Majburiyatlar hisobining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari


Majburiyatlar hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari



Download 267,93 Kb.
bet5/18
Sana22.07.2022
Hajmi267,93 Kb.
#837679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DIPLOM ISHI (2)

1.3. Majburiyatlar hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari
Majburiyatlarning huquqiy jihatdan tartibga solish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlarda o’z aksini topgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 4 martdagi PF1938sonli “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to’g’risida”gi Farmoni korxona va tashkilotlarning iqtisodiy nochorligi uchun xo’jalik yurituvchi subyektlar mansabdor shaxslarining mas’uliyatini kuchaytirish, shartnomalarning o’z vaqtida tuzilishi va belgilangan majburiyatlarning lozim darajada bajarilishini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 apreldagi 177 sonli “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning iqtisodiy nochorligi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishi uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish to’g’risida” 1998 yil 4 martdagi PF1938son farmonining bajarilishini ta’minlash choratadbirlari haqida”gi Qarori ham respublikamizda xo’jalik yurituvchi subyektlarning shartnoma majburiyatlarini bajarishga qaratilgan.
Joriy qarzlarni so’ndirish ushbu qarzlar mavjud bo’lmaganda subyektlarning kundalik faoliyatida foydalanishi mumkin bo’lgan resurslarni qo’llashni taqozo etadi. Aynan shu jihati bilan ular uzoq muddatli qarzlardan farq qiladi. Joriy qarzlarni so’ndirish uchun joriy aktivlardan foydalanilgani sababli ularning mavjud bo’lish davri ko’pincha bir xilda – bir yildan ortiq bo’lmaydi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarida mol yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitob muomalalari hisobining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- hisobkitob muomalalarini o’z vaqtida hisobga olish;
- o’zaro hisobkitob muomalalarini o’z vaqtida va to’g’ri xujjatlashtirish;
- mol yetkazib beruvchiilar bilan o’z vaqtida, shartnomada belgilangan hisoblashish shakllariga amal qilishni nazorat qilish;
- qarzlarni qaytarish muddatidan o’tkazib yubormaslik maqsadida debitor va kreditorlar bilan olib boriladigan hisobkitoblarni o’z vaqtida solishtirish;
- hisobkitob to’lov imtizomiga rioya qilinishi ustidan nazorat olib borish.
Buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan foyda va xarajatlar majburiyatlarning buxgalteriya rekonstruktsiyasi natijalaridan tashkil topgan. Ular korxona xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasini o’zgartiradi. Iqtisodiy, yuridik va buxgalteriya nuqtai nazaridan korxona shajburiyatlarining oqibatlari tarzida qaraladigan foyda va xarajatlar kategoriyalarini tahlil qilish mumkin.
Iqtisodiy nuqtai nazardan, foyda berilgan qarz natijasida mablag’larning firma ixtiyoriga kirishi hisoblanadi. Bu talqinda kreditor qarzdorlik o’sishi bilan bog’liq aktivning (mablag’lar) har qanday o’sishi foyda deb tan olinadi.
Mablag’ buxgalteriya hisobida aktivlar tushunchasiga kiradigan firmaning xo’jalik operatsiyalarida unga foyda keltirib, qatnasha oladigan mulkdir, ayni paytda bu foyda firma mablag’lari hajmini oshirish tarzida talqin qilinadi. Bu holda mablag’larni ishlatish imkoniyati mulk huquqini yaratadigan foydalanish huquqini emas, balki mablag’larni o’zining iqtisodiy faoliyatida ishlatish imkoniyatini anglatadi. Masalan, uskunalarni ijaraga olayotib, firma mulk huquqi tegishli bo’lgan uskunada mahsulot ishlab chiqarishi mumkin. Demak, bu nuqtai nazardan, ya’ni ishlab chiqarish vositasining xo’jalik faoliyatidagi roli pozitsiyasidan, ijaraga olingan uskuna to’laligicha korxona xususiy asosiy vositalariga tenglashtiriladi. Demak, ushbu fikrlarni umumlashtirib, aytish mumkinki, iqtisodiy talqinda xarajat korxona egaligidan mablag’ning (aktivlar) har qanday chiqarib yuborilishi, ya’ni xarajat aktivning korxona tomonidan o’zining kontragentlariga qarz berishi bilan bog’liq kamayishi hisoblanadi. Ayni paytda qaysi operatsiyalar natijasida bunday kamayish yuz berishining mutlaqo ahamiyati yo’q. Chunki bu mablag’lar xo’jalik aylanmasidan chiqarib yuboriladi va mana shuning o’zi bu faktni xarajat deb tan olish uchun etarli asos bo’lib xizmat qiladi. Masalan, iqtisodiy nuqtai nazardan korxonaning mahsulot sotishi, ish yoki xizmatlar ko’rsatishi va xaridorlarda ular uchun to’lashdan oldin qarz paydo bo’lishining o’zi xarajatdan boshqa narsa bo’lishi mumkin emas. Shunday qilib majburiyatlar bu tashqi foydalanuvchilar yoki kreditorlar tomonidan biznesda qarzlar yoki haqdorlik munosabatini yuzaga keltirishdir. Majburiyatlar miqdori xo ‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilab beruvchi muhim ko ‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Xo’jalik subyektida majburiyatlar hisobi yuritilishi tartibi tegishli qonun hujjatlari asosida begilab qo’yilgan. Bunda majburiyatlar hisobining tahlilini amalga oshirish korona xarajatlarini minimallashtirishga yordam beradi.
Majburiyatlarga BXXS da «oldin bo’lgan xo’jalik muomilalar yoki faktlar natijasida kelib chiqqan, xisoblanilishi aktivlarning o’tkazilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlar ko’rsatilishi yoki kelgusida iqtisodiy manfaatlarning boshqa yo’l bilan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo’lgan korxonaning majburiyatlaridir" deb taʼrif beriladi. Shunday qilib, majburiyatlar uchta asosiy xususiyatga ega:
1. Majburiyat boshka subʼektga faqat aktivlarni o’tkazish yoki xizmatlar ko’rsatish yo’li bilan qondirilishi mumkin;
2. Majburiyat munozarali bo’lmasligi kerak;
3. Majburiyatni keltirib chiqargan o’rinli bulishi kerak.
Majburiyat berilgan taʼrifga muvofiq qabul qilinganda, u darxol tan olinishi va yozuvlarga kiritilishi kerak. Majburiyatning buxgalteriyada tan olinishi, majburiyat paydo bo’lgan kunda amalga oshirilishi kerak. Majburiyatni keltirib chiqargan xo’jalik muomalasi odatda majburiyatning paydo bo’lish sanasini aniqlab beradi. Joriy majburiyatlar joriy aktivlarga bo’lgan daʼvoni bildiradi. Bu daʼvolar to’lash muddati bir necha yilni tashkil etadigan obligatsiyalar kabi majburiyatlardan farq qiladi. Majburiyatlarning turkumlanishida joriy va uzoq muddatli majburiyatlarni farqlash muximdir. Majburiyatni keltirib chiqaradigan xo’jalik muomalasi, odatda uning summasini o’lchash bazasini xam taʼminlab beradi.



Download 267,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish