222
Jahon hamjamiyatida oxirgi yillarda o‘sib kelayotgan yosh avlod salomatligini
saqlash kelajakda davlat
barqarorligining muhim omili asosiy goya sifatida qaralmoqda.
Bolalar salomatligi holati tahlili bolalar kasalliklarining o‘sishini ko‘rsatadi. Salomatlik holatining bunday
dinamikasi salbiy ijtimoiy-iqtisodiy ta`sirlar va ekologik omillar natijasi bilan tushuntiriladi.
Umumta`lim maktablarda jismoniy tarbiya ta`limning bazaviy sohasi hisoblanadi. Buni jismoniy tarbiya
yetakchi o‘rinlardan birini egallagan mahalliy va xorijiy o‘quv rejalarining tahlili tasdiqlaydi.
Tarbiyaning bunday sohasi holati jismoniy va ma`naviy salomatlik asoslari bazasida
amalda shaxsning har
tomonlama rivojlanishi bilan asoslanadi. Bu bilan jismoniy tarbiyaning shaxs va jamiyat uchun qiymati, uning ta`limiy,
tarbiyaviy va umummadaniy ahamiyati yuzaga keladi.
Jismoniy tarbiyaning muhim elementlaridan biri – harakat madaniyati hisoblanadi. U o‘z ichiga makonda
joylashish qobiliyati asoslarini, to‘siqlardan oshib o‘tish, buyumlar bilan harakat faoliyatini bajarishni o‘z ichiga oladi.
Jamiyatda shakllangan harakat qobiliyatlarini rivojlantirishga ta`sir qiluvchi va shaxsni yaxlit tarbiyalovchi vositalar
majmui ham jismoniy tarbiyaning muhim elementlardan biri hisoblanadi.
Umumta`lim maktabida jismoniy tarbiyani o‘qitish ta`lim-tarbiyaning umumiy tizimiga uzviy bog‘langan va
ta`lim tarbiya qonuniyatlariga amal qiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarda o‘ziga, o‘z
tanasiga yaxshi munosabatda
bo‘lishni shakllantiruvchi, yangi irodaviy va ahloqiy sifatlarni tarbiyalashga hamda salomatlikni mustahkamlash va
kamolotga erishishga ko‘maklashuvchi yagona o‘quv fani hisoblanadi.
Jamiyatning ijtimoy-iqtisodiy ehtijojlariga muvofiq hamda umumiy va o‘rta maxsus ta`limi mazmunidan kelib
chiqib ―Jismoniy tarbiya‖ fani maqsadi - har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishga
yordam berish ekanligi
yaqqol nomoyon bo‘ladi. O‘quvchilarning jismoniy tarbiya asoslarini egallashi jismoniy tarbiya o‘qituvchisi uchun
mazkur maqsadga erishish vositasi hisoblanadi. Bu ehtiyojlar,
motivlar, bilimlar, salomatlikning optimal darajasi va
harakat
qobiliyatlarining rivojlanishi, me`yoriy jismoniy rivojlanish, harakat, jismoniy-sog‘lomlashtirish va sport
faoliyatini amalga oshirish ko‘nikmalari majmuasini o‘z ichiga oladi.
Har bir jismoniy tarbiya o‘qituvchisi jismoniy tarbiya darsini o‘tkazish jarayonida ta`lim, tarbiya
va shaxsni
rivojlantirishning zamonaviy psixologik-pedagogik va fiziologik-pedagogik nazariyasiga tayanib, har bir o‘quvchining
shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta`lim va tarbiyaning faol uslublaridan foydalanishi zarur. Shaxsiy va
faoliyat yondashuvi tamoyili shundan iboratki, o‘quvchi insoniyat tomonidan soha bo‘yicha yig‘ilgan
jismoniy va
ma`naviy takomillashuv boyliklardan foydalanib usullarni egallaydi.
O‘quv-tarbiyaviy jarayonni demokratlashtirish va erkinlashtirish kattalar va bolalarning bir-birlari ma`naviy
dunyosiga kirish va bir-birini tushunish bilan o‘zaro bo‘liq jarayonda birgalikdagi rivojlanish faoliyati hamda ta`lim-
tarbiyada yuqori natijalarga erishishda hamkorlik g‘oyasiga asoslanadi.
O‘quvchilarda salomatlik madaniyati va sog‘lom turmush tarzini tarbiyalash, jismoniy va ma`naviy
barkamollikka erishish usullarini o‘rgatish umumta`lim muassasalarida jismoniy tarbiya mazmuni qayta ko‘rib chiqish
zaruratiga olib keldi. Umumta`lim muassasalarida ―Jismoniy tarbiay‖ fani deganda ikkita tarkibiy qism – jismoniy
tarbiya sohasida bolalar va o‘smirlarni xabardor qiluvchi va ijodiy faoliyatning uyg‘unligi tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: