40
aksiyalaringizni sotib olish hisobiga Sizga 70,0 mln. so‘mlik kapital ajratishiga
ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldingiz. Buning uchun Siz unga korxona foydasining,
aytaylik, 75%ini to‘lash majbu-riyatini olasiz. Bundan tashqari, Siz bankdan yillik
6% ustama haq bilan 30,0 mln. so‘mlik kredit olishga erishdingiz. 100,0 mln.
so‘m miqdoridagi umumiy oqim boshqa manbalardan
Siz tomonga kelayotgan
moliyaviy oqim sifatida tasvirlangan.
Lekin Sizning korxonangiz muvaffaqiyatsizlikka uchragan paytda riskni kim
o‘z zimmasi (bo‘yni)ga oladi?. Axir, hayot – tasodiflarga boy. Uning bundan xoli
bo‘lishiga hech kim kafolat beraolmaydi. Shuningdek, “Korxonangiz o‘z faoliyati
davomida faqat muvaffaqiyatga erishadi. Uning peshonasiga muvaffaqiyatsizlik
yozilmagan. Bunga men kafilman!”, - deydi-gan “mard” hayotda uchramaydi.
Unday “mard”ni kunduzi chiroq yoqib qidir-sangiz ham topaolmaysiz.
Shu sababli, ushbu misolda asosiy riskni Sizning aksiyadoringiz o‘z
bo‘yniga oladi. Zero, korxona inqirozga yuz tutsa, u o‘zining 70,0 mln. so‘mini
qaytarib ololmaydi. Biroq, bankning harakatlarida ham ma’lum
bir risklilik
darajasi (riskiy daraja) mavjud bo‘lishi mumkin. Bu quyidagicha izohlanadi: Siz
inqirozga yuz tutgan holda, bank ham qarzning asosiy summasi va uning foizini
to‘lig‘icha ololmasligi mumkin. Masalan,
faraz qilaylik, yilning oxirida
biznesingizning jami bahosi 20,0 mln. so‘mni tashkil etdi. Bu holatda investor o‘zi
investitsiya qilgan hamma summani yo‘qotadi. Bank esa Sizga qarzga bergan 30,0
mln. so‘mdan 10,0 mln. so‘mini yo‘qotadi. Shuning uchun, kreditorlar aksiyadorlar
bilan bir qatorda xususiy firma faoliyati riskining ma’lum bir qismini o‘z
zimmasiga oladi.
Garchi kapital va risk ko‘pincha
birlashib ketsa-da, ular bo‘linishi ham
mumkin. Biznes qilish uchun 30,0 mln. so‘m miqdoridagi qarz olish misolida
shunday vaziyatni ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, bank Sizdan ushbu qarzning Siz
tomondan qaytarilishiga kafolat bera oladigan yaqin qarindoshla-ringizdan
birini
olib kelishingizni talab qilyapti. Ushbu talabni taklif etgan holda bank Siz
tomondan kredit shartnomasi shartlarining baja-rilmay qolishi bilan bog‘liq
bo‘lgan o‘zining riskini oilangiz a’zosiga o‘tkazadi. Bu holda bank Sizga 30,0 mln.
so‘m miqdoridagi kreditni o‘zi uchun eng kam risk bilan taqdim etadi. Qarz
bo‘yicha asosiy risk esa Sizning qarindoshingizga o‘tadi.
Tobora ishonch hosil qila borganimizdek, moliya olamidagi ko‘plab
moliyaviy shartnomalar pul resurslarini ko‘chirmasdan turib riskni ko‘chirishni
nazarda tutadi. Bu, masalan, aksariyat sug‘urta shartnomalari
va kafolatlarga
tegishlidir. Shuningdek, bularga fyuchers, opsion
va svoplar kabi hosila
instrumentlar ham kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: