Pul bozori va LM*egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli IS-LM modelidan tanish bo’lgan pul bozori tenglamasini ko’rsatib beradi.
M/P = L(r, Y).
Bu tenglik real pul taklifi M/P talabga L(r, Y) tengligini ko’rsatadi. Real pulga talab foiz stavkasiga teskari bog’liq va daromadga to’g’ri bog’liq. Pul taklifi M egzogen o’zgaruvchi hisoblanadi va Markaziy bank tomonidan boshqariladi. Mandell-Fleming modeli qisqa muddatli tebranishlarni tahlil qilish uchun yaratilganligi, P narx darajasi tashqi belgilangan deb faraz qilinadi. Yana bir bor, mahalliy foiz stavkasi bilan jahon foiz stavkasiga teng degan farazlarni keltiramiz. Shuning uchun r = r* ga teng.
M/P = L(r*, Y ).
LM tenglamasini ko’raylik. Biz buni grafikda ifodalashimiz mumkin, 14-2 rasm (b) paneli. LM egri chizig’i vertical chunki valyuta kursi LM tenglamasiga kirmaydi. Jahon foiz stavkasi berilgan, LM tenglamasi yalpi daromadni belgilaydi. 14-2 rasm LM egri chizig’i qanday qilib jahon foiz stavkasidan kelib chiqqani va LM egri chizig’i qanday qilib foiz stavksi va daromadni bir biriga bog’lashini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |