MUNDARIJA
|
KIRISH……….………………………………………………………
|
3
|
|
|
|
1-bob
|
MAJBURIYATLAR HISOBI VA TAHLILINING NAZARIY VA USLUBIY ASOSLARI………………………………………….
|
6
|
1.1.
|
Majburiyatlar, ularning mazmuni, ahamiyati va buxgalteriya hisobi obyekti sifatidagi tavsifi ……………………........................................
|
6
|
1.2.
|
Majburiyatlar tahlilining maqsadi, vazifalari va moliyaviy boshqaruvda tutgan o’rni ……………………………………..……….
|
8
|
1.3.
|
Majburiyatlar hisobini tashkil etishning uslubiy asoslari……,……….
|
13
|
2-bob
|
MAJBURIYATLAR HISOBINING AMALIY JIHATLARI VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI……………………………...........
|
16
|
2.1.
|
Majburiyatlar hisobini yuritishning amaldagi holati………………….
|
16
|
2.2
|
Majburiyatlar hisobini MHXS asosida tashkil etish va yaxshilash yo’llari…………………………………………………………………
|
38
|
3-bob
|
MAJBURIYATLAR TAHLILI VA UNI TAKOMILLASHTIRISH…………………………………..………
|
44
|
3.1.
|
Majburiyatlar tahlilini tashkil etish va o’tkazish uslubiyoti…………..
|
44
|
3.2.
|
Majburiyatlar tahlilini xorij tajribasi asosida takomillashtirish……….
|
51
|
|
|
|
|
Xulosa…………………………………………………………………
|
58
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………
|
60
|
|
Ilovalar
|
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil va samarali islohotlar natijasi o’laroq respublikada makroiqtisodiy barqarorlik saqlanib qolinmoqda. Buning asosiy omili sifatida mamlakatimizni 2017 — 2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan keng ko’lamli, ta’sirchan va amaliy islohotlarni e’tirof etish o’rinlidir. Biroq, bugungi kunda global miqysoda ro’y berayotgan siyosiy, ijtimoiy muammolar bozor iqtisodiyoti tamoyillarini ham to’laqonli ishlashiga to’sqinlik qilmoqda. Bu esa global iqtisodiy beqarorlik va inqirozlarni keltirib chiqarishi butun dunyo olimlari tomonidan ta’kidlab kelinmoqda. Mana shunday sharoitda biznes subyektlarining moliyaviy barqarorligini saqlab qolish, ularga qulay shart-sharoitlar yaratish va faoliyatning uzluksizligini ta’minlash zamonaviy menejment tizimining eng dolzarb vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Shu o’rinda ta’kidlash joizki, bugungi kunda mahalliy korxonalarda ham kuzatilayotgan muhim moliyaviy muammlolardan biri bu kapital yetishmovchiligidir. Buning natijasida tashqi qarz miqdori ham ortib bormoqda. Shu boisdan, respublikamizda taraqqiyotning yangi bosqichida iqtisodiy sohada amalga oshiriladigan eng ustuvor vazifalar qatoriga quyidagilar kiritilgan:
- Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatoriga kirish uchun zamin yaratish.
- Davlat qarzini boshqarishda yiliga yangi jalb qilingan tashqi qarz miqdori 4,5 milliard AQSh dollaridan oshib ketmasligini ta’minlash.1
Yuqoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash, murakkab moliyaviy munosabatlarni tartibga solish, korxonalar to’lov qobiliyatini yaxshilash va ularning jalb qilingan mablag’lardan samarali foydalanishini ta’minlashda majburiyatlar hisobi va tahlili alohida ahamiyat kasb etadi. Zero, majburiyatlar miqdori xo’jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini belgilab beruvchi muhim ko’rsatkichlardan hisoblanadi.
Xo’jalik yurituvchi subyektlarda resurslarning bir qismi mulkdor hisoblanmagan boshqalar tomonidan kiritiladi yoki korxona bilan korrespondent aloqalarga kirgan yuridik va jismoniy shaxslardan (kreditorlar, mol yetkazib beruvchilar) jalb qilingan mablag’larni tashkil qiladi. Jalb qilingan kapital sifatida xo’jalik subyektining jismoniy yoki yuridik shaxslar oldidagi qarzdorligi natijasida, ya’ni firmaning o’rnatilgan muddatda olingan iqtisodiy resurslarni yoki ularning pul ekvivalentini (tomonlar kelishuviga binoan), shuningdek, ularga hisoblangan mukofotlarni (agar shartnomada bu nazarda tutilgan bo’lsa) egalariga (qarz beruvchilarga) qaytarish majburiyati yuzaga keladi. Mana shu jarayonlarni to’g’ri boshqarish va jalb qilingan kapitaldan maksimal darajada samara olishga erishish uchun menejment tizimi ishonchli va tezkor moliyaviy axborotlar bilan munatazam ravishda ta’minlanishi zarur. Bu esa majburiyatlar hisobi va tahlilining naqadar dolzarbligini namoyon etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ta’kidlash joizki, tanlangan bitiruv malakaviy ishining bugun kun talablariga hamohang va dolzarb hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |