KIRISh
|
1.Milliy-ma’naviy qadriyatlar insoniy fazilatlarning omili sifatida.
|
|
2.
3.
|
Insoniy fazilatlarni yosh avlodlarga singdirishning nzariy
jixatlari
Boshlang’ich o’quvchilariga ta’lim jarayonida milliy ma’naviy
qadriyatlarga asoslangan xolda insoniy fazilatlarni singdir
|
|
|
4.Boshlang’ich o’quvchilariga ta’lim jarayonida milliy ma’naviy
qadriyatlarga asoslangan xolda insoniy fazilatlarni singdirish
|
|
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Yosh avlodni insoniy fazilatlar bilan qurolantirish ta’lim – tarbiya tizimi oldida turgan asosiy masalalardan biridir. Bugungi kunda yurtimiz oldida turgan isloxatlar barcha soxada bir tekis ketishi uchun o’zining salohiyatini butun dunyoga namoyon qilib o’zbyek modyelini targ’ib qilmoqda. Bizga ma’lumki jahonda ro’y berayotgan iqtisodiy va moliyaviy inqirozlar ko’pchilikni sarosimaga solib qo’ydi. Buning asl sabab va mohiyatlarini o’rganib chiqqan O’zbyekiston pryezidyenti I.A.Karimov unga o’z munosabatini bildirib o’zining “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, o’zbyekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” deb nomlangan asarida inqirozga tushmaslikning birdan bir yo’li bozor iqtisodiyoti sharoyitida ma’nan yuksak bo’lish deb etirof etadi. Isrofgarchilik aynan shunday holatlarni keltirib chiqadi degan fikrlarni bildirib o’tadi. Isrofgarchilik insoniy fazilatlarga to’g’ri kelmaydi.
I.A.Karimov O’zbyekiston Ryespublikasini mustaqil davlat deb e’lon qilgan ilk kundan boshlab yosh avlodni insoniy fazilatlar bilan qurollantirish, milliy ma’naviy qadriyatlarni puxta o’rganish, unga hurmat bilan qarash, unga etiqod qilish kerakligini ta’kidlab keladi..
Insoniylik — insonlik, odamgarchilik chegarasida qilinadigan ishlar, odamga yarashadigan, unga zeb bo’ladigan, shaxsini ulug’laydigan fazilatni, hayotga, odamzot taqdiriga gumanistik munosabat ni anglatadigan tushuncha. Insoniylik g’oyalari uzoq tarixga ega bo’lib, uning yorqin ifodasi bo’lgan ijod namunalari, real dalil va misollar xalq og’zaki ijodiyotida, badiiy adabiyotda, diniy va falsafiyy ta’limotlarda, turli xalqlarning tarixi, maddiy merosida asrlar davomida yashab kelmoqda. Sharqning buyuk mutafakkirlaridan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Alisher Navoiy kabi mumtoz siymolarning asarlarida inson erkinligi, uning qadr-qimmati, Insoniylik g’oyalari bilan birga bir butun holda ilgari suriladi. Xus-n, Alisher Navoiy ijodida dunyodagi eng katta boylik
hazrat insondir, degan g’oya badiiy so’z orqali asoslab berilgan. Ul zotning fikricha, butun mavjudot, borliq inson uchun, uning baxt-saodati uchun xizmat qilishi lozim. “Odamiy ersang demagil odami, Oniki yo’q xalq g’amidin g’ami”. Alisher Navoiyning birgina shu baytida uning ijodida Insoniylik naqadar yetakchi o’ringa chiqqani yaqqol ko’rinib tkribdi. Milliy tafakkurimizning boshqa namoyandalari ijodida ham bu an’ana davom ettirilib, yuksak Insoniylik ma’naviy taraqqiyotning muhim omili sifatida tarannum etilgan. Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida Insoniylik g’oyalari azaldan keng tarqalgan bo’lib, uning ko’p ming yillik tarixi bilan chambarchas bog’liq. Yevropada esa Insoniylik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor G’arb Uyg’onish davrida, ya’ni XV-XVII asrlarda shakllangan. O’rta asrlarda xudo va din nomidan kamsitib, haqoratlab, minglab insonlarni inkvizisiya gulxaniga tashlagan shafqatsiz dindorlar va ularni qo’llab-quvvatlagan cherkov hokimiyatiga qarshi, Yevropada insoniylik g’oyalari o’ziga xos kurash dasturi sifatida namoyon bo’la boshladi. U ijtimoiy fikrni keng qamrab olib, adabiyot, fan, san’at va boshqa sohalar rivojiga yangicha mazmun va ruh kasb etdi. XIV-XVII asrlarda insoniylik g’oyalari dastlab Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mam-tlarida tarqala boshladi. Shundan keyingi asrlar davomida Insoniylik g’oyalari katta tarixiy yo’lni bosib o’tdi. Jahon ilmiy, siyosiy va ijtimoiy falsafasida insoniylik, insonparvarlik «gumanizm» nomi bilan rivojlandi. Bu atama ilm-fanda birinchi marta XIX asr boshlarida ishlatila boshladi va XX asrning o’rtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlik va tengsizlik ko’rinishlarini tanqid qilish uchun g’oyaviy asos bo’lib xizmat qildi. Insoniyatning XV asrdan to XX asrning o’rtalarigacha bo’lgan tarixi asta-sekin insoniylik g’oyalarini o’zlashtirishga sabab bo’ldi va ularni inkor etish insoniyatni qanday katta fojialarga undashi mumkin ekanini ko’rsatdi. Shu asosda Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyo taraqqiyotida tub o’zgarishlar yuz bera boshladi va haqiqiy I. tomon jiddiy qadamlar qo’yildi. Buni BMT, YuNESKO kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar tashkil etilgani, boshqa sohalar qatori gumanitar masalalar ham
siyosiy muhokama mavzusiga aylanganida ko’rish mumkin. Insoniylik o’zbek milliy mentalitetining tarkibiy qismidir. U xalqimiz hayotida doim mavjud bo’lgan va uning mutafakkir farzandlari ijodida o’z ifodasini topgan. Ya’ni, insoniylik g’oyalari yurtimiz va xalqimiz ongiga tashqaridan kiritilgan emas, balki xalqimiz tafakkuri, ijodkorlik dahosi mevasi sifatida yashab, yuksalib kelmoqda. Bu jarayon mustaqillik yillarida yanada keng davom ettirilmoqda. Mustaqil O’zining barcha sohalarda birinchi galda insoniylik va insonparvarlikning yuksak mezoni va talablari asosida siyosat olib bormoqda. Mamlakatimiz Konstitusiyasi va qonunlari, yurtimizdagi tub islohotlar, avvalo, insonni ulug’lash, uning manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani, xalqimiz ma’-yatiga, milliy qadriyat va an’analarimiz rivojiga berilayotgan e’tibor, bu boradagi keng ko’lamli ishlar – insoniylikning amaldagi yorqin ifodasidir.
Pryezidyentimiz tomonidan mustaqillikning ilk kunlarida ya’ni 1995 yil O’zbyekiston Ryespublikasi Oliy Majlisining ikkinchi syessiyasida shunday degan fikrlarni bildirgan edi. “Ishonchim komilki, agar myening o’rnimda boshqa odam yetakchi rahbar bo’lib, bugun yurtimizda olib borilayotgan siyosatni boshqarsa, odamlarga mana shunday munosabatda bo’lsa, qalbini, hayotini odamlarga bag’ishlasa, u ham shunday ishonch va hurmatga sazovar bo’lur edi. Ryefyeryendumning natijasini myen xalqimga qilgan ozmi-ko’pmi xizmatlarimning javobi dyeb bilaman.
Milliy istiqlolimizning otashin kurashchilaridan biri Abdurauf Fitrat bir shye’rida “Vatan sajdagohimdir” degan fikrini bayon qiladi.
Chindan ham, vatan tuyg’usi, vatan tushunchasi biz uchun sajdagohday muqaddas, sajdagohday pok va ulug’ bo’lmog’i kerak.
Biz ona O’zbyekiston istiqlolini uni shani-shavkatini qanday himoya etishni ota-bobolarimizdan myeros qilib olishimiz va uning hamoyasiga hamisha tayyor turmog’imiz darkor” degan fikrlarning o’zi milliy – ma’naviy qadriyatlarimizni tub mazmun mohiyatini yoritib beradi
Do'stlaringiz bilan baham: |