Tizimli yondashuv. Atrof-muhitni komponentlari dinamik jihatdan muvozanatlashgan, yaxlit tizimli differentsiallashgan tizim sifatida anglashni nazarda tutadi. Shunga muvofiq ravishda insoniyatning ekologik muhiti - Er biosferasi bo’lib xizmat qiladi va u atrof-muhit bilan insonni yagona tizimga: tabiat - jamiyat tizimiga birlashtiradi.
Ekologiya sotsiologiyasi insonning tabiiy ekotizimlar muvozanatiga ta’sirini o’rganadi, jamiyat va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni boshqarish va ratsionallashtirish zarurligini asoslab beradi va insoniyatga ekologik tizimning tarkibiy qismi sifatida qaraydi.
Dialektik yondashuv. Tizim komponentlarining o’zaro aloqalari va o’zaro ta’sir qilishini o’rganishni oldindan belgilab beradi. Tabiatga doimiy va o’zgarmaydigan qonunlarga bo’ysunadigan va insonga bog’liq bo’lmagan ob’ekt sifatida qarashdan voz kechgan holda, ekologiya sotsiologiyasi komponentlari nisbatan avtonom va faol sub’ektlar bo’lgan yaxlit “inson- tabiiy muhit” dinamik tizimini o’z tadqiqotlarining predmeti deb hisoblaydi. Bu tizim komponentlarining o’zaro ta’sirining o’ziga xos jihatlari insoniyatning tabiatdan oladigan moddalar va energiya hisobiga yashashini ta’minlashdan iboratdir. Bularning barchasi ularni qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish va o’zlashtirishni, shuningdek qayta ishlash va o’zlashtirishning kerak bo’lmagan chiqindilarini ajratib olishni nazarda tutadi.
Ekologiya sotsiologiyasining bilimlar sohasi sifatida shakllanishi. Inson va tabiatning o’zaro aloqa qilishini o’rganish muammolari Chuqur tarixiy manbalarga ega. Qadimiy yunon sofisti Protagor birorta ham tur nobud bo’lmasligi to’g’risida qayg’urgan Epimeteyni (Prometey akasini) uning tuhfasi deb bilgan. Butun mavjudotning o’zaro bog’liqligi, o’zaro ta’sir qilishi birligini his qilish XIX asr boshlarigacha saqlanib qolgan. Faqatgina zamonaviy Sharoitda – ekologik halokat yoqasida turganda inson va uning biologik muhiti bilan bo’lgan avvalgi birligini qayta tiklash uchun xizmat qiladigan chuqur sotsial ekologiya yuzaga keladi. Bilimlarning mustaqil sohasi sifatida ekologiya biologiya fanida shakllandi. Uning asosi bo’lib ingliz tabiiy sinovchisi Charlz Darvinning (1809- 1882)4 tirik tizimlar evolyutsiyasi to’g’risidagi g’oyalari, xususan uning dunyoda tiriklik uchun doimiy kurash boradi degan fikri xizmat qiladi. Ekologiya tirik mavjudotlarning muhitga munosabatini, shuningdek Shu muhitdagi aloqalarini, tirik mavjudotlarning muhitga ta’sir qilishini o’rganadigan, ekologik muhitning faoliyat ko’rsatishining maxsus qonunlarini belgilab beradigan fan sifatida talqin etiladi. Ekologiyaning sohalaridan biri bo’lib inson ekologiyasi – insonning va atrof o’zaro aloqalari to’g’risidagi axborotni birlashtirib turadigan, odamlar hayotining tabiiy Sharoitlarini, uning an’analarini, sotsial tuzilmasini va texnologiyalarini, rivojlanish va tirik qolish yo’llarini, jamiyat va atrof muhit o’rtasidagi bog’lanishlarni, erkinlik va qadr-qimmatga, insonni bir qism sifatida o’z ichiga olgan tabiatga mas’uliyatli munosabatda bo’lishga asoslanadigan jamiyatlar o’rtasidagi munosabatlarni tadqiqot qiladi. Inson ekologiyasi bo’yicha Jahon markazi faoliyat ko’rsatadi va u inson bilan tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalar muammolari bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. 1984 yilda inson ekologiyasi kontseptsiyasi tasdiqlandi. Bu bilim sohasidagi mutaxassislar biologik tizimlarni, shuningdek ekologik muammolarning madaniy, psixologik, sotsiologik, ekologik va siyosiy jihatlarini, inson bilan tabiatning o’zaro munosabatlarini tadqiqot qiladilar. Ikki fan – sotsiologiya va ekologiya predmet sohasining ana shunday kesishuvi natijasida inson bilan tabiiy muhitining o’zaro munosabatlarini o’rganadigan ekologiyaning kichik sohasi yuzaga keldi. Sotsiologiya “aholi”, “muhit”, “texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish” kabi tushunchalarga urg’u beradi. Inson ekologiyasi esa insonning ekotizimdagi tutgan o’rnini, inson bilan ekotizimning o’zaro munosabatlarini, shuningdek ana shu jarayonning oqibatlarini o’rganadi. Ekologik muammolar insonning predmetli faoliyati bilan aloqador ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Shu bois jamiyat bilan tabiatning o’zaro aloqalarini o’rganishga diqqat e’tiborini qaratadigan fan zaruriyati kelib chiqadi. Bunday bilimlar tizimini ekologiya sotsiologiyasi – nisbatan yosh bo’lgan bilimlar sohasi taqdim etadi. Uning metodologik va gnoseologik qiyinchiliklari oyoqqa turish va rivojlanish jarayoni bilan bog’liq - predmet sohasining aniqlashtirilishi, metodik va metodologik apparatning takomillashtirilishi, nazariy ta’limotlar va kontseptsiyalarni tanlab olishdir. Ekologiya sotsiologiyasining muhim nazariy manbasi bo’lib biosferaning planetadagi hayotning tarqalishi sifatida qaraladigan va noosfera to’g’risidagi g’oyalar xizmat qiladi. Uning rivojlanishining yuqori sotsial va antropogen-texnologik omillar bilan ifodalangan bo’lib, inson ongi ijodiy kuchining yangi darajasini namoyon etadi.
Sotsiologlarning Varnadagi Jahon kongressida (1996) sotsial ekologiya muammolari bo’yicha sotsiologlar Jahon uyushmasining tadqiqotlar qo’mitasi tashkil etildi.5 Ekologiya sotsiologiyasining zamonaviy paradigmasi inson yashash muhitining degradatsiyasi, aholining atrof-muhitning ahvolidan tashvishga tu Shishining kuchayishi, ekologik ifloslanishning global o’lchash yo’llarini ishlab chiqish (masalan Rim klubining ma’ruzalari) ta’siri ostida shakllandi. G’arbiy sotsiologiyada «invayromental (ingl. environment – tevarak-atrof, muhit) sotsiologiya»6 atamasi ishlatiladi, va u ekologiyani sotsial falsafa va yashash vositasi sifatida talqin qiladi. U ilmiy fanlardan biri hisoblanib, sotsial-ekologik yondashuvni qo’llaydi, va farqli ravishda lokal jamiyat va tegishli muhit bilan chegaralanib qoladi. Ekologik siyosat – garmonik ravishda yashash, atrof-muhitni saqlab qolish va uni qayta ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan iqtisodiy, sotsial va madaniy Sharoitlarni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy faoliyatdir. Iqtisodiy siyosatning sotsial mohiyati barqaror rivojlanishni ta’minlashdan, ya’ni yashash muhitini saqlagan va qayta ishlab chiqargan holda texnologik va iqtisodiy o’sish jarayonlarini birlashtirishdan iboratdir. Zamonaviy bosqichda ekologik etnogenez muammosi ham dolzarb bo’lmoqda. Millatlar va xalqalarning ekologo-etnik yaxlitligi jamiyat va tabiatning yagona (konevolyutsion) rivojlanish istiqbollarini ochib beradi. Sotsial jamoa tuzumidagi insonning tabiatga bo’lgan munosabatining sotsiomadaniy modeliga mos xaraterga ega va inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatlarni uyg’unlashtirishga qaratilgan. Rivojlanishning industrial fazasi boshlanishi bilan etnoslar muhitdan uzilib qoldi. Sun’iy muhit inson va atrof-muhit voqeligi o’rtasida to’siq bo’ladi va o’zining yashash qoidalariga ko’ra faoliyat ko’rsatadi. Etnoslarning taraqqiyoti tabiiy resurslarning ekspluatatsiya qilinishini kuchaytirdi va bu holat etnoslarning yangi tabbiy boyliklar uchun kurashida o’z ifodasini topadigan degradatsiyaga olib keldi. Ko’p sonli migratsiyalar, urbanizatsiya etnoslarning aralashib ketishini, ular bilan tabiat orasidagi aloqalarning yo’qolishini keltirib chiqaradi. Zamonaviy demografik krizis iqtisodiy sabablar orqali ham kelib chiqqan. Shu ma’noda millatlar va elatlarning ekologik-etnik yaxlitligini har tomonlama o’rganish ekologik krizis sabablari va uning oqibatlarini tushunib etishga imkon beradi, ekologik xavfsiz bo’lgan sotsial muhitni shakllantirishga, tabiat va tabiat resurslarini himoya qilishga majbur etadi. Masalan, agar XX asrning 70-chi yillari boshlarida 2500 ta ekologik birlashmalar va harakatlar mavjud bo’lgan bo’lsa, 80-chi yillarda ularning soni 15 mingtaga, 90-chi yillar boshlarida esa deyarli 20 mingtaga etdi. Ekologik muammolar tabiiy va gumanitar fanlarning Chuqur tadqiqot predmeti bo’lib qoldi. Masalan, mutaxassislar muayyan texnologiyalarning tabiatga ta’sirini o’rganar ekanlar, xalq xo’jaliginig turli sohalarida ekologik Cheklanishlarni shaklantirdilar, ishlab chiqarishning ekologik sof yo’nalishlarini asoslab berdilar.
Ekologik muammolarni o’rganishda mutaxassis bo’lgan bilimlar sohasi ommalashib bormoqda, nisbatan mustaqil bo’lgan fan – ekologiya sotsiologiyasi ham jadal Shakllanmoqda
Tabiiy muhit faqatgina insoniylik faoliyatining barcha jarayonlariga kirib boribgina qolmay, balki tabiat qonunlariga muvofiq ravishda ana shu jarayonlarga ta’sir ko’rsatadigan Sharoitda aynan jamiyat va tabiatning o’zaro aloqa qilishi dolzarb bo’lib qoladi. Tabiiy muhitning o’zgarishi sotsial ahamiyat kasb etadi. Tabiat qonunlarini o’zlashtirib va tabiat kuchlarini egallagan bo’lishiga qaramay jamiyat ana shu qonunlarni o’zgartirishga yoki ularni sotsial qonuniyatlarga bo’ysundirishga qodir emas (xuddi sotsial qonuniyatlarni ham tabiiy qonuniyatlarga keltirish mumkin bo’lmaganday). Zamonaviy ekologik vaziyatning o’ziga xosligi ana shu turli qonuniyatlarning muayyan ekotizim bilan bog’liq bo’lgan u yoki bu sotsial tizim Sharoitida kesishib va o’zaro aloqa qilishi xizmatga qiladi. Tizimlarning o’zaro bog’langanligi va o’zaro faoliyat ko’rsatishi ana shu o’zaro bog’lanishning o’ziga xosligini o’rganishni talab qiladi, bu esa ham sotsiologik “germetizm”ni, ham tabiiy reduktsionizmni istisno qiladi.
Zamonaviy ekologik vaziyatni sotsial va tabiiy qonuniyatlarning kesishishidagi ikkita unsur qarama-qarshiliklarining namoyon bo’lishining eng rivojlangan Shakli, ya’ni nazariy ko’rib chiqish uchun ma’qul bo’lgan Shakl deb hisoblash mumkin bo’ladi. Bu ma’noda so’nggi o’n yilliklarda fanlararo xarakterga ega bo’lgan turli sotsial-ekologik nazariyalarning paydo bo’lishi tabiiy bo’ladi. Avvalgi sotsiologik nazariyalarning ham, tabiiy va keng dunyoqarashli kontekstdagi sotsiologik jihatdan nazariylashtirilgan nazariyalarni ham sintez qilishga intiladi.
Ana shunday sintezning eng yorqin misoli, amerikancha invayronmentalizm bo’lib xizmat qiladi va u tegishli sotsial fanning ommaviy sotsial harakat amaliyoti bilan birgalikdagi muayyan turdagi dunyoqarash va nazariy asoslarni ifoda etadi.
Amerikancha invayronmentalizm o’zining boy va qadimiy an’analariga ega (o’tgan asrning o’rtalaridan mavjud). Uning rivojlanishining hozirgi bosqichi ham nazariy, ham sotsial-siyosiy jihatdan 70-chi yillardan boshlanadi va ko’pchilik infayromentalistlar hisoblashicha, 1973 yildagi energetik krizis oqibatlari (iqtisodiy, siyosiy, sotsial va hokazo) bilan bog’liqdir. Invayronmentalistik harakat rivojlanishining va sotsial-ekologik tadqiqotlarning institutsional asoslari bir necha yil avval amalga oshirilgan edi7 (1969 yilda milliy tabiatni muhofaza qilish siyosati to’g’risidagi qonun loyihasining qabul qilinishi, 1970 yilda Er himoyasi kunini o’tkazish, umummilliy va lokal darajada turli xil tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarining tashkil etilishi).
Umumiy ekologik kayfiyatlardan Amerika sotsial fani ham Chetda qolmadi: 1976 yilda Amerika sotsiologiya assotsiatsiyasida invayronmentalistik sotsiologiya sektsiyasi ochiladi, 1977 yilda assotsiatsiya sessiyasida “Invayronmentalizmning sotsial ildizlari” mavzusi muhokama qilinadi, bundan ham avvalroq Shunga o’xshash sektsiyalar, sotsial muammolarni o’rganish, qishloq sotsiologiyasi jamiyatlari tashkil etilgan ko’rishimiz mumkin.
Nihoyat 80-yillar oxiriga kelib “invayronmentalizm asri”ning kirib kelishini e’lon qiladigan “yangi invayronmentalistik paradigma” ning asosiy (boshlang’ich) qoidalari shakllanadi. Bu paradigma umuman olganda ratsionallikning yangi turini va yangi standartlarini tartibga solishning siyosiy va iqtisodiy jihatlarini qadriyatli darajada qaytadan ko’rib chiqish zarurligini ta’kidlaydi.
Atrof muhitning degradatsiyasi shunday bo’lib ketdiki, ekologik "konservatsionistik" va progressistik harakat "radikal-invayronmental" harakatga aylanadi va bu holat texnik taraqqiyot afzalliklarini ilgari suradigan postulatlarni shubha ostiga oladigan vaziyatni keltirib chiqaradi. «Bu ezgulik kabi shunday yovuzlikdir"- deb xulosa qiladi invayronmentalistlarning umumiy Shijoatini L.Milbret.8
1978 yildan boshlab Amerika sotsiologik jurnallaridagi invayronmentalizmga bag’ishlangan maqolalar soni oshadi. U.Ketton va R.Denlep so’nggi o’n yilliklardagi invayronmentalizm tomonidan yig’ilgan nazariy tajribani umumlashtirib sotsiologiyada "yangi invayronmental paradigma"ni e’lon qiladi, uning namoyon bo’lishi “sotsial voqelik”ning o’zgarishi bilan bog’liqdir.
70-chi yillar boshlarida “Sotsial vaziyatning o’zgarishi“ birinchi navbatda sotsiologiyadagi invayronmental g’oyalarning faollashishining sababi va manbasiga aylandi. Bu o’zgarishning mohiyati “iqtisodiy krizis” tushunchasida namoyon bo’ladi. Bu tushuncha bilan invayronmentalistlar quyidagi hodisalarni tushuntiradilar: atrof muhitning zararlanishi, tabiiy resurslar etishmasligi, aholi sonining oshib ketishi, urbanizatsiya oqibatlari, hayvonlarning ayrim turlarining yo’q bo’lib ketishi va hokazo. Ushbu xodisalar “sotsial xodisalar” deb tan olinmasdan, balki o’ta sotsial ahamiyatga ega bo’lgan xodisalar deb tan olinishi maqsadga muvofiqdir, negaki ushbu xodisalar jamiyat rivojlanishi bilan uyg’undir.
Modomiki yangi isbotsiz qabul qilinadigan qoidaning ta’kidlanishi “qarshi fikr yuritish” usuli bilan amalga oshirilar ekan va bu qoidalarning printsipial jihatdan yangligi aytib o’tilar ekan, bundan avvalgi sotsiologik nazariyalarning inkor etilishi ravShan bo’lib qoladi. Bunday nigilizm uchun asoslab berishda quyidagi fakt xizmat qiladi. Sotsiologiyaning butun tarixiy jarayonidagi invayronmental sotsiologlarning fikricha “muhit” asosan “o’zaro aloqa qilish ishtirokchilari tomonidan unga beriladigan ahamiyat atamalari” orqali sotsial ta’sir ko’rsatish holatining bir bo’lagi sifatida talqin qilingan, vaholanki ularning fikricha sotsial o’zaro aloqa darajasida teng huquqli bo’lgan ob’ekt sifatida qaralishi lozim edi (muhit o’zgaruvchilariga quyidagilar kiradi: ifloslanish darajasi, energiyani iste’mol qilish sur’atlari, qurilish xarakteri va hokazolar). “Muhit” o’zgaruvchilarining bunday izolyatsiyasi distsiplinar an’analarning sotsiologik “germetizmi” bilan bog’liqdir.
Ular orasida invayronmentalistlar ikkita asosiysini ajratib ko’rsatadilar:
1) Dyurkgeymning “sotsiologizm” predmetining haddan tashqari qat’iy ta’riflanishi, ”Antireduktsionistik tabu”- sotsial fakt.
2) Birgina harakat va ahamiyat vaziyatidagi individual baholashga yo’naltirilganlik. Individ harakatni amalga oshiradi va fizik hamda fazoviy xarakteristikalar yana inkor etiladi (Dj. Mid Ch. Kuli U. Tomas va boshqalarning veberiancha an’anasi).
Yevropa harakatlari “yangi Chap” talabalik Chiqishlari va hokazolar bilan uzviy bog’liq bo’lgan bo’lsa, AQSH dagi invayronmental harakat etizim, pragmatizm, meliroizm an’analariga sodiq qolgan holda “fuqarolik huquqlari” uchun va Vetnam uru Shiga qarshi harakat o’rnini egalladi.
Bundan tashqari Amerikalik invayronmentalistlar Yevropa ekologlari kabi texnofobiya balosiga duchor bo’lmaydi, hamda invayronmentalistlarning sezilarli qismi ekologik muammolarni echishda texnologiyalarning takomillashining hal qiluvchi o’rinni egallashiga ishonch bildiradilar. Invayronmentalizmning xarakteristikasi bo’lib biotsentrik qadriyatlar, moddiy rivojlanishdagi “chegaralar” kabi kayfiyatlar hisoblanadi.
Hozirgi vaqtga kelib Amerikancha invayronmentalizm qadriyatlarga yo’naltirilgan (me’yoriy-yo’naltirilgandan kelishishdan farq qilgan holda) harakat bo’lib, 12 mingga yaqin odamni o’z safida birlashtiradi. Bu tashkilotga a’zolar soni har yili 250 taga ko’paymoqda. So’rovlar natijalariga ko’ra invayronmentalizmga aholining 60% dan 80% gacha moyillik bildirgan. Ko’pchilik tashkilotlar so’nggi o’n yillikda tashkil topdi. Invayronmental tashkilotga a’zo bo’lish uchun etarli asos bo’lib ekologik havfning mavjudligini tan olish hisoblanadi. Garchi harakatda muayyan kelishmovchilar bo’lsa ham tarqalib ketish tendentsiyalari kuzatilmayapti, Chunki ko’pchilik invayronmentalistlar bir nechta lokal tashkilotlarga kiradilar. Unda “quyi sinf” va “o’rta sinf” etakchilik qiladi. AQSH jamoatchiligning 10 % ga yaqini ana shu tashkilotlarga tegishli ekanligini aytib o’tishadi, biroq ularning faoliyatida faqat 1% i faol ishtirok etadi. Bu guruh “o’rta hol” sinfning faol vakillari bo’lib, ularning ma’lumoti va daromadlari o’rtacha darajadadir.9
Eng yirik tashkilotlar orasida quyidagilar ajralib turadi: Tabiat resurslarini himoya qilish Kengashi, Invayronmental siyosat Instituti, Milliy yovvoyi tabiat Federatsiyasi, Invayronmental himoya Fondi, Isaak Uoltonning Amerika ligasi, serra Klab, Odyubon Milliy jamiyati, Milliy parklar va konservatsiyalar Assotsiatsiyasi, YOvvoyi tabiat Jamiyati, Er do’stlari.
Invayronmentalistlarda yangi sotsial siyosatga erishish uchun olib boriladigan siyosiy kurash usullari borasida sezilarli kelishmovchiliklar yo’q bo’lib, biroq ana shu siyosat maqsadlariga sharh berishda tafovutlar uchraydi.
Umuman olganda Amerikancha ekologiya sotsiologiyasi kontseptsiyalarining rivojlanishini baholaganda birinchi navbatda invayronmentalizmning, ayniqsa uning dastlabki shakllarining amerikancha turmush tarzi shakllanishining sotsial-tarixiy Sharoitlari va naturalizm, indivdualizm, aktivizm, lokal ideologiya va reformizm kabi xos bo’lgan elementlari bilan birgalikda olib qaraladigan tegishli fikrlash tarzi bilan organik aloqasini ta’kidlab o’tish lozim.
Invayronmentalizmning nazariy asoslarida ratsionalizm va irratsionalizmning qo’shilib ketishi bir pog’ona pastda yuzaga keladigan qarama-qarshiliklarni ham asoslaydi: - reformizmni ekologik muammolarni ularga erishish vositalarini taklif qilgan holda hal qilishning ratsional maqsadlari timsoli sifatida birgalikda qo’shish.
Shuningdek ekologiya sotsiologiyasining empirik tadqiqotlari va ularning natijalarini sotsial muhitga tatbiq etish tajribasi ham e’tiborga joizdir. Bundan tashqari invayronmentalizmni sotsial hodisa sifatida, uning boshqa ijtimoiy harakatlar bilan aloqalari g’oyasini yanada batafsilroq o’rganish ham kam ahamiyatli masala hisoblanmaydi. Invayronmentalizmning taraqqiy etishi davomida u tomonidan taqdim etilishi mumkin bo’lgan savollarning ko’p jihatliligi va dolzarbliligini oldindan aytib bo’lmaydi va ortiqcha baholab ham bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |