Мактабгача таьлим муассасалари тарбияланувчиларининг ақлий тафаккурини шакиллантиришда инноватцион технологияларнинг ўрни



Download 7,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/502
Sana22.02.2022
Hajmi7,18 Mb.
#108621
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   502
Bog'liq
boshlangich toplam

Birinchi tarkibiy qism bolalarda jismoniy tarbiya hamda salomatlik madaniyati umumiy madaniyat elementi 
ekanligi haqida yaxlit tasavvurni yaratishga undaydi. 
Ikkinchi tarkibiy qism jismoniy tarbiya jarayonini shaxsiy faoliyat usullarini ijodiy egallashga hamda 
sog‘lomlashtirish, ta`lim-tarbiya vazifalarini yechishda qo‘llashga yo‘naltiradi. 
Umumiy o‘rta ta`lim tizimidagi o‘zgarishlar yangi jismoniy tarbiya koseptsiyasini ishlab chiqishga olib keladi. 
Buning uchun jismoniy tarbiya sohasida pedagogik, tibbiy-biologik, psixologik, va ijtimoiy izlanishlarni olib borish 
bilan birga ta`lim jarayonida jismoniy tarbiyaning o‘rni va rolini, boshqa o‘quv fanlari bilan bog‘liqligini aniq belgilash 
va qonunlashtirish, shu bilan birga bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga hissa qo‘shuvchi fanlar ta`lim jarayoni 
yaxlitligini saqlashi zarur [1]. 
Hozirgi kunda barcha fanlar bo‘yicha sifat jihatlariga kam e`tibor berib o‘rganiladigan (doim ham zarur 
bo‘lmagan bilimlar bilan boyitilgan) material hajmining oshirilishi kuzatilmoqda. Bu fanlararo bog‘liqlikning uzilishiga 
olib keladi: har bir fan o‘z vazifasini mustaqil bajaradi va o‘quvchilar ta`lim bilan bog‘liq bo‘lgan barcha narsaga sust 
va befarq qaraydi. 
Shulardan kelib chiqib, jismoniy tarbiya bo‘yicha yangi koseptsiya ta`limda bo‘layotgan jarayonlarga obektiv 
va tanqidiy tahlilni talab qiladi. 
O‘quvchilar ularga darsda berilayotgan barcha ma`lumotlarni eslab qolishi qiyin. Ilmiy konseptsiyalar va o‘quv 
dasturlar tuzuvchilar bolalarning axborotni qabul qilish va qayta ishlash psixo-fiziologik imkoniyatlarini, ular 
rivojlanishining yosh va jins xususiyatlarini va tabiiy ijtimoiy ehtiyojlarini to‘liq hisobga olmaydilar. 
Nimjon bolalar organizmiga shiddatli o‘quv yuklamalari ularning salbiy ta`sir ko‘rsatadi. Harakat faolligining 
yetishmasligi va me`yoridan ortiq o‘quv yuklamalari ko‘p hollarda bazaviy biologik funksiyalarning buzilishiga olib 


223 
keladi. Bularning barchasi zamonaviy ta`lim tizimi hozirgi ko‘rinishda muhim psixo-fiziologik jarayonlarning (fikrlash, 
aqliy ish qobiliyat, diqqat, xotira va shu kabilar) me`yorida kechishini buzuvchi har xil kasalliklarning patogen omiliga 
aylanib bormoqda. Tabiiyki, ishlarning bu tarzda olib borilishi avvalo bolalar salomatligi ishonib topshirilgan va 
maktab bitiruvchilarini katta hayotga tayyorlovchi insonlarni tashvishga soladi. 
Ko‘rinib turibdiki, jismoniy tarbiya ko‘plab muammolarni yechish vositasi sifatida sahnaga chiqadi. 
I.P.Pavlov va boshqa mashhur mutaxassislar, organizmning suyak-mushak tizimi yetakchi, boshqa barcha 
tizim va organlar unga ―tenglashaishi‖ni ko‘rsatmoqda [1]. Shuning uchun optimal harakat faolligi insonning irsiy 
dasturini nisbatan to‘liq amalga oshirish imkonini beradi va ularning salomatligini saqlash va mustahkamlashda muhim 
rol o‘ynaydi. 
Hozirgi kunda jismoniy tarbiya ta`limi tizimida zamonaviy ―Jismoniy tarbiya‖ o‘quv fani bo‘yicha uchta 
asosiy yo‘nalish ajratiladi sog‘lomlashtirish, trenirovka va ta`lim. 
Tadqiqotlarda shu narsa tasdiqlanganki, zamonaviy maktab ta`lim-tarbiya jarayonida har xil soha bo‘yicha 
bilim, ko‘nikma va malakalarni bir butun qilib qo‘llash mumkin. Masalan, jismoniy tarbiya+musiqa+raqs. 
Musiqa tayanch tarkibiy element sifatida xizmat qiladi. Tanlangan musiqaga bog‘liq holda bolada obraz hosil 
bo‘ladi va harakat salohiyatini amalga oshiradi. 
Raqs harakatlari shubhasiz, insonga va uning psixo-jismoniy salomatligiga juda kuchli ta`sir ko‘rsatishga 
qodir. Alohida raqs harakatlari bilan birga mashg‘ulotning dars shaklida hayajonli raqs treninglarini qo‘llash mumkin. 
Maktab o‘quvchilari jismoniy tarbiya tizimida musiqa, raqs va san`at vositalari majmuasini teatrlashtirilgan 
ommaviy chiqishlarda, sport musobaqalarida, qolaversa, har bir darsda badiiy-rolli o‘yinlarni o‘ynashda qo‘llash 
mumkin. 
Pedagogik tajriba ritmik-raqsli harakatli o‘yinlardan foydalanish bolalarda nafaqat jismoniy, balki estetik va 
ahloqiy sifatlarning, aqliy va musiqiy qobiliyatlarning, qolaversa, nutq, mantiqiy va badiiy fikirlashning ribojlanishiga 
olib keladi. Bir-birini to‘ldiruvchi raqs va jismoniy tarbiya uyg‘unligi o‘quv-tarbiyaviy jarayonning takomillashuviga 
ta`sir ko‘rsatadi. 
Bolalarning salomatligini saqlash va jismoniy rivojlanishida oilaning (ota-onalarning) o‘rni juda katta. Dastlab 
asosiylarini belgilash lozim: o‘z farzandlari bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish, jismoniy tarbiya bilan birgalikda iloji 
boricha ko‘proq shug‘ullanish, quvnoq o‘yinlar o‘ynash, bellashish, rekordlarga undash va bu orqali farzandlarni 
kasalliklardan, stresslardan, noto‘g‘ri ovqatlanishdan, chekish va ichish ta`siridan asrash mumkin. 
Ta`lim-tarbiya jarayonidagi barcha muvaffaqiyatlarni bitta asosiy sifat – mehnatsevarlik belgilaydi. Barchaga 
ma`lumki, jismoniy mashqlarni muntazam bajarish har taraflama ijobiy ta`sir ko‘rsatadi. Shifokorlar har xil kasalliklarni 
davolash va ularning oldini olishda jismoniy mashqlar majmuasidan foydalanishni tavsiya qilishadi. 
Organizm harakat faolligining individual me`yorlarini qo‘llab quvvatlashga intiladi va unga tug‘ma ehtiyoj 
borligi haqida gapirishga imkon beradi. 

Download 7,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish