Ekologiya sotsiologiyasining rivojlanishi. Ekologiya sotsiologiyasi ob’ekti va predmeti. Sotsial-ekologik qarashlarning vujudga kelishi



Download 169 Kb.
bet1/4
Sana21.03.2022
Hajmi169 Kb.
#505038
  1   2   3   4
Bog'liq
26-Мавзу EKOLOGIYA SOTSIOLOGIYASI


26-mavzu. EKOLOGIYA SOTSIOLOGIYASI


REJA

  1. Ekologiya sotsiologiyasining rivojlanishi.

  2. Ekologiya sotsiologiyasi ob’ekti va predmeti.

  3. Sotsial-ekologik qarashlarning vujudga kelishi.

  4. Sotsiologiyada “YAngi invayronmental paradigma”.

Inson doimo boshqa sotsial sub’ektlar va atrof-muhit bilan o’zaro aloqada bo’lib turadi. Bu ikki tizim organik jihatdan bir-biri bilan bog’langan va bunda jamiyatning rivojlanish darajasi insonning tabiatga bo’lgan munosabatini belgilab beradi. Atrof-muhitning holati inson tsivilizatsiyasi mavjudligning muhim omili bo’lib hisoblanadi. Shuning uchun insoniyatning eng muhim vazifalaridan biri tabiiy resurslardan foydalanishda anglangan va tizimli boshqarish faoliyati bo’lib xizmat qiladi. Ekologik muammolar, garchi ular barcha hududlarga tegishli bo’lsada ayniqsa industrial rivojlangan markazlarda keskin tus olgan. Atrof-muhit muammolari faqatgina jismoniy yoki ekologik muammolardan iborat bo’libgina qolmaydi. Ular siyosiy, institutsional, madaniy-ekologik negizlarni aks ettirib, ijtimoiy fanlarning diqqat markazida bo’ladi.


Ekologiya sotsiologiyasining ob’ekt va predmeti. Ekologiya sotsiologiyasi - sotsiologiya sohasi bo’lib, insonlar bilan atrof-muhit o’rtasidagi o’ziga xos aloqalar, sotsial jarayonlar, sotsial struktura va institutlar faoliyatiga antropogen ekologik omillar ta’sir qilishi, ularning rivojlanishi va faoliyat ko’rsatishining o’ziga xos jihatlarini o’rganadi. Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarda, sotsial xatti-harakatlar va ommaviy hulq-atvor qonuniyatlarini, ekologik krizis holatini vujudga kelish muammolarini hal qilish mexanizmlarini o’rganadi. Uning bosh vazifalaridan biri jamiyat va tabiatning o’zaro bir-biriga ta’sir qilish qonuniyatlarini o’rganish, ana shu o’zaro munosabatning muvozanatlashishiga erishish, haqqoniy sotsial-ekologik axborotni olish, ularni yuzaga keltiradigan ekologik muammolar va omillar bo’yicha jamoatchilik fikrini aniqlash bo’lib xizmat qiladi. Uning ilmiy qiziqishi sohasida atrof-muhitning jamiyatga ta’siri, ekologik ongni shakllantirish, fuqarolarning davlat ekologik siyosatini amalga oshirishda ishtirok etishini ta’minlash va shunga o’xshash vazifalar yotadi.
Ekologiya sotsiologiyasining predmetiga jamiyat va insonning sun’iy yashash muhiti o’rtasidagi o’zaro aloqa muammolarini ham kiritish mumkin.
«Ekologiya» atamasi ilmiy sohaga buyuk nemis biologi E.Gekkeleyning urinishlari tufayli 1866 yilda organizmlar va atrof-muhitning munosabatlari to’g’risidagi fanni belgilash orqali kirib keldi.1 Bu so’z qadimiy yunon tilidan olingan (oikos - uy, turar joy)2, uy, turar joy ma’nosini bildiradi. Ekologiyaning rivojlanishidagi muhim bosqichi bu ekotizimdir. Amerikalik ekolog A.Tensli tomonidan 1935 yilda tirik va notirik elementlardan iborat bo’lgan “ekotizim” tushunchasi asoslab beriladi3. Atrof-muhitga antropogen (inson faoliyati keltirib chiqargan, u tomondan murakkab va qudratli texnikaning qo’llanilishi natijasida yuzaga kelgan) ta’sirning kuchayishi tufayli vaqt o’tishi bilan “tabiat ijtimoiylashuvi” g’oyasi yuzaga keldi. Ushbu g’oya XX asrning 30-yillar o’rtalarida sotsiologiyaning Chikago maktabi etakchilari R.Park, YU.Berdjessa va R. Makkenzi tadqiqotlarida o’z aksini topdi. Ular “ Shahar-organizm” va jamiyatning “chuqur biologik hodisa” ekanligi to’g’risidagi kontseptsiyani ilgari surishdi. Kontseptsiyaga ko’ra, jamiatda biologik va sotsial jarayonlarning o’zaro bir-biriga ta’sir qiladigan harakati amalga oshadi va uning natijasida “sotsial muvozanat” yuzaga kelishi lozim bo’ladi. Ushbu muammolar majmuasini Chikago maktabi etakchilari “Sotsial ekologiya” deb atashni taklif etadilar. Aynan Shu davrda ekologiya sotsiologiyasi sotsiologik bilishning nisbatan mustaqil sohasi sifatida shakllanishga hali ulgurmagan bo’lib, unda faktologiya ham, nazariy kontseptsiyalar ham etishmasdi. Uning oyoqqa turishi faqatgina XX asrning 70-yilar o’rtalarida amalga oshib, biosferaning tashkil etilganligini, o’zini shakllantirish mexanizmlari samaradorligi insonning faol faoliyati natijasida haddan tashqari kamayib ketishi bilan, bu holat halokatli natijalarga olib kelishi, jamiyat va tabiat o’rtasidagi dinamik muvozanatning buzilishiga olib kelishi mumkinligi oydin bo’lib qoladi. Ekotizimlarni sotsiologik tadqiqot qilish borasidagi tarqoq va lokal harakatlar asosida asta-sekin nisbatan mustaqil bo’lgan ilmiy bilishning integratsiyalashgan sohasi – ekologiya sotsiologiyasi shakllana boshlaydi. O’zining asosiy vazifasi bo’lib, tabiiy va ijtimoiy bilimlar kontseptsiyalarining tadqiqot usullarini nazariy sintez qilish, ular asosida inson va tabiatning o’zaro aloqa qilishining kontseptual modelini ishlab chiqish deb biladi. Bu holat o’zaro aloqa jarayonlarini optimallashtirishga, so’ngra esa uyg’unlashtirishga imkon berardi. Atrof-muhitning geologik va biologik muhitlari tabiatdagi jarayonlarning ta’siri texnologik va sotsial – sotsial jarayonlar natijasida yuzaga kelgan bo’lib, ular sotsial munosabatlarda va inson xatti-harakati natijasida namoyon bo’ladi. Bu esa shunday xulosaga olib keladiki, ekologiya sotsiologiyasi bo’lib turli sotsial jarayonlarda birlashgan insonlarning ongli, maqsadga yo’naltirilgan faoliyati natijasida shakllanadigan va amal qiladigan sotsial-tabiiy munosabatlar va o’zaro aloqalarning murakkab tizimi bo’lib xizmat qiladi. Albatta, u ana shu murakkab tuzilgan tizimning har bir qismining o’ziga xos jihatlari, rivojlanishinig tendentsiyalari va qonuniyatlarini o’rgana olmaydi. Albatta, bu ko’pchilik fanlarning vazifasidir - fizika, kimyo, geologiya, biologiya va hokazo. U “jamiyat – inson –texnika - tabiat” kabi o’zaro aloqalar tizimi bo’lib xizmat qiladigan ana shu ko’p jihatli ob’ektdan maxsus, faqat unga xos bo’lgan tadqiqot predmetini ajratib oladi. Modomiki bu fan oyoqqa turish bosqichida ekan, uning predmetiga qarashlarda turli fikrlar mavjud bo’ladi. Ko’pchilik bir nechta o’zaro bog’langan tadqiqot muammolarini tan oladi, ekologiya sotsiologiyasining fan sifatidagi muammolar maydonini va demak uning predmetini birgalikda tuzadi. Ularning orasida – turli ko’lamdagi ijtimoiy tizimlar (alohida individ, oila, umumiy planetar tizim sifatidagi insoniyat) va atrof-muhit o’rtasidagi o’zaro aloqalar. Bunda faqatgina jamiyat va tabiatning o’zaro aloqasining sotsial omillari emas, balki birinchi navbatda ijtimoiy umumiylikning elementi bo’lgan insonning faol tabiatni o’zgartiruvchi (ko’pincha tabiatni vayron etuvchi) faoliyati tahlil qilinadi. U va tabiat o’rtasida maxsus uchinchi element – texnika, texnologiya va “ikkinchi tabiat” tomonidan sun’iy yaratilgan boshqa predmetlari faoliyat ko’rsatib turadi. Chunki jamiyat va tabiat o’rtasidagi kelajakdagi munosabatlar aynan hududiy, kasbiy, etnik va boshqa sotsial jamoada birlashgan odamlar, ular tomonidan yaratilgan texnosferaning tabiiy yashash muhitiga ko’rsatadigan vayronalarcha ta’siriga va ular tomonidan tanlab olingan va amalga oshiriladigan tabiatdan foydalanish strategiyasiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ekologiya sotsiologiyasi faqatgina sotsial jarayonlarning faoliyatini o’rganib qolmasdan, balki insonning manfaatlari va ehtiyojlariga javob beradigan, hamda biosferaning saqlab qolinishiga va qayta ishlab chiqarilishiga, jamiyatning tabiat bilan uyg’unlashishiga yordam beradigan optimal modellarni yaratishga xizmat qilishi lozim bo’ladi. Insoniyatning atrof-muhit bilan o’zaro aloqasini optimallashtirishga yo’naltirilgan nazariyalar ishlab chiqish bilan bir qatorda ekologiya sotsiologiyasi ana shu o’zaro aloqalarning maqsadga yo’naltirilgan holda shakllanishining faol omili bo’lib xizmat qiladi. Bu funktsiyani u boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish orqali ijro etadi.
Demak, ekologiya sotsiologiyasining predmeti – bu inson (jamiyat) va atrof-muhit o’rtasidagi o’ziga xos maxsus aloqalarni, uning tabiiy va ijtimoiy omillar majmuasi sifatidagi insonga ta’sirini, shuningdek insonning atrof-muhitga ta’sir qilishini tadqiqot qilish hisoblanadi. Uning global, hududiy, antropogen o’zgarishlari, atrof-muhitda insonning sotsio-biologik mavjudot sifatida normal hayot kechirishi uchun, saqlab qolish va qayta ishlab chiqarishni sotsio-madaniy interpretatsiyasi qiziqtiradi. Ekologiya sotsiologiyasining predmetini aniqlash masalasi uning ob’ektini aniq ajratib olishga imkon beradi. Ekologik va sotsial ob’ektlarni o’rganishdagi ikki xil yondashuvning – ekologiya va sotsiologiyaning integratsiyasi bo’lgani holda, bu integrativ fan kontseptsiyalar, nazariyalar, har bir fanlardan alohida olingan ilmiy bilimlarning mexanik birlashuvi bilan chegaralanib qolmaydi. Uning ob’ektini ajratib olish o’z ichiga ekologiya va sotsiologiya komponentlarini kiritib umumlashgan, sintetik, sifat jihatdan yangi ilmiy kontseptsiya tufayli amalga oshadi. Agar tadqiqot ob’ektiga nisbatan ekologik yo’naltirish tirik organizmlar va atrof-muhitning o’zaro aloqa qilishi borasidagi asosiy tamoyillardan kelib chiqilsa, sotsiologik yo’nalish esa – individlar va guruhlarning sotsial muhit bilan o’zaro aloqa qilishidan kelib chiqadi, u holda tadqiqot ob’ektiga sotsioekologik yo’naltirilganlik “tabiiy- sun’iy”lik o’zaro aloqasi bilan belgilanadi. Uning nigohi faqatgina tirik organizmlarning yashash muhiti bilan o’zaro aloqasining tabiiy jarayonlariga emas, balki murakkab eko- va sotsiotizimlarning o’zaro aloqa qilish jarayonlariga, alohida ob’ektlar – “ikkinchi tabiat”ning, ya’ni inson tomonidan yaratilgan predmetli muhitning tuzilmasi, o’ziga xos jihatlari va tendentsiyalariga qaratilgan bo’ladi.
Masalan, muhit doirasida shahar, temir yo’l, atom elektrostantsiyasi, ishlab chiqarish faoliyatining butun infratuzilmasi yotadi. Bu ob’ektlar insonning o’zi yashaydigan «ikkinchi», sun’iy yaratilgan tabiatga kiradi. “Ikkinchi tabiatning” mavjudligining o’zi ekologik va sotsial tizimlar Chegarasida yuzaga keladigan ekologik muammolarni keltirib chiqaradi. Barcha sotsioekologik muammolar aynan sotsioekologik tadqiqotlarning ob’ekti bo’lib xizmat qiladi. Demak xulosa qiladigan bo’lsak :
1. Inson va sotsial jarayonlarning tabiiy va sun’iy muhitning ikkilangan va bir-birini kesib o’tuvchi ta’siri ostida rivojlanadi va faoliyat ko’rsatadi.
2. “Ikkinchi” tabiatning barcha komponentlari, ularning funktsional xususiyatlari inson bilan tabiat o’rtasida uchinchi element – mehnat qurollarining (tabiatdan olingan va natijaga erishish uchun texnik jihatdan qayta ishlangan qurol) borligi oqibatida yuzaga keladi. Bu Shuni anglatadiki, insoniyat jamiyatining tabiiy muhit bilan o’zaro aloqa qilishining eng muhim komponenti bo’lib faqatgina antropogen emas, balki insonning texnogen faoliyati mahsuli bo’lgan sun’iy yaratilgan muhit bo’lib xizmat qiladi.
3. Insonning tabiat bilan o’zaro aloqasi faqatgina texnik emas, balki sotsial omillar – huquqiy, ahloqiy, iqtisodiy, sotsio-madaniy omillar bilan ifodalanadi. Ushbu fikrlarni hisobga olganda, ekologiya sotsiologiyasining ob’ekti nihoyat Shakllandi – bu munosabatlar o’zaro aloqalarning murakkab va ko’p jihatli tizimi bo’lib, u o’zida inson bilan biosferaning o’zaro aloqasi sotsial va texnologik omillar bilan belgilangan “jamiyat – inson – texnika – tabiiy muhit” kabi o’zaro bog’liq elementlarni birlashtiradi. Ushbu tizim uning kontseptual yadrosini tashkil etadigan insondan tashqari o’zaro bog’liqlikda insonning hayot faoliyatini tashkil etadigan bir nechta turli muhitlarni – geomuhit, biomuhit, texnomuhit va sotsiomuhitni o’z ichiga oladi.

Download 169 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish