Markaziy bank O‘zbekistonning tashqi qarzi miqdori va uning o‘sishi sabablarini ma'lum qildi
2021 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, xususiy tashqi qarz 467,3 mln dollarga oshdi, davlat tashqi qarzi 156,7 mln dollarga kamaydi.
Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi joriy yil boshiga nisbatan 1 foizga yoki 310,6 mln dollarga oshdi va 2021 yil 1 aprel holatiga 34,2 mlrd dollarni tashkil qildi.
Xususan, o‘tgan chorakda davlat tashqi qarzi 156,7 mln dollarga kamayib, jahon bozorida O‘zbekiston xalqaro obligatsiyalari narxlarining tushishi, davlat qarzi bo‘yicha asosiy qarz to‘lovlari amalga oshirilishi va kurslar o‘zgarishi hisobiga 21,2 mlrd dollarni tashkil qildi.
Xususiy tashqi qarz esa hisobot davrida 467,3 mln dollarga oshib, ushbu o‘sish asosan banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.
«Yanvar-aprel oylarida xususiy sektor tomonidan jami 1,3 mlrd dollar miqdoridagi qarzdorlik jalb qilindi. Ushbu qarzlarning – 907,5 mln dollari banklar hissasiga to‘g‘ri kelsa, neftgaz va energetika sektoridagi korxonalar – 179,8 mln dollar va iqtisodiyotning boshqa sektorlari tomonidan – 188,4 mln dollar jalb qilingan. Davlat tomonidan esa 349 mln dollar miqdorida qarz olingan», deyiladi hisobotda.
Ma'lum qilinishicha, 1-chorakda davlat tashqi qarzi bo‘yicha 200 mln dollar miqdoridagi asosiy qarz va 67 mln dollar miqdoridagi foiz to‘lovlari amalga oshirilgan.
Xususiy tashqi qarz to‘lovlari asosiy qarz bo‘yicha 687 mln dollar va foiz to‘lovlari bo‘yicha 94,3 mln dollarni tashkil qilgan.
Markaziy bankka ko‘ra, 2021 yil 1 aprel holatiga yalpi tashqi qarz qoldig‘i 441,9 mln dollarga oshib, 36,8 mlrd dollarni tashkil qildi.
Avvalroq, 2021 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi 33,8 milliard dollarni tashkil etgani xabar qilingandi.
2 020 yil 1 yanvar holatiga respublikaning umumiy tashqi qarzi 24,6 trln dollar bo‘lgan.
Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi masalalarini va umuman byudjet sohasiga oid mavzularni muhokama etish unda moliya, iqtisodiyot sohasi mutaxassislarining yoki byudjet tashkiloti amaliyotchilarining ishtirok etishini nazarda tutadi. Biroq «Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimi» mavzusidagi seminar-trening to‘rtinchi hokimiyat vakillari, ya’ni ommaviy axborot vositalarida iqtisodiyot va byudjet siyosati sohasida yuz berayotgan voqealarni yoritib beruvchi jurnalistlar uchun ularning byudjet ijrosi sohasidagi tushuncha va ko‘nikmalarini yanada mukammal bo‘lishini ta’minlash maqsadida tashkil etildi. Matbuot yoki tele-radio reportajlar orqali davlat moliyasi sohasidagi malakali mutaxassislar Davlat byudjeti ijrosining g‘aznachilik tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni muhokama etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligi o‘z hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlikda Davlat byudjetining g‘azna ijrosini amalga oshiruvchi maxsus vakolatli moliya organidir. Aynan G‘aznachilik Davlat byudjeti mablag‘larining tushumi va sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shuningdek Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi byudjet mablag‘larini boshqaradi, mazkur funksiyalar esa «kassaning yagonaligi prinsipi», ya’ni byudjet mablag‘larining yagona hisobvarag‘iga kelib tushishi, saqlanishi va davlat byudjetining barcha xarajatlari ushbu hisobvaraqdan to‘lanishini prinsipini anglatadi.
G‘aznachilikning tashkil etilishi bilan jahonda rivojlangan davlatlar va ushbu sohada o‘zini oqlagan ilg‘or tajribalarga asoslangan Davlat byudjetini ijro etishning yangi G‘aznachilik tizimi yaratildi, ya’ni Davlat moliyasi tubdan isloh qilindi. Shuning bilan birgalikda, davlat byudjetining g‘azna ijrosi tizimining joriy etilishi respublikaning barcha viloyat va tuman markazlarigacha optiq tolali kabellar yotqizilishini tezlashtirish hisobiga respublikamizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishiga turtki berdi.
Eng avvalo, shuni eʼtirof etmoqchimanki, Prezidentimiz boshlab bergan islohotlarda, iqtisodiyot sohasida tub oʻzgarishlar aynan byudjet-soliq sohasida amalga oshirildi va oʻzining samarasini bera boshladi, desak toʻgʻri boʻladi.
2020-yil uchun qonun koʻrinishida qabul qilingan Davlat byudjetining 9 oylik ijrosining ahamiyatli jihatlari toʻgʻrisida toʻxtaladigan boʻlsak, eng avvalo, Prezidentimizning Oliy Majlisga yoʻllagan murojaatnomalarida byudjet mablagʻlarining maqsadli va oqilona sarflanishi ustidan nazoratni yana-da kuchaytirish borasidagi aniq vazifalariga eʼtibor qaratishimiz kerak. Bunda byudjet ijrosini nafaqat tarmoqlar va sohalar, balki har bir vazirlik va idoralar kesimida chuqurroq tahlil qilish, bu boʻyicha mutasaddilarning doimiy axborotlarini eshitib borish talab etiladi. Bundan tashqari, byudjet xarajatlari ustidan nazoratni kuchaytirishda birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar tomonidan ichki audit tizimini faollashtirish va masʼuliyatini oshirish lozim.
Davlat byudjeti ijrosining avvalgi yillardan yana bir farqli jihati shundaki, byudjetni qonun loyihasi sifatida shakllantirish va ijrosini muhokama qilish jarayonida shaffoflikni taʼminlashga katta eʼtibor qaratilayotganidadir. Shuning uchun ham taqdim etilgan Davlat byudjetining 9 oylik ijrosida byudjet daromadlari va xarajatlaridan tashqari birinchi darajali byudjet taqsimlovchilari, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar, Davlat byudjetining hududlar kesimidagi ijrosi, berilgan soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari dinamikasi, boqimanda qarzdorlik, ortiqcha toʻlangan soliq summalariga oid maʼlumotlar taqdim etilmoqda. Natijada Davlat byudjetining har choraklik ijrosi deputatlar tomonidan chuqur, mazmunli va qizgʻin muhokama qilinmoqda. Mana shu muhokama jarayonlarida deputatlarda yangi byudjet loyihasi boʻyicha aniq taklif va tavsiyalar tugʻilmoqda. Ushbu taklif va tavsiyalar yil yakunini kutib oʻtirmasdan, umumlashtirilib, tegishliligicha Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, shuningdek, boshqa vazirliklarga doimiy ravishda kiritib borilmoqda.
Byudjetni qonun koʻrinishida qabul qilish va ijrosini taʼminlashning yana bir muhim jihati shundaki, ushbu jarayonda mahalliy Kengashlarning roli va mustaqilligi borgan sari oshib borayotir. Ular tomonidan soliq va byudjet siyosatiga doir taklif va tavsiyalarning aksariyati muhokama qilinayotgan loyihada aksini topayotgani diqqatga sazovor. Bundan 4-5 yil oldingi davr bilan solishtirsak, byudjet loyihasi tayyorlanayotganda mahalliy hokimiyatlar byudjet daromadlari va xarajatlari boʻyicha taklif ham berolmasdi, bersa ham hech kim uni inobatga olmasdi. Hozir vaziyat tubdan oʻzgarganligini 2021-yil uchun Davlat byudjeti qonun loyihasining 3 bobida yaqqol koʻrishimiz mumkin. Ushbu bobda byudjetlararo munosabatlarni tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlari toʻliq ochib berilgan.
— Darhaqiqat, ayni paytda Davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik palatasida siyosiy partiyalar fraksiyalari va masʼul qoʻmitada muhokama qilish borasida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xalqaro tajriba hamda byudjetni qonun koʻrinishida shakllantirishning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, deputatlarga infografika koʻrinishida materiallar tayyorladik. Bundan tashqari, seminar-trening tashkil qilyapmiz. Shuningdek, deputatlar byudjet ijrosi bilan birgalikda yangi qonun loyihasini oʻrganib chiqishi va tahlil qilishi uchun maxsus uslubiy qoʻllanma ishlab chiqdik.
Deputatlar uchun respublikaning har bir shahar va tumanlarining iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga oid amaliy qoʻllanma tayyorlab, tarqatildi. Mahalliy byudjetlarga jalb etilgan qoʻshimcha daromadlarni oqilona taqsimlash boʻyicha joylarda yuzaga kelayotgan muammolarni hisobga olgan holda mahalliy Kengashlarga uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti misolida qoʻllab koʻrildi. Ayni paytda qoʻmitamiz tomonidan Byudjet boshqarmasi bilan birgalikda joylarda mahalliy byudjetga qoʻshimcha jalb etilgan daromadlarning 10 foizini aholi taklif va talablaridan kelib chiqqan holda taqsimlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar tajriba tariqasida oʻrganilmoqda.
Pandemiya oqibatlarini hisobga olgan holda, xalqaro moliya institutlarining prognozlariga koʻra, 2020-yilda jahon iqtisodiyoti oʻrtacha 4-4,5 foiz atrofida qisqarishi kutilmoqda. Pandemiyaning asoratlari Oʻzbekiston iqtisodiyotiga ham taʼsir oʻtkazmasdan qolmaydi. Shunga qaramasdan 2020-yilning 9 oyligi yakuniga koʻra, mamlakatning yalpi ichki mahsuloti oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 0,4 foizga oʻsdi. Yil yakuniga kutilayotgan oʻsish darajasi bundan yuqoriroq boʻlishiga yetarlicha imkon bor. Bunga joriy yilning yanvar-sentyabr oylarida qishloq xoʻjaligi (3,4 foizga oʻsish), qurilish ishlari (8,6 foiz), isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish (2,3 foiz) va boshqa bir qancha soha va tarmoqlardagi ijobiy dinamika asos boʻla oladi.
Pandemiyaning salbiy oqibatlariga qaramasdan, joriy yil 9 oylik Davlat byudjeti daromadlari 94 457,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, aniqlashtirilgan prognoz koʻrsatkichlari 102,9 foizga bajarilganligini koʻrishimiz mumkin. Shunga koʻra, Davlat soliq qoʻmitasi boʻyicha belgilangan prognoz koʻrsatkichlari 1 966,5 mlrd. soʻm ortigʻi bilan (102,8 %) bajarilgan.
Davlat byudjetining 2020-yil 9 oylik xarajatlari davlat maqsadli jamgʻarmalarini hisobga olmagan holda 94,5 foizga ijro etilgan yoki byudjet xarajatlari YAIM ga nisbatan 25,0 foizni tashkil etdi. Byudjet tashkilotlarining qariyb 33,6 trln. soʻmlik ish haqi va unga tenglashtirilgan toʻlovlari hamda 7,1 trln. soʻmlik ish haqiga nisbatan ajratmalari oʻz muddatlarida toʻliq moliyalashtirib berilgani muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |