Qozog'iston tashqi qarzi 7 oydan beri to'xtovsiz o'sib bormoqda



Download 55,54 Kb.
Sana17.12.2019
Hajmi55,54 Kb.
#30824
Bog'liq
news of economic

Qozog'iston tashqi qarzi 7 oydan beri to'xtovsiz o'sib bormoqda

 08:35 / 11.10.2017 

2017 yil 1 iyul holatiga ko'ra, Qozog'iston tashqi qarzi 167,8903 mlrd. dollarni tashkil etdi, deya xabar berdi Qozog'iston Milliy bankining matbuot xizmati.

Ma`lumotlarga qaraganda, ushbu miqdorda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzlar 13,9576 milliard dollarni tashkil etadi. Bu tashqi qarzning 8,3 foiziga teng. Ushbu miqdordan davlatning tashqi qarzi 13,241 mlrd. dollardir.

Ta`kidlash joizki, davlat va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz 2017 yilning apreliga nisbatan kamaygan. O'shanda bu ko'rsatkich 14,1139 milliard dollarni tashkil etgandi. Eslatib o'tamiz, 2017 yil 1 yanvar holatiga ko'ra Qozog'iston tashqi qarzi 163,715 milliard dollarni tashkil qilgan.

«Alpari» kompaniyasining tahlil departamenti rahbari o'rinbosari Natalya Milchakova qayd etganidek, Qozog'istonda aholi jon boshiga tashqi qarzning ko'rsatkichi 8 740 dollarni tashkil etadi.

Uning so'zlariga ko'ra, mutlaq ravishda bu raqam vaziyatdan bexabar odam uchun qo'rqinchli ko'rinishi mumkin, har qanday oddiy fuqaro o'zining erkin irodasi bilan deyarli to'qqiz ming dollarga qarzdor bo'lishni istamaydi, biroq jahon miqyosida bu ko'rsatkich tashvishga solmasligi kerak.

«Misol uchun, Buyuk Britaniya uchun ushbu raqam kishi boshiga 150 ming dollardan ortiq, Belgiya, Norvegiya, Finlyandiyada aholi jon boshiga 100 ming dollar, AQSh uchun 60 ming dollar, Germaniya uchun 70 ming dollardan ortiqni tashkil etadi. Rossiyada aholi jon boshiga atigi 3,5 ming dollarga teng. Afsuski, aholining ko'pligi ham muhimdir, shuning uchun Rossiya va Xitoyda aholi jon boshiga tashqi qarz ko'rsatkichlari juda past darajada», - deya izoh beradi tahlilchi.

Milchakovaning tushuntirishicha, aholi jon boshiga tashqi qarz ko'rsatkichi mamlakatning va aholining qarz yuki hajmini aks ettiradi, chunki davlat ma`lum vaqt ichida qaytarilishi kerak bo'lgan pulni chet eldan oladi. Bu ko'rsatkich qanchalik baland bo'lsa, tashqi qarz beruvchilarga ma`lum bir mamlakatning har bir fuqarosi shunchalik «qarzdor» bo'ladi. Ko'rsatkichning o'zi hech narsaga ta`sir qilmaydi, bu faqat hukumat va chet eldan qarz olish to'g'risida qaror qabul qiladigan hukumatning iqtisodiy bloki uchun indikator. 

MDH mamlakatlari orasida, Xalqaro iqtisodiy forumga ko'ra, Ukraina tashqi qarzlarning hajmi bo'yicha 80,2 foizlik ulush bilan birinchi o'rinni egallaydi. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha ikkinchi o'rin Qirg'iziston (68,8 foiz), uchinchi pog'ona esa Armanistonga (46,6 foiz) tegdi. Reytingda to'rtinchi o'rinni Moldova (42 foiz) egalladi. Ozarboyjon (36,1 foiz) beshtalikni yakunlab bergan bo'lsa, Tojikiston oltinchi o'rindan joy oldi. Yettinchi o'rinni Qozog'iston 23,3 foizlik ulush bilan egalladi. Rossiya (17,7 foiz) sakkizinchi. O'zbekiston borasidagi ma`lumotlar taqdim etilmagan.

AQShning dunyo davlatlaridan qarzi qancha ekani ma`lum qilindi

Iqtisodiyot

 09:50 / 19.10.2017 23823

Amerika moliya vazirligi Amerika Qo'shma Shtatlarining boshqa davlatlardan olgan moliyaviy majburiyatlariga doir ma`lumotlarni e`lon qildi. Unda AQShning qaysi davlatdan qancha miqdorda qarz ekaniga oydinlik kiritiladi. 

Ma`lum bo'lishicha, XXR 2017 yil avgust oyi holatiga ko'ra, 1.2 trln dollar miqdorida qarz bergan. Ikkinchi o'rinda borayotgan Yaponiya hukumatining Amerika g'aznasida 1,1 trln dollar miqdorida puli bor. Kuchli beshlikda, shuningdek Irlandiya (307 mlrd), Braziliya (273,6) va Kayman orollari (260 mlrd) bor. 

Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Lyuksemburg, Hong Kong va Tayvan eng ko'p qarz bergan o'nta mamlakatga kiradi. 

Umuman Amerikaga yirik miqdorda qarz bergan davlatlar soni 34 tani tashkil etadi. 

AQShning dunyo mamlakatlaridan jami qarzdorligi 2017 yil avgust holatiga ko'ra, 6 trln 269 mlrd 700 mln dollardan iborat. 

Xitoy YaIM 2017 yil 3-choragida 6,8 foizni tashkil etdi

Iqtisodiyot

 08:53 / 19.10.2017 2019

Xitoy YaIM (yalpi ichki mahsuloti) 2017 yil uchinchi choragida o'tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 6,8 foizga o'sdi. Bu haqda Reuters agentligi rasmiy ma`lumotlarga tayangan holda xabar qilmoqda. 

Ta`kidlanishicha, tahlilchilar ham deyarli shunday natijani kutishgan. O'tgan yilning shu choragida bu raqam 6,9 foizni tashkil etgan. 

Xitoy hukumati esa, yil yakuniga kelib YaIM o'sishi o'tgan yilgi 6,7 foizga nisbatan pasayib, 6,5 foizni tashkil etishini kutmoqda.

Xitoyda sentabr oyi inflyatsiya darajasi ma`lum qilindi

Iqtisodiyot

 13:40 / 16.10.2017 4482

Xitoyda iste`mol narxlari indeksi (CPI) sentabr oyida o'tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda 1,6 foizga oshdi. Ammo bu boradagi raqam o'tgan ko'rsatkichlaridan past bo'lib, ekspertlar taxminlariga mos kelgan. Bu haqda RIA Novosti Xitoy davlat statistika byurosiga asoslangan holda. 

Sentyabr oyi ko'rsatkichi avgust oyi CPI raqamidan 1,8 foizga past bo'lgan. Ekspertlar o'tgan oydagi pul qadrsizlanishi 2,0 foizdan oshmasligini taxmin qilishgan edi.

Ishlab chiqaruvchilar narxlari indeksi (PPI) sentabrda o'tgan yilning shu davriga nisbatan 6,9 foizga o'sgan va tahlilchilarning bu boradagi taxminlariga mos kelmagan. 

O'tgan oyda shaharlardagi inflyatsiya 1,7 foizga, qishloq hududlarida 1,4 foizga o'zgargan. Hisobot davrida iste`mol mollari narxi 1,4 foiz qimmatlashgan bo'lsa, noiste`mol mahsulotlar qiymati 2,4 foizga oshgani xabar qilinmoqda. 

Umuman, mamlakatdagi pul qadrsizlanishi joriy yil 9 oyi mobaynida o'tgan yilning shu davriga nisbatan 1,5 foizni tashkil etgan. 

Vanuatu hukumati fuqarolikni bitkoinlarga sotib olishga ruxsat berdi

Iqtisodiyot



 14:10 / 15.10.2017 4027

Фото: Reuters

Vanuatu hukumati fuqarolik uchun bitkoin bilan hisoblashishga ruxsat bergan dunyodagi birinchi mamlakat bo'ldi. Interfax shu haqida xabar berdi. 

Investitsion fuqarolik narxi 200 ming dollarni tashkil qilmoqda, bu joriy kursda - 35 bitkoindan kamroq. 

Vanuatu fuqaroligi 116 davlatga, shu jumladan Yevropaning aksariyat mamlakatlariga vizasiz kirish huquqini beradi. Bu ko'rsatkich bo'yicha Vanuatu Arton Capital kompaniyasining Passport Index reytingida 34-o'rinni egallaydi. 

Bundan tashqari, Vanuatuda daromad solig'i va meros solig'i yo'q, shuningdek kompaniyalar daromadiga soliq stavkasi nolga teng. Vanuatu turistik xizmatining ogohlantirishicha, mamlakatda hatto choy haqi degan narsaning o'zi yo'q. 

Biroq tropiklardagi hayot tavakkalga to'la. Oktyabr oyi boshida shimoliy Oba oroli aholisi Manaro-Vui vulqoni otilishi sabab evakuatsiya qilinishiga to'g'ri keldi. 

Vanuatu respublikasi - Melaneziyadagi davlat bo'lib, u Tinch okeani janubidagi Yangi Gebridlar arxipelagidagi 83 orolda joylashgan. Aholi soni 2016 yilda 277,5 ming kishini tashkil qilgan. 

Britaniyaning New Economics Foundation tahlil markazi Vanuatuni dunyodagi eng baxtli mamlakatlarning to'rtinchisi, deb hisoblaydi. 

Kiyev Jahon savdo tashkilotiga Rossiya ustidan navbatdagi marta arz qildi

Iqtisodiyot



 08:11 / 14.10.2017 6246

Фото: Global Look Press

Kiyev Jahon savdo tashkilotiga Moskvaning Ukrainadan oziq-ovqat mahsulotlari va gulqog'ozlar importiga taqiqlovi yuzasidan arz qildi. Bu Kiyevning Rossiya ustidan JSTga uchinchi arzi hisoblanadi.

"Ukraina Rossiyaning JST doirasidagi xalqaro majburiyatlarini bajarishdan bosh tortishini istisno qilish maqsadida barcha imkoniyatlardan foydalanishda davom etmoqda", deb aytilgan Ukraina iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligida. 

Vazirlik ma`lumotlariga ko'ra, Rossiya 2013-2015 yillarda Ukrainada ishlab chiqarilgan sharbatlar, qandolatchilik mahsulotlar va gulqog'ozlar importiga bir qator cheklov kiritgan. Ushbu cheklovlar Rospotrebnadzor qarorlariga asoslangan, biroq Ukraina ularni Rossiyaning JST oldidagi majburiyatlariga mos kelmaydi, deb ta`kidlamoqda.



JSTda Ukrainaning Rossiya ustidan topshirgan yana ikkita arzi bor: birinchisi Rossiyaga Ukraina vagonlari importi bilan, ikkinchisi Ukraina tovarlarining Rossiya hududi bo'ylab tashilishiga taqiqlov bilan bog'liq.

Moskva, o'z navbatida, JSTga Kiyev tomondan Rossiya tovarlari va xizmatlariga nisbatan muntazam taqiqlov kiritilishi bo'yicha shikoyat yo'llagan.
Download 55,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish