Dunyo miqyosida roʻy berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari. Siyosiy jarayonlardagi integratsiya N.Karimov Reja: - 1. Ilm fan va texnika taraqqiyoti masalalari.
- 2. Dunyo miqyosida ro‘y berayotgan globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari.
- 3. Insoniyatga tahdidlar va ularni hal etishda hamkorlikning roli.
- 4. Xulq atvor strategiyasi va taktikasida subyektivlikning namoyon bo‘lishi.
- 5. Jamiyatning yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tishi.
- 6. Globallashuvning obyektiv maqsadi.
Hozirgi kunda dunyoda ildam qadamlar bilan o`zgarib borayotgan, tobora insoniyat olamini o`z domiga tortib va ularning hayotiga chuqurroq kirib, milliy madaniyati va ma`naviyatiga ta`sir etayotgan globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu jarayon natijasida esa, turli tsivilizatsiyalar, madaniyatlar to`qnashuvi sodir bo`lib, bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi oqibatida millatlar ma`naviyatiga tahdidlar solishiga sabab bo`lmoqda. Bu jarayonni ijobiy va salbiy mohiyatini terang anglagan Prezidentimiz Islom Karimov muallifligi asosida joriy yilda “Ma`naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “YUksak ma`naviyat-engilmas kuch” nomli asarlarining uchinchi bobida “globallashuv jarayonlari va ma`naviy tahdidlar” misolida alohida to`xtalib o`tganlar. Prezidentimiz ushbu asarda globallashuv fenomeni haqida quyidagicha yondashib, “bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”[1][16] kabi o`z fikrlarni bildirib, masalani mohiyatini to`laroq ochib berganlar. Keling, shu o`rinda globallashuv so`zi o`zi nima ekanligi, to`g`rirog`i tub lug`aviy ma`nosini aniqlab olsak, “Global” atamasi frantsuz tilida global-“umumiy”, lotin tilida globus-“shar” degan ma`nolarni anglatadi. YA`ni, globallashuv “hammasini to`liq qamrab oluvchi” atama sifatida sharhlanishi mumkin. Global muammolarning paydo bo`lishi globallashuv kontseptsiyalarining shakllanishiga olib keldi. Hatto bu jarayon natijasida umuminsoniy muammolarni o`rgatuvchi fan-globallashuv (global studies) vujudga keldi. Bu fan markazida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar turadi. - Hozirgi kunda dunyoda ildam qadamlar bilan o`zgarib borayotgan, tobora insoniyat olamini o`z domiga tortib va ularning hayotiga chuqurroq kirib, milliy madaniyati va ma`naviyatiga ta`sir etayotgan globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu jarayon natijasida esa, turli tsivilizatsiyalar, madaniyatlar to`qnashuvi sodir bo`lib, bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi oqibatida millatlar ma`naviyatiga tahdidlar solishiga sabab bo`lmoqda. Bu jarayonni ijobiy va salbiy mohiyatini terang anglagan Prezidentimiz Islom Karimov muallifligi asosida joriy yilda “Ma`naviyat” nashriyoti tomonidan chop etilgan “YUksak ma`naviyat-engilmas kuch” nomli asarlarining uchinchi bobida “globallashuv jarayonlari va ma`naviy tahdidlar” misolida alohida to`xtalib o`tganlar. Prezidentimiz ushbu asarda globallashuv fenomeni haqida quyidagicha yondashib, “bu jarayon mutlaqo yangicha ma`no-mazmundagi xo`jalik, ijtimoiy-siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda”[1][16] kabi o`z fikrlarni bildirib, masalani mohiyatini to`laroq ochib berganlar. Keling, shu o`rinda globallashuv so`zi o`zi nima ekanligi, to`g`rirog`i tub lug`aviy ma`nosini aniqlab olsak, “Global” atamasi frantsuz tilida global-“umumiy”, lotin tilida globus-“shar” degan ma`nolarni anglatadi. YA`ni, globallashuv “hammasini to`liq qamrab oluvchi” atama sifatida sharhlanishi mumkin. Global muammolarning paydo bo`lishi globallashuv kontseptsiyalarining shakllanishiga olib keldi. Hatto bu jarayon natijasida umuminsoniy muammolarni o`rgatuvchi fan-globallashuv (global studies) vujudga keldi. Bu fan markazida ekologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy muammolar turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |