Ochiq iqtisodiyotning asosiy ko’rsatkichlari quyidagilardir:
YaIMdagi tashqi savdo kvotasi;
ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushi;
g) iste’mol tarkibidagi importning ulushi;
d) investitsiyalar hajmidani xorijiy investitsiyalarning ulushi.
Iqtisodiyotning ochiqligi darajasi odatda mamlakatning tashqi savdosi hajmiga yoki hukumatning siyosiy liniyasiga bog’liq bo’ladi. Masalan, Buyuk
Britaniya iqtisodiyoti nisbatan ochiq hisoblanadi, chunki u tashqi savdoga juda bog’langan. AQSh iqtisodiyoti esa nisbatan yopiqdir, chunki tashqi savdo uning rivojlanishi uchun hal etuvchi rol o’ynamaydi.
Ochiq iqtisodiyot xalqaro hisob-kitoblarda xorijiy valyutadan foydalanishni ko’zda tutadi. U to’lov balansida, xususan joriy operatsiyalar balansi va kapital harakati balansida o’z aksini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |