Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari bir xil: byudjet-soliq va pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati ham ajratib ko’rsatiladi.
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo kapital quyilishi jarayonining ichki foiz stavkasining jahon foiz stavkasiga nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi) sababli murakkablashadi.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash muammosi tovar, pul va valyuta bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.
Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash makroiqtisodiy tartibga solishning muhim muammosi sifatida yuzaga chiqadi, chunki u ichki va tashqi o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab etadi.
Ochiq iqtisodiyotda iqtisodiy siyosat tahlili Mandell-Fleming modeliga asoslangan holda amalga oshiriladi. Bu model qisqa muddatda iqtisodiyotni muvozanatlashtirishni ifodalaydi va kichik ochiq iqtisodiyot uchun IS-LM modelining modifikatsiya qilingan shakli hisoblanadi. Ikkala model ham baholarning o’zgarmasligini nazarda tutadi va yalpi talab hajmining o’zgarishi sabablarini tushuntiradi. Ular o’rtasidagi asosiy farq shundaki, IS-LM modeli- yopiq iqtisodiyot modeli, Mandell-Fleming modeli esa ochiq iqtisodiyot modeli ekanligidadir.
Ichki va tashqi muvozanat muammosi, ko’pincha, IS-LM modelining
modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib tahlil qilinadi. VV egri chizig’i to’lov balansining muvozanatli darajasini tasvirlaydi. Model ham qayd qilingan, ham erkin suzib yuruvchi valyuta kursi rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi.
Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflardaturlixilsiyosatlarningta’sirlarinio’rganishuchunbumodeldanfoydalanamiz. Ko’ribturganingizdek,Mandell-Flemingmodelibizoldingiboblardafoydalangan komponentlardanqurilgan. Asosiytaxmin:mukammalcapitaloqimgaegabo’lgankichikochiqiqtisodiyot Mukammal kapital oqimga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot haqidagifarazlardan boshlaymiz. bu faraz shundan iboratki mamlaktdagi foiz stavkasi r,jahon foiz stavkasi r* bilan belgilanadi. Matematik jihatdan, buni quyidagichayozishimiz mumkin 27