1-Seminar masg’uloti
Mavzu: Xavflar turlari va ularning turli sohalarda yuzaga keltiradigan zararlari va salbiy oqibatlarini o’rganish.
Ishdan maqsad: Talabalarga xar xil joylarda (manbalar) kelib chiqdigan xavflarning sabablarini va ularning turli sohalarda yuzaga keltiradigan zararlari va salbiy oqibatlarini o’rgatish.
Ishning rejasi:
1. Xavflar, ularning tasnifi.
2. Ishlab chiqarish changlari moddalarning inson organizmiga salbiy ta’siri.
3. Changlarga qarshi chora-tadbirlar.
4. Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari.
5. Ishlab chiqarishda zararli moddalar va ulardan himoyalanish usullari.
Ishning borishi:
Xavflar, ularning tasnifi.
Xаvf dеb – tirik vа tirik bo’lmаgаn mаtеriyaning shu mаtеriyaning o’zigа, ya`ni оdаmlаrgа, tаbiаtgа, mоddiy bоyliklаrgа ziyon kеltiruvchi sаlbiy xususiyatigа аytilаdi. Xаvf HFXning mаrkаziy tushunchаsi hisоblаnаdi. Xаvflаrni tаbiiy vа аntrоpоgеn kеlib chiquvchilаrgа аjrаtish mumkin.
Tаbiiy xаvflаr hаrоrаtni o’zgаrishi, tаbiiy оfаtlаr nаtijаsidа yuzаgа kеlsа, аntrоpоgеn xаvflаr insоn fаоliyati nаtijаsidа hоsil bo’lаdigаn chiqindilаr, mеxаnik, issiqlik, elеktrоmаgnit enеrgiyasining chiqindilаrini аtsmоsfеrаgа, suv hаvzаlаrigа tushishidаn hоsil bo’lаdi.
Xavflar quyidagicha sinflanadi:
1. Kelib chiqish tabiatiga ko’ra xavflar: tabiiy, texnikaviy, antropogen (inson bilan bog’liq), ekologik va boshqalarga bo'linadi;
2. Maxsus standartlar bo'yicha: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik;
3. Salbiy oqibatlarning vaqt bo'yicha kelib chiqishiga ko'ra xavflar impulsli va kumulyativ (inson organizmida yig'iluvchi) bo'ladi;
4. Olib keluvchi oqibatiga ko'ra: toliqish, kasallanish, jarohatlanish, halokat, yong'in va o'lim xavflari;
5. Keltiruvchi zarariga ko'ra: ijtimoiy, texnik, ekologik;
6. Yakkalashi bo'yicha: litosfera, gidrosfera, atmosfera va kosmos bilan bog’liq bo’lgan xavflar;
7. Kelib chiqish sohasiga ko'ra: turmushda, sportda, yo'l transportida, ishlab chiqarishda, yuzaga keladigan xavflarga bo’linadi;
8. Tuzilishiga ko’ra xavflar oddiy va hosil qilingan (oddiylarning ta'sirida hosil qilingan) bo’ladi;
9. Insonga ta'sir qilish harakteriga qarab faol (aktiv) va sust (passiv) xavflar bo’ladi.
Energiya hisobiga faollashadigan xavflar sust xavflarga kiradi, bularni insonning o'zi vujudga keltiradi. Bular: o'tkir (sanchiluvchi va kesuvchi) qo'zg'almas jismlar, insonlar yuradigan yuzalarning notekisligi, qiyaliklar, balandliklar, bir-biriga tegayotgan, tekisliklar orasidagi ishqalanish va boshqalar.
Xavflarning baxtsiz hodisa yuz berishidan oldingi (aprior) va u yuz bergandan keyingi (aposterior) belgilari mavjuddir.
Har qanday faoliyatning xavfliligini tasdiqlashga insoniyat tajribasi asos bo’ladi. Faoliyatning birorta turi yo'qki, u abadiy xavfsiz amalga oshsa. Bulardan quyidagi xulosani
ifodalashimiz mumkin: har qanday faoliyat potensial xavflidir. Bu tasdiqlanish aksiomatik harakterga egadir. Berilgan aksioma faqat uslubologik va evristik ahamiyatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |