Qisqa muddatli davrda ichki muvozanat muammosi, birinchi navbatda



Download 18,07 Kb.
Sana14.07.2021
Hajmi18,07 Kb.
#118520

1-savol

Mandell Flemingning ochiq iqtisodiyot modeli  Ichki muvozanat - inflyatsiya jarayonlari mavjud bo’lmagan ( yoki uning barqaror 
past darajasidagi)  to’liq bandlik sharoitida talab va taklifning balanslashganligidir. 
Qisqa  muddatli  davrda    ichki  muvozanat  muammosi,  birinchi  navbatda, 
byudjet-soliq  va pul-kredit siyosati  vositasida yalpi talabni tartibga solish orqali 
ta’minlanadi.  Tashqi  muvozanat    qayd  qilingan,  yoki  suzib  yuruvchi  valyuta  kursi  sharoitida 
to’lov balansining nolga teng qoldig’ini ta’minlab turilishni anglatadi.  
Alohida holatlarda bu muammo ikki  o’zaro mustaqil qismga bo’linadi: 
a) joriy operatsiyalar balansining belgilangan holatini ta’minlab turish; 
b) valyuta zahiralarining aniq belgilangan miqdorini saqlab turish. 
Tashqi va ichki muvozanatni ta’minlab turish usullari  bir xil: byudjet-soliq va 
pul-kredit siyosati. Ayrim hollarda mustaqil usul sifatida almashinuv kursi siyosati 
ham ajratib ko’rsatiladi. 
Tashqi muvozanatni ta’minlash kapital harakatining mobilligi ( mamlakatlararo 
kapital  quyilishi  jarayonining    ichki  foiz  stavkasining  jahon  foiz  stavkasiga 
nisbatan o’zgarishiga javoban keskinlashuvi)  sababli murakkablashadi.  
Ichki  va  tashqi  muvozanatni  ta’minlash  muammosi  tovar,  pul  va  valyuta 
bozorlarining amal qilishiga ta’luqlidir.Ichki  va  tashqi  muvozanatni  ta’minlash  makroiqtisodiy  tartibga  solishning muhim  muammosi  sifatida  yuzaga  chiqadi,  chunki  u  ichki  va  tashqi 
o’zgaruvchilarning bir-biriga o’zaro ta’sirini va qayta ta’sirini ko’zda tutishni talab 
etadi.Ochiq  iqtisodiyotda  iqtisodiy  siyosat  tahlili  Mandell-Fleming  modeliga 
asoslangan  holda  amalga  oshiriladi.  Bu  model  qisqa  muddatda  iqtisodiyotni 
muvozanatlashtirishni  ifodalaydi  va  kichik  ochiq    iqtisodiyot  uchun  IS-LM 
modelining  modifikatsiya  qilingan  shakli  hisoblanadi.  Ikkala  model  ham  
baholarning  o’zgarmasligini  nazarda  tutadi  va  yalpi  talab  hajmining  o’zgarishi 
sabablarini  tushuntiradi.  Ular  o’rtasidagi  asosiy  farq  shundaki,    IS-LM  modeli-
yopiq  iqtisodiyot  modeli,  Mandell-Fleming  modeli  esa  ochiq  iqtisodiyot  modeli 
ekanligidadir. 
Ichki  va  tashqi    muvozanat  muammosi,  ko’pincha,    IS-LM  modelining 
modifikatsiya qilingan shakli vositasida, unga uchinchi- VV egri chizig’i qo’shilib 
tahlil  qilinadi.  VV  egri  chizig’i  to’lov  balansining  muvozanatli  darajasini 
tasvirlaydi.  

2-savol

Model    ham  qayd  qilingan,  ham  erkin  suzib  yuruvchi  valyuta  kursi 
rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi. 
Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda 
turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz.  
Ko’rib  turganingizdek,  Mandell-Fleming  modeli  biz  oldingi  boblarda 
foydalangan komponentlardan qurilgan.   
Asosiy  taxmin:  mukammal  capital  oqimga  ega  bo’lgan  kichik  ochiq 
iqtisodiyot 
Mukammal  kapital  oqimga  ega  bo’lgan  kichik  ochiq  iqtisodiyot  haqidagi 
farazlardan  boshlaymiz.  bu  faraz  shundan  iboratki  mamlaktdagi  foiz  stavkasi  r, 
jahon  foiz  stavkasi  r
*
  bilan  belgilanadi.


Model    ham  qayd  qilingan,  ham  erkin  suzib  yuruvchi  valyuta  kursi 
rejimlari uchun va kapital mobilligining turli darajalariga moslab tuziladi. 
Bu bobda biz Mandell-Fleming modelini quramiz va keyingi paragraflarda 
turli xil siyosatlarning ta’sirlarini o’rganish uchun bu modeldan foydalanamiz.  
Ko’rib  turganingizdek,  Mandell-Fleming  modeli  biz  oldingi  boblarda 
foydalangan komponentlardan qurilgan.   
Asosiy  taxmin:  mukammal  capital  oqimga  ega  bo’lgan  kichik  ochiq 
iqtisodiyot 
Mukammal  kapital  oqimga  ega  bo’lgan  kichik  ochiq  iqtisodiyot  haqidagi 
farazlardan  boshlaymiz.  bu  faraz  shundan  iboratki  mamlaktdagi  foiz  stavkasi  r, 
jahon  foiz  stavkasi  r
  bilan  belgilanadi.  Matematik  jihatdan,  buni  quyidagicha 
yozishimiz mumkin 
Bu  jahon  foiz  stavkasi  egzogen  o’zgaruvchidir,  chunki  biz  ko’rayotgan 
mamlakat  dunyo  iqtisodiyoti  bilan  shunchalik  kichikki,  u  dunyo  moliyaviy 
bozoridan  qarz  olishi  yoki  qarz  berishi  jahon  foiz  stavkasiga  hech  qanday  ta’sir 
qilmaydi. 
Mukammal  kapital  oqimi  to'g'risidagi  fikrlar  oddiy  tenglama  bilan 
ifodalansada, bu tenglama ko’rsatadigan takomillashgan jarayonning ko’rinishini 
yo’qotmaslik muhim hisoblanadi. Faraz qiling, birorta vaziyat sodir bo’ldi buning 
natijasida  jahon  foiz  stavkasi  ko’tariladi.  Kichik  ochiq  iqtisodiyotda, 
mamlakatdagi foiz stavkalari qisqa muddatga biroz ko’tarilishi mumkin ammo bu 
vaziyat  sodir  bo’lishi  bilan  xorijliklar  bu  mamlakatga  qarz  berishni  boshlashadi 
(misol uchun shu mamlaktning obligatsiyalarini sotib olish bilan). Capitalni kirib 
kelishi  mamlakat  ichidagi  foiz  stavkasini  r*  ga  tomon  pasaytiradi.  Xuddi 
shuningdek,  agar  har  qanday  hodisa  mamlakat  foiz  stavkasini  pasaytirishni 
boshlasa, capital yuqoriroq foiz topish maqsadida chetga oqib chiqib ketardi va bu 
capital oqimi ichki foiz stavkasini yana r* gacha qaytaradi. Bundan keyin r = r* 
tenglama kapitalning xalqaro oqimi ichki foiz stavkasini jahon foiz stavkasi bilan 
teng saqlab turishga yetadi degan tahminni yuzaga chiqaradi.


3-savol

Kapitalning  oqib  ketishiga  va  o’z  navbatida    milliy  valyutaning 


qadrsizlanishi darajasiga ta’sir ko’rsatgani uchun ham kapitalning mobilligi muhim 
ahamiyatga egadir. 
Ammo,   pul-kredit siyosati  murakkab etkazib berish mexanizmiga egaligi 
sababli    uning  ishlab  chiqarish  hajmiga  ijobiy  ta’siri  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishning ichki rag’batlari ( foiz stavkasining pasayishi) orqali emas, balki 
ko’proq  tashqi  dunyo  orqali  ro’y  beradi  deb  tasavvur  qilish  mumkin.  Boshqacha 
aytganda,  kapitalning  chiqib  ketishi  va  valyutaning  qadrsizlanishi  sharoitida 
mamlakat  mahsulotlariga  talabning  o’sishi    uning  eksportiga  talabning  oshishi 
hisobiga  ro’y  beradi.    Shu  sababli    pul  siyosatining  ichki  balansga    ijobiy  ta’siri 
o’ziga xos xususiyatga ega. Suzib yuruvchi valyuta kursi sharoitida byudjet-soliq 
siyosatining  samaradorligini  baholash  yanada  murakkabroqdir.Ma’lumki,  davlat 
xarajatlarining  ortishi  ichki  va  tashqi  muvozanatga  ikki  yo’nalishda:  daromad 
orqali  va  foiz  stavkasi  orqali  ta’sir  ko’rsatadi.  Daromadlarning  ortishi( 
multiplikator  samarasi  orqali)  importni  ko’paytiradi,  savdo  balansini 
yomonlashtiradi  va  milliy  valyutaning  kursini  pasaytiradi.  Davlat  xarajatlarining 
ortishi,  shuningdek,  hukumat    olayotgan  qarzlarini  ko’paytirayotganligini  
anglatadi, bu esa foiz stavkalarining ortishiga olib keladi. Yuqoriroq foiz stavkalari 
esa  xorijdan kapital oqib kelishini rag’batlantiradi. Bu esa milliy valyuta kursini 
oshiradi va kapital harakati schyotini yaxshilaydi. Yakuniy natija esa  kapitalning 
mobilligi darajasiga bog’liq bo’ladi. 
 Kapitalning past mobiligi sharoitida  byudjet ekspantsiyasi daromad orqali 
ko’proq  ta’sir  ko’rsatadi.  Kapitalning  uncha  ko’p  bo’lmagan  miqdorda    oqib 
kelishi  savdo balansining taqchilligini  qoplay olmaydi va oqibatda  valyuta kursi 
pasayadi. 
Milliy  valyutaning  arzonlashishi  eksportning  o’sishi  uchun  qulay  sharoit 
yaratadi  va  to’lov  balansining  taqchilligini  bartaraf  qilish  imkonini  beradi. 
Eksportning  ortishi,  shuningdek,  byudjet  ekspantsiyasining  ichki  ishlab 
chiqarishga ijobiy ta’sirini to’ldiradi. 
  Shu  bilan  birga  kapitalning  mobilligi    ortib  borishi  bilan    kapital 
schyotining  to’lov balansi va valyuta kursiga ta’siri kuchaya boradi.  Kapitalning 
yuqori mobilligi sharoitida uning oqib kelishi sababli ro’y bergan valyuta kursining  
ko’tarilishi  tendentsiyasi  ustunlik  qiladi.  Bu  eksportning  qisqarishiga  va  savdo 
balansi  taqchilligining  ortishiga  olib  keladi.    Kapitalning  katta  miqdorda  oqib 
kelishi  bu  taqchillikni  qoplash  va  to’lov  balansini  muvozanatlashtirish  imkonini 
beradi.  Ammo  byudjet  ekspantsiyasining ishlab chiqarish  hajmiga  yakuniy  ta’siri 
deyarli nolga teng bo’ladi.  Bunga kuchli siqib chiqarish samarasi mavjudligi, ya’ni  
xususiy  investitsiyalarni  foiz  stavkasining  oshishi  orqali  va  eksportni  almashinuv 
kursining oshishi orqali siqib chiqarilishi sabab bo’ladi

4-savol

Ichki balansni ta’minlashda esa pul-kredit siyosatidan foydalanish birinchi planga chiqadi. Agar qayd qilingan valuta kursi sharoitida ichki pul siyosati almashinuv kursinini quvvatlab turishni ham ko‘zda tutgan bo‘lsa, suzib yuruvchi valuta kursi sharoitida u bunday vazifadan ozod qilinadi va ichki muammolarni hal qilish uchun samaraliroq ishlatilishi mumkin. Pul taklifini kengaytirish foiz stavkalarini pasaytiradi va xarajatlarning oshishiga olib keladi. Ma’lumki xarajatlarning ortishi importning o‘sishini rag‘batlantiradi va savdo balansini yomonlashtiradi. To‘lov balansining taqchilligi yuzaga kelishiga foiz stavkasining pasayishi sababli kapitalning mamlakatdan chiqib ketishi ham ta’sir ko‘rsatadi. Lekin egiluvchan valuta kursi sharoitida taqchillik saqlanib qolmaydi. Importning o‘sishi va kapitalning oqib ketishi xorijiy valutaga talab oshishiga olib keladi va milliy valuta qadrsizlanadi. Bu qadrsizlanish mamlakat eksportchilarining raqobatbardoshligini kuchaytiradi. Oqibatda savdo balansi yaxshilanadi. Eksportning ortishi mamlakatimiz mahsulotiga bo‘lgan talabning o‘sishini anglatadi va pul massasining dastlabki o‘sishi natijasida yuzaga kelgan iqtisodiy yuksalishni yanada kuchaytiradi.
Download 18,07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish