Majburiyatlar hisobining amaliy jihatlari va uni yaxshilash yo’llari


Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari



Download 267,93 Kb.
bet2/18
Sana22.07.2022
Hajmi267,93 Kb.
#837679
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DIPLOM ISHI (2)

Bitiruv malakaviy ishini maqsadi va vazifalari. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning moliyaviy barqarorligi, majburiyatlar hisobi va tahlilini nazariy hamda amaliy jihatdan tadbiq etish orqali ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bitiruv malakaviy ishining maqsadi hisoblanadi.
Qo’yilgan maqsadga erishish nuqtayi nazardan bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida majburiyatlar tahlilining nazariy asoslarini tadqiq etish;
- zamonaviy boshqaruvda majburiyatlar tahlilining roli va ahamiyatini o’rganish va ochib berish;
- majburiyatlar hisobi va tahlilining nazariy, uslubiy va huquqiy asoslarini o’rganish;
- majburiyatlar hisobi va tahlilining xalqaro standartlarga asoslangan xorijiy tajribalari bilan tanishish;
- majburiyatlar hisobi va tahlilini yaxshilashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Bituruv malakaviy ishining ob’yekti sifatida respublikamizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlaridan biri bo’lgan “OKS-TECHNOLOGIES” xususiy korxonasining majburiyatlar hisobi va hisoboti olingan.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishini amalga oshirish natijasida erishilgan ilmiy natijalar xo’jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlar hisobi va tahlilining nazariy asoslarini bayon qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Xo’jalik subyektlarida majburiyatlar hisobi va tahlilini takomillashtirish bo’yicha ishlab chiqilgan tavsiyalarni bu borada mavjud bo’lgan amaliy muammolarni yechishga xizmat qilishi ishning amaliy ahamiyatini ifodalaydi.
Bitiruv malakaviy ishining tuzilishi va hajmi. Bitiruv malakaviy ishi tarkibiy tuzilishiga ko’ra kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.


1-BOB. MAJBURIYATLAR HISOBI VA TAHLILINING NAZARIY ASOSLARI

    1. Majburiyatlar, ularning mazmuni, ahamiyati ba buxgalteriya hisobi obyekti sifatidagi tavsifi

Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari majburiyatlarni «Avval amalga oshgan xo`jalik muomalalari yoki hodisalari natijasida kelib chiqqan, qondirilishi aktivlarning o`tkazilishi yoki ishlatilishiga, xizmatlar ko`rsatilishi yoki kelgusida iqtisodiy manfaatlarning boshqa yo`l bilan chiqib ketishiga olib kelishi mumkin bo`lgan korxonaning qarzlaridir” deb ta`riflaydi. Demak, majburiyatlarning asosiy tavsifi shundan iboratki, bunda xo`jalik yurituvchi sub`ekt avvalgi xo`jalik muomalalari yoki hodisalari ta`sirida huquqiy va jismoniy shaxslar oldida yuzaga kelgan qarzdorlik bo`yicha o`z mas`uliyatini tan oladi. Majburiyatlar hisobi va ularni moliyaviy hisobotda aks ettirilish tartibi «Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim qilishning kontseptual asoslari», «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot», «Ijara hisobi» kabi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari asosida tartibga solinadi. Majburiyatlarni buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettirish chog`ida e`tirof etishning tamoyillariga qanchalik tarzda rioya qilinishi hisobga olinadi. Ya`ni majburiyatlar ularni qoplash natijasida iqtisodiy daromad keltirishi mumkin bo`lgan resurslarning chiqib ketishi yuz bersa va bu qoplash miqdorini o`lchash mumkin bo`lsa e`tirof etiladi.
Buxgalteriya hisobining milliy standartlarining holatlariga ko`ra majburiyatlar:
-ularni pul vositasida to`lab berish;
-o`rniga boshqa aktivlarni berish;
-xizmatlar ko`rsatish;
-ushbu majburiyatni boshqasi bilan almashtirish;
-majburiyatni aksiyaga (kapitalga) almashtirish orqali qoplanishi mumkin.
Majburiyat agar kreditor o`z huquqidan voz kechgan yoki u bunday huquqdan mahrum qilingan paytda ham qoplangan deb hisoblanishi mumkin.
Yuqoridagilarni umumlashtirib majburiyatlarni tavsiflovchi quyidagi holatlarini keltirish mumkin:

  • majburiyatlar avval bo’lib o’tgan xo’jalik muomalalari natijasidir;

  • majburiyatlar bir korxonaning ikkinchisiga bo’lgan qarzdorligidir;

  • majburiyatlar korxona aktivlarining kamayishiga sabab bo’luvchi, undiriluvchi qarzdorlikdir.

“Majburiyat” tushunchasining asosiy ta’riflarini muayyan tizimga asoslangan tahlili natijasida quyidagi xulosaga kelindi “majburiyat bir korxonaning ikkinchisiga bo’lgan qarzdorligini ko’rsatuvchi, ularning so’ndirilishi esa, qarzdor korxonaning aktivlarini kamaytiruvchi, oldindan yuz bergan xo’jalik muomalalarning natijasidir”.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda majburiyatlarning yuzaga kelish sabablarini quyidagicha tarkiblash mumkin:

  • iqtisodiy aloqaga kirishayotgan korxonalar tomonidan shartnomaviy majburiyatlarni belgilashga ma’suliyatsizlik bilan yondashuvi, natijada, shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun vujudga kelishi mumkin bo’lgan huquqiy holatlarning shartnoma shartlarida aniq ko’rsatilmaganligi;

  • majburiyatlarning o’z vaqtida, to’liq va aniq hisobi yuritilmasligi;

  • mahsulot, ish va xizmatlarni sotishda hisobkitoblarning zamonaviy shakllaridan keng foydalanmaslik;

  • korxonalarning moliyaviy ahvolini mukammal tarzda tahlil qilinmasligi hamda ularning natijalarini boshqaruv xodimlariga o’z vaqtida taqdim etilmasligi;

  • o’zaro hisobkitoblarda tomonlarning to’lov layoqati pastligi;

  • kredit tashkilotlari bilan mijoz o’rtasida bo’ladigan munosabatlarda korxonalar faoliyatini baholashdagi kamchiliklarning mavjudligi.


Download 267,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish