«makroiqtisodiyot»



Download 0,73 Mb.
bet2/9
Sana07.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#533449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat qarzi osishining makroiqtisodiy oqibatlari

Davlat tashqi qarzi
Qarz olayotgan davlat qarz berayotgan davlat yoki kompaniyalar guruhidan katta miqdorda qarz olib, ularga bog‘lanib qolishi kerak emas. Tojikiston hukumati bu qoidaga amal qilmadi. Ular olayotgan qarzning katta miqdori Xitoy hissasiga to‘g‘ri keladi. Va ularning valuta-oltin zaxirasi qarzni qoplashga yetmagani sababli yerni olib qo‘yish emas, uzoqroq muddatga ijaraga berishga majbur bo‘lgan, degan ma'lumotlar bor. Ammo bu rasmiy ma'lumot emas. Biz esa Xitoyning ikki bankidan qarz olganmiz. Bu ham bo‘lsa, barcha qarzlarimizning 14-15 foizini tashkil qiladi.
Bizga qarz berayotgan eng katta tashkilot - Osiyo Taraqqiyot banki. Bu bankdan olgan tashqi qarzimiz 3,9 milliardga to‘g‘ri keladi. Umuman olib qaraganda, O‘zbekiston ko‘proq moliyaviy institutlardan qarz oladi.
O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori oldingi yillarda olingan qarzlarga nisbatan o‘syapti. Lekin boshqa davlatlar bilan solishtirib qaraydigan bo‘lsak, qarzni yalpi ichki mahsulotga nisbatan hisoblasak, oshib borsa 40 foizga to‘g‘ri keladi. Bu hamma qarzimiz. Agar davlat tashqi qarzi haqida gap ketsa, 1 iyul holatiga ko‘ra, YaIMga nisbatan 30,3 foizni tashkil etdi. Bu katta emas. Ba'zi bir davlatlarning tashqi qarzi YaIMdan bir necha barobar yuqoriroq. Bizniki esa, hali YaIMning yarmiga ham yetmaydi. Bu katta summa emas. Agar jon boshiga hisoblasak ham davlat tashqi qarzi 509 dollardan to‘g‘ri kelyapti. Hammasini hisoblaydigan bo‘lsak, 730 dollar.
Oldingiga nisbatan o‘sish ko‘pchilikni xavotirga solayotgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu tabiiy jarayon. Agar shu yil koronavirus bo‘lmagan taqdirda ham biz 2016 yilda boshlangan yangi iqtisodiy siyosatni davom ettirish uchun tashqi qarz jalb qilgan bo‘lar edik. Uy-joy qurilish sohasida ham, neft-gaz sohasida ham, energetika sohasida ham milliard-milliard dollarlik qurilishlar ketyapti. 
Birgina energetika sohasini olaylik. Bu sohadagi inshootlarning ko‘pchiligi 60-70 yillarda qurilgan. Va bugun ularda foydali ish koeffitsiyenti juda ham past. Bularni modernizatsiya qilish va yangilarini qurish juda katta miqdorda mablag‘ talab qilyapti. Bu mablag‘larning katta qismi xorijiy kreditlar evaziga bo‘lyapti. Agar biz rivojlanishni xohlasak, bizga albatta katta miqdorda mablag‘ kerak.
2021-yil birinchi choragining oxiriga kelib O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi $34,2 mlrd ni tashkil etmoqda. Bu raqam markaziy bank taqdim etgan ma’lumotlar asosida (pdf) ma’lum bo‘lmoqda. Mazkur qarz yil boshidan beri 1% ga yoki $310 millionga o‘sdi.
Umuman olganda qarz o‘sib bormoqda, ammo yil boshida bu sur’at keskin pasayib ketdi. Markaziy bank buni yangi qarzlar va to‘lovlarning nisbati taxminan bir xil bo‘lganligi bilan izohlamoqda.
Tashqi qarz davlat va xususiy qarzlardan iborat. Bunda,davlat qarzi $21,2 mlrd ni tashkil etdi va u $156,7 mln ga kamaygan bo‘lsa, xususiy qarz $13 mlrd ni tashkil etib, $467,3 mln ga oshdi.

Asosiy qarzlar bank sektori ($6,6 mlrd), neft-gaz va energetika ($4,4 mlrd) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qarzni to‘lashga kelsak, ushbu uch oyda davlat $200 mln lik asosiy qarz va $67 mln lik foizlar to‘lovlarini amalga oshirgan. Xususiy tashqi qarz esa mos ravishda $687 mln va $94,3 mln lik foiz to‘lovlarini to’langan.

Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish