Ekologik muammolar ya’ni ozon teshiklari er xaroratining oshib borishi, o‘rmonlarining kamayishi, ya’ni cho‘l va saxrolarning paydo bo‘lishi, orol dengizi fojiasi va boshqalar; - Ekologik muammolar ya’ni ozon teshiklari er xaroratining oshib borishi, o‘rmonlarining kamayishi, ya’ni cho‘l va saxrolarning paydo bo‘lishi, orol dengizi fojiasi va boshqalar;
- Turli mamlakatlarga kasallik epidemiyalarini tarqalishi, ayniqsa OITS;
- Terrorizm va giyoxvandlikning oshishi;
- Ommaviy ma’naviyat tahdidi.
- Qurol va giyoxvand moddalar savdosining kengayishi va boshqalar.
Globallashuvning salbiy tomonlari:
Globallashuv hodisasiga kim qanday (ijobiy yoki salbiy) munosabatda bo`lishidan qat`iy nazar bu jarayon hozirgi davrda avj olmoqda va ijtimoiy munosabatlarda o`z aksini topmoqda. SHunga qaramasdan har qanday ongli inson globallashuvning ma`no va mohiyati nimada, globallashuv inson va insoniyatga nima beradi, bu uning kelajak taqdiriga qanday ta`sir etadi, globallashuvning mevasi bo`lgan umumbashariy tartibsizlanish (xaos) sharoitida inson, jamiyat, davlatlar to`g`ri yo`lni qanday topishi mumkin kabi savollarga tinimsiz javob izlashiga to`g`ri kelmoqda. CHunki , bu jarayon ham yaratish, ham vayronkorlik keltiradigan ziddiyatli jarayon ekani endilikda yuzaki qarashdayoq ko`rinib turipti. Agar bu globallashuv dunyoda har biri o`z qonuniy “men”iga ega bo`lgan tengxuquqli millatlarlarning hamjihat YAgona Umumiy Fikri , YAgona Umumiy Ezgu tuyg`ulari, YAgona Umumiy Irodasining shaklanishi yo`lidan ketayotgan bo`lsa, u holda insoniyat, qanchalar qiyin bo`lsa hamki, unga shaksiz shubhasiz va tinimsiz intilishi joiz. Zero bu YAgona ilohiy hikmatning idealidir. Lekin, jahon ijtimoiy sahnasida namoyon bo`layotgan hozirgi hodisalar - rivojlangan mamlakatlar olib borayotgan globallashuv siyosatining rivojlanayotgan mamlakatlarga etkazayotgan turli zararlari, ularning ikkiyuzlamachiligi, xususan, yordam berish bahonasida ularning tovar va resurs bozorlarini ochishga majbur qilib, o`z bozorlarini esa yopiq saqlashlari, umuman, jahon savdo tizimidagi barcha adolatsizliklar hozirgi globallashuv yuqorida nazarda tutilgan yuksak ma`nodagi globallashuv emas, balki buning aksi - tor manfaatparastlardan tashkil topgan egoelitar guruhning butun dunyo boyligiga ega bo`lishga intilishi yo`lida dunyo xalqini eng boylar va eng qashshoqlarga ajralib ketishiga, qashshoqlarga nisbatan “oltin milliard” genotsid siyosatining olib borilishida, milliy o`zlik o`rniga xalqaro ziddiyatlar va terrorchilik olovi yondirilayotganida va shu kabi ko`plab hollarda yuz ochayotgan o`ta salbiy jarayon ekanini ko`rsatmoqda. - Globallashuv hodisasiga kim qanday (ijobiy yoki salbiy) munosabatda bo`lishidan qat`iy nazar bu jarayon hozirgi davrda avj olmoqda va ijtimoiy munosabatlarda o`z aksini topmoqda. SHunga qaramasdan har qanday ongli inson globallashuvning ma`no va mohiyati nimada, globallashuv inson va insoniyatga nima beradi, bu uning kelajak taqdiriga qanday ta`sir etadi, globallashuvning mevasi bo`lgan umumbashariy tartibsizlanish (xaos) sharoitida inson, jamiyat, davlatlar to`g`ri yo`lni qanday topishi mumkin kabi savollarga tinimsiz javob izlashiga to`g`ri kelmoqda. CHunki , bu jarayon ham yaratish, ham vayronkorlik keltiradigan ziddiyatli jarayon ekani endilikda yuzaki qarashdayoq ko`rinib turipti. Agar bu globallashuv dunyoda har biri o`z qonuniy “men”iga ega bo`lgan tengxuquqli millatlarlarning hamjihat YAgona Umumiy Fikri , YAgona Umumiy Ezgu tuyg`ulari, YAgona Umumiy Irodasining shaklanishi yo`lidan ketayotgan bo`lsa, u holda insoniyat, qanchalar qiyin bo`lsa hamki, unga shaksiz shubhasiz va tinimsiz intilishi joiz. Zero bu YAgona ilohiy hikmatning idealidir. Lekin, jahon ijtimoiy sahnasida namoyon bo`layotgan hozirgi hodisalar - rivojlangan mamlakatlar olib borayotgan globallashuv siyosatining rivojlanayotgan mamlakatlarga etkazayotgan turli zararlari, ularning ikkiyuzlamachiligi, xususan, yordam berish bahonasida ularning tovar va resurs bozorlarini ochishga majbur qilib, o`z bozorlarini esa yopiq saqlashlari, umuman, jahon savdo tizimidagi barcha adolatsizliklar hozirgi globallashuv yuqorida nazarda tutilgan yuksak ma`nodagi globallashuv emas, balki buning aksi - tor manfaatparastlardan tashkil topgan egoelitar guruhning butun dunyo boyligiga ega bo`lishga intilishi yo`lida dunyo xalqini eng boylar va eng qashshoqlarga ajralib ketishiga, qashshoqlarga nisbatan “oltin milliard” genotsid siyosatining olib borilishida, milliy o`zlik o`rniga xalqaro ziddiyatlar va terrorchilik olovi yondirilayotganida va shu kabi ko`plab hollarda yuz ochayotgan o`ta salbiy jarayon ekanini ko`rsatmoqda.
- Ko`pchilik olimlar globallashuvning dastlabki paytlarida masalaning asl mohiyatini yaxshi tasavvur eta olmaganlari uchun globallashuvga erkin savdo yo`lidagi to`siqlarni olib tashlaydigan va barcha milliy iqtisodiyotlarni jamul jam qiladigan (integrallaydigan) ijobiy hodisa deb qaragan edilar. Lekin, bugungi kunda bu globallashuv faqat rivojlangan mamlakatlarga foyda keltirib, rivojlanyotgan mamlakatlarga, ayniqsa, juda kambag`al mamlakatlarga inqiroz olib keluvchi hodisa ekani ma`lum bo`ldi. Bu, rus faylasufi I.I.Belyaevning ta`kidlashicha, globallashuvning keyingi mamlakatlarga nisbatan genotsid quroli bo`lib xizmat qilayotganini ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |