44
kelajakka saqlab qo‘yishni va jamg‘arilgan mablag‘larni qaysi aktivlarga
investitsiya qilish foydaliroqligini hal qilish uchun foydalanishlari kerak.
Bozor foiz stavkalarini bilish, hattoki, bir oila doirasida pul-larni ko‘chirgan
taqdirda qanday yordam berishi bo‘yicha yaxshiroq tasavvurga ega bo‘lish uchun
quyidagi misolni ko‘rib chiqamiz. Tasavvur qiling, Ciz 25 yoshdasiz. Endigina
uylandingiz. Alohida
va erkin yashashni istab, 100,0 mln. so‘mga uy sotib
olmoqchisiz. Mahalliy bank Sizga yillik 8% ustama haq bilan 80,0 mln. so‘m
(ya’ni, uy narxining 80%i) ipoteka krediti ajratishga rozi. Lekin Siz yana 20%
(ya’ni, yana 20,0 mln. so‘m) mablag‘ topishingiz lozim. Sizning 40 yoshli
opangizning bankdagi hisobraqamida Sizga kerakli bo‘lgan summa mavjud. U
ushbu pullarni o‘zining pensiya ta’minoti sifatida yillik 6% ustama haqi hisobiga
ajratib qo‘ymoqda. Biroq uning pensiya yoshiga yetishiga hali ancha vaqt bor.
Shuning uchun Siz bu pullarni undan qarzga so‘rab turishingiz mumkin. Agar
opangiz o‘zining pensiyasi uchun jamg‘arib borayotgan pullarini Sizga uy sotib
olishingiz uchun qarzga berib turishga rozi bo‘lsa, unda Siz,
ushbu summa
bo‘yicha qancha foiz stavkasi “adolatli” bo‘lishini qanday qilib aniqlashingiz
mumkin?
Ko‘rinib turibdiki, buning uchun joriy bozor stavkalarini bilish foydadan
holi bo‘lmaydi. Faraz qilaylik, opangiz o‘zining jamg‘arma hisobraqami bo‘yicha
yillik 6% ustama haq olayotganligi Sizga aniq ma’lum va mahalliy bank Sizdan
ipoteka krediti bo‘yicha yillik 8% ustama haq olmoqchi. Bu ma’lumotlar
Sizga
qarorlar qabul qilishda yordam beradi.
Xuddi shuningdek, oila doirasida moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayonida
aktivlarning bozor narxi (bahosi)ni bilish ham kerak bo‘lishi mumkin. Masalan,
faraz qilaylik, Siz singlingiz bilan uyni yoki oilaviy biznesni meros qilib oldingiz
va u ikkalangizning o‘rtangizda teng, baravar bo‘linishi kerak. Biroq, Siz uni
sotgingiz kelmayapti. Boisi, qaysidir biringiz shu uyda yashamoqchi yoki oilaviy
biznes bilan shug‘ullanishni davom ettirmoqchisiz. Bunda oilaning boshqa a’zosi
qancha olishi kerak? Ko‘rinib turibdiki, merosni to‘g‘ri baholash uchun shunga
o‘xshash aktivlarning bozor narxlarini bilish lozim.
Bundan
tashqari, aktivlarning narx (baho)lari va foiz stavkalari menejerlar
uchun ular tomonidan investitsion loyihalarni tanlashda va moliyaviy
shartnomalarni tuzishda tayanch signal bo‘lib xizmat qiladi. Majburiyatlari
bo‘yicha moliyaviy bozorlarda doimo bitimlar tuzish bilan shug‘ullanmaydigan
menejerlar, odatda boshqa sohalarda to‘g‘ri qarorlar qabul qilish kerak bo‘lganda,
zarur axborotlarni olish uchun har holda bu bozorlardan foydalanadilar.
Tasavvur qilaylik: masalan, qaysidir bir firma 100,0 mln. so‘m miqdorida
foyda oldi va u olingan summani qanday sarflashni: uni biznesga qayta investitsiya
qilish, aksionerlarga dividendlar to‘lash yoki pullarni o‘z
aksiyalarini qaytarib
olishga sarflash muammosini hal qilmoqchi. Ushbu masalani hal qilishda,
shubhasiz, mazkur firma va boshqa kompaniyalarning aksiyalari kursini,
shuningdek, bozor foiz stavkalarini bilishi juda asqotadi. Bunday sharoitda, ayrim
hollarda bo‘lganidek, “Baxtash – tavakkal”, “Yo – ustidan, yo – ostidan”, “Shuni
ham o‘ylab o‘tira-mizmi?” yoki “O‘ychi o‘yini o‘ylaguncha, tavakkalchi ishini
45
bitiradi” tarzida ish tutib bo‘lmaydi. Shunday qilinsa, hatto “og‘zimizdagi
tayyor
oshimiz”dan ham ajralib qolishimiz hech gap emas.
Har bir yangi moliyaviy instrumentning paydo bo‘lishi bilan axborot
olishning yangi imkoniyatlari yuzaga keladi. Masalan, 1973 yildan birja-larda
opsionlarga standartlashtirilgan savdo shartnomalari qo‘llanilishi boshlangandan
so‘ng, son jihatidan axborotning hajmi turli moliyaviy va iqtisodiy
operatsiyalarning risklilik darajasiga nisbatan keskin oshib ketdi.
Bunday
ma’lumotlar riskni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlarni qabul qilishda juda
muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: