«makroiqtisodiyot»


O‘zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning xususiyatlari



Download 0,73 Mb.
bet8/9
Sana07.04.2022
Hajmi0,73 Mb.
#533449
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Davlat qarzi osishining makroiqtisodiy oqibatlari

O‘zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida uning xususiyatlari.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan fiskal siyosatni yanada takomillashtirish, soliqlar va byudjet xarajatlaridan iqtisodiyotni barqaror o‘stirishni rag‘batlantirishning amaliy vositalari sifatida foydalanish borasida chora-tadbirlar belgilanayotganda bugun jahon iqtisodiyotida yuzaga kelgan va mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o‘z ta’sirini o‘shtkazayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini hisobga olish zarur bo‘ladi.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti jahon xo‘jalik va iqtisodiy-moliyaviy tizimiga integratsiyalashgan bir sharoitda jahon moliyaviy inqirozi, avvalo uning oqibatlari bizga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bu ta’sirlar quyidagilar:

  • jahon bozorida talabning pasayishi natijasida O‘zbekiston eksport qiladigan mahsulotlarga talab vaularning narxi tushib ketishi( natieada eksport uchun mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati yomonlashadi;

  • mamlakatimizga investitsiya qilishi mumkin bo‘lgan potensial xorijiy investorlar moliviy ahvolining yomonlashuvi natijasida xorijiy investitsiyalar miqdorining ehtimol tutilgan pasayishi.

“Dunyoning nufuzli ekspertlari tomonidan bildirilayotgan fikrlarga ko‘ra, bu inqiroz joriy yilda va 2010 yilda ham davom etishi va ehtimol yanada chuqurlashishi kutilmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda, o‘z-o‘zidan ayonki, mamlakatimizda jahon iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha 2009 -2012 yillarga mo‘ljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi choralar dasturi O‘zbekistonni 2009 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi”.

Dasturda belgilangan asosiy chora-tadbirlar yo‘nalishlari quyidagilardir:


1) eksportga mahsulot chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash va barqaror ishlashini ta’minlash;
2)mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga bo‘lgan ichki talabni rag‘batlantirish;
3)iqtisodiyotning real sektori sohasidagi investitsion faollikning resurs bazasini kengaytirish va o‘sishini ta’minlash;
4)elektr-energetika sohasini modernizatsiyalash, energiya sig‘imini qisqartirish hamdaenergiya tejamkorlik tizimini joriy etish;
5)kichik biznes rivojlanishini qo‘llab quvvatlash, aholi bandliligi va yangi ish o‘rinlari tashkil etishga ko‘maklashishni kuchaytirish.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini tubdan tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv rolini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga oshirish, zamonaviy bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida o‘z vaqtida boshlangan, chuqur o‘ylangan va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan ishlar natijasida keyingi yillarda eksport sohasida katta yutuqlar qo‘lga kiritildi.
2008 yilda eksport 28,7 % ga, tashq savdoning ijobiy saldosi 78,3 % ga oshdi.
Eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash borasida 2009 yilda quyidagi fiskal choralar ko‘rilmoqda:
-korxonalarning byudjet, byudjetdan tashqari fondlar, kommunal xo‘jaligi oldidagi qarzlari bo‘yicha penyalarni hisobdan o‘chirish;
-ortiqcha to‘langan qo‘shimcha qiymat solig‘i summasini korxonalarga qaytarish muddatini 10 kunga, ya’ni 30 kundan 20 kungacha qisqartirish;
- “tayyor mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, xorijiy investitsiya ishtirokida tashkil etilgan korxonalarni byudjetga barcha turdagi soliq va to‘lovlardan – qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno – ozod qilish muddatini 2012 yilgacha uzaytirish”;
-o‘z vaqtida valyuta tushumlari kelib tushmaganligi uchun jarima choralari
hisoblanadigan muddatni 30 kundan 60 kungacha uzaytirish.
Investitsiyalar hajmining qisqarishiga yo‘l qo‘ymaslik iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi shartlaridan biridir.
2009 yilda mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etiladigan xorijiy investitsiya hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko‘payadi, buning to‘rtdan uch qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalardir.
2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi ham barqaror rivojlandi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag‘batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada so‘nggi olti yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes sub’ektlari soni 1,9 barobar ko‘paydi va 2008 yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi.
2008 yilda kasanachilar tomonidan 34 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarildi va xizmatlar ko‘rsatildi. Kasanachilik uchun ish o‘rinlari ochgan korxonalar, shu borada o‘zlariga berilgan imtiyozlar hisobidan 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni tejashga erishdi.
Inqirozga qarshi chora tadbirlar qatorida 2009 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga kamaytirildi, moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona soliq to‘lovidan 3 yil muddatga ozod etildi. Bunda mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob qilishga yo‘naltiriladigan qismi 5 yil muddatga soliqdan ozod etildi.
Shuningdek, Inqirozga qarshi choralar dasturida 2009 yilda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 foizga kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Bu chora tadbirlar sanoat tarmoqlarini barqaror rivojlantirish, sanoat ishlab chiqarishinig YaIMdagi ulushi orttirish, tejamkor texnologiyalar joriy qilish uchun moliyaviy resurslarni kengaytirish, mahsulot tarnnarxini pasaytirish imkonini beradi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida milliy iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini kengaytirish katta o‘rin tutadi. Respubliukamizda inqirozga qarshi dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko‘paytirish mo‘ljallanmoqda.
2008 yilda jahon bozorlarida oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin ko‘tarilishi ro‘y berdi. Bunday sharoitda oziq-ovqatmahsulotlarining ishonchli ta’minotini izdan chiqarmaslik, ichki ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish maqsadlarida oziq ovqat ekinlari maydonini kengaytirish to‘g‘risida O‘zbekiston respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi. Bu qarordan tashqari oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qabul qilingan dasturlarda mamlakatimiz ishlab chiqarish korxonalari uchun keng ko‘lamli rag‘batlantirish tizimi nazarda tutilgan. “Jumladan, ular uchun 2012 yilning 1 yanvarigacha quyidagi soliq va bojxona imtiyozlari berilmoqda:
go‘sht va sutni qayta ishlashga ixtisoslashgan mikrofirma va kichik korxonalar uchun bo‘shagan mablag‘larni ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilishga maqsadli ravishda yo‘naltirish sharti bilan yagona soliq to‘lovi stavkasini 50 foizga qisqartirish;
tayyor nooziq-ovqat tovarlarning muayyan turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarni foyda va mulk soliqlaridan, mikrofirma va kichik korxonalarni yagona soliq to‘lovidan ozod qilish”
Inqirozga qarshi dastur doirasida davlat byudjeti va maqsadli nobyudjet davlat jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni qo‘llab quvvatlash choralari ko‘rilmoqda.
Davlat byudjetidan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta miqdorda moddiy resurs va mablag‘lar ajratilmoqda. Faqat o‘tgan 2008 yilning o‘zida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining eng muhim turlarini yetishtirish uchun 1 trillion so‘m, jumladan, paxta tayyorlashga – 800 milliard so‘m, g‘alla yetishtirishga 200 milliard so‘m mablag‘ avans tariqasida berildi. 2009 yilda ushbu maqsadlar uchun 1 trillion 200 milliard so‘m yo‘naltiriladi.
Ichki talabni rag‘batlantirish maqsadlarida 2009 yilda byudjet tashkilotlari ishchilarining oylik ish xaqilarini, pensiya, stependiyalarni nafaqalarni 1,3 marta oshirish, ta’lim xarajatlarini YaIMga nisbatan 7,5% gacha sog‘liqni saqlashga 2,7%ga va markazlashgan investitsiyalar hajmini YaIMga nisbatan 1,7%ga oshirish ko‘zda tutilmoqda.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida mamlakatni barqaror rivojlantirishga qaratilgan bu chora tadbirlar kompleksni amalga oshirilishi O‘zbekiston iqtisodiyotida iqtisodiy o‘sishni va makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xalqimiz turmush farovonligini oshirish imkonini beradi.
Xulosa
Bundan tashqari, hozirgi kunda dolzarb boʻlgan Inqirozga qarshi kurashish jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlarning sarflanishida koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga jalb etilgan tibbiyot muassasalarida 70,7 mlrd. soʻmlik xato va kamchiliklar, amaldagi qoidalarga rioya etmaslik holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlangan.
Byudjetni shakllantirish va ijrosini taʼminlashda deputatlar koʻp eʼtibor bera boshlagan masalalardan yana biri bu — natijadorlik. Bu borada byudjet tizimida endigina aniq chora-tadbirlar koʻrila boshladi, desak toʻgʻri boʻladi. Buning uchun byudjet tizimida “Natijaga yoʻnaltirilgan byudjet”ni shakllantirish va ijrosini taʼminlashda jiddiy oʻzgarishlar qilinishi kerak. Shuni hisobga olgan holda deputatlarimizda Moliya vazirligi va boshqa mutasaddi vazirlik va idoralarga koʻplab savollar boʻlishi, tabiiy.
Yana bir muhim masalalardan biri bu — Davlat investitsiya dasturiga ijtimoiy sohani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mablagʻlardir. Deputat — xalq vakili. Shu tufayli elektoratni qiynaydigan gaz, ichimlik suvi, elektr taʼminoti, yoʻllar, bogʻcha, maktab va sogʻliqni saqlash masalalari 9 oy yakunlari boʻyicha ham, shuningdek, 2021-yil uchun Davlat byudjeti qonuni loyihasining muhokama markazida boʻlishi, tabiiy.
Bu muhokamalardan pirovard maqsad — faqat yutuqlarni eʼtirof etish emas, balki yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni aniqlash, ularni keltirib chiqarayotgan omillarning tub mohiyatiga yetish, bulardan toʻgʻri xulosalar chiqarishdir. Koʻrib, kuzatayotganingizdek, muhokamalar tanqidiy ruhda oʻtmoqda. Albatta, Davlat byudjetining 9 oylik yakuni boʻyicha deputatlar xulosalari Davlat byudjetining yangi loyihasini sifatli tayyorlashga zamin boʻlishiga shubha tugʻdirmaydi.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish