda bo‘lajak biznesning barcha mumkin bo‘lgan qiyinchiliklari to‘g‘risida
ochiqchasiga gapirib berish uchun
asos mavjud emasligi bois, ko‘pincha qarzni
taqdim qilishga shunchaki rozi bo‘lmaydilar
43
. Shunisi ayonki, buni har qanday
odam eng noiloj vaziyatdagina oshkora qilishi mumkin. Axir, buni “Hayot!”
deydilar!!!
Shunday qilib, axborot almashinishda, ish imkoniyatlariga nisbatan ma’lum
bir tengsizliklar yoki nomutanosiblik yuzaga keladi: mijoz o‘zining bo‘lajak
41
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi yana bir misol.
42
“Stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini tasdiqlovchi navbatdagi misol.
43
“Bu misol ham “stimul”ning faqat “rag‘bat”dan iborat emasligini yana bir karra tasdiqlaydi.
47
biznesi to‘g‘risida bank xizmatchisidan ko‘ra ancha ko‘p biladi. Buning ustiga, Siz
bankka qarz uchun kelganingizda, bank xizmatchisiga o‘zining Siz uchun mutlaqo
notanish odamligi, bank esa – biror-bir mas’-uliyatsiz muassasadan ortiq emasligi
aniq ma’lum. Demak, ishingizning borishi yomonlashsa, Siz unga yaqinlaringiz
mablag‘lari sarflanganida qanday yo‘l tutganingiz
kabi harakat qilmas, ya’ni
holatni to‘g‘rilash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmas edingiz. Hatto,
buning ustiga, Siz bu biznesdan chiqish to‘g‘risida qaror qabul qilishingiz va
qarzni to‘la-masligingiz ham mumkin. Shunday qilib, butun kuch bilan ishlash
motivatsiyasi (stimuli) korxona riskining bir qism boyligi qarz oluvchini
qiziqtirmaydigan tashkilotga (masalan, bank yoki sug‘urta kompaniyasiga)
ko‘chirilishi natijasida pasayib ketadigan vaziyat ma’naviy risk yoki
mas’uliyatsizlik bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarga misol bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: