O‘zbekiston



Download 34,62 Kb.
bet1/2
Sana14.07.2022
Hajmi34,62 Kb.
#795452
  1   2
Bog'liq
Arablarning turmush sharoiti


Arablarning turmush sharoiti,hayoti mentaliteti va ularga eng oxirgi va mukammal bo‘lgan Islom dinining kirib kelishi bilan tubdan o ‘zgardi. Ularning hayotiga bu dinning kirib kelishi bilan adashib zalolatda yurgan ,Makka atrofida esa uch yuzdan ortiq but va sanamlarni to‘plagan edilar din nafaqat millatni balki butun insoniyatni yaxshi tomonga o‘zgartirdi.
Xo‘sh Islom dinining kirib kelishi iqtisodiy tomondan qanday o ‘zgarishlarga olib keldi? Arablar islomgacha qo‘shni bo‘lgan sosoniylar va vizantiyaliklarning tanga pullaridan keng foydalanar edilar.
Endi esa ularning tangalarini islom xalifalari o‘zlashtirib o‘zgartirdilar, yani tangalarning old va orqa tomonlaridagi suratlarni olib tashlab diniy lafzlar tushirila boshladi. Tangalarning chekka qismiga aylana shaklda so‘zlar bitilgan.
Vatanimiz O‘zbekiston bugun umumjahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgani butun jahonga ma’lum. O‘zbek xalqining ajdodlari buyuk alloma, qomusiy olim, mohir sarkarda, vatanparvar o‘g‘lon ekanligi bilan avlodlari har zamonda iftixordadirlar. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslarini yaratishda, sayqal berishda O‘rta Osiyo mutafakkirlarini e’tirof etmasdan bo‘lmaydi.Yurtimizda qadimdan dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganini hozirga qadar saqlanib kelayotgan suv inshootlari, hashamatli binolar isbotlab turadi.
“Biz hali yurtimizni, uning o‘ziga xos tarixi, madaniyati, ... bebaho ma’naviy merosimizni to‘liq o‘rganganimiz yo‘q”1. Tarixga qancha chuqurroq kirib borganimiz sari xalqimizning boy o‘tmishi shuncha oydinlashib bormoqda. Chuqur tadqiqotlar esa xalqlarning bir-biri bilan bo‘lgan madaniy va savdo – sotiq aloqalari, urf-odati, o‘zaro munosabatini kengroq ochib berishga xizmat qiladi.

Quraysh qabilalar bilan karvonlar yo'lidagi tijorat borasidagi o'rni haqida munosabat o‘rnatishgan ,hamda qishda Yamanga karvonlarning harakatini ta'minlash uchun qo'shni davlatlar do'stlik shartnomasini tuzishgan,va u yerdan teri,mato va boshqalarni olib kelishgan edi.Yozda Shom va Iroq shaharlariga harakatlanib u yerda import qilingan narsalar o'rniga zaytun, don, va ba'zi gazlamalar,olib kelinar edi
Alloh subhanahu va tao‘lo bu tijoriy ko'chish haqida o‘z kalomi bo'lgan Qur'oni Karimda '' Qurayshning lozim tutishi qanday yaxshi! ularning qish va yoz safarlarini o'zlariga lozim tutishi qanday yaxshi! (Quraysh 1-2oyatlar).
Bu joylashuv Qurayshga arab qabilalari orasida muhim ahamiyatga ega boʻlishga imkon berdi. Arab jazirasida oʻz nufuziga ega boʻldi. Buning natijasida arab shaharlarida keng muomalada yuradigan tangalar paydo boʻla boshladi. Bu Iroq va Suriyadan karvonlardagi kishilar olib keladigan Fors dirhamlari va Vizantiya dinorlari edi. Shu bilan birga johiliyat davrida arablarning xossatan tangalari mavjud boʻlmagani uchun Yamandan Humayriya tangalarini ham olib kelishar edi. Lekin bu tangalarning adadi juda oz hisoblanib, arablar bu tangalarning faqatgina ruda shaklidagi turidan muomalada foydalanishgan.
Payg‘ambar sollalohu alayhi vasallam davrlari, roshid xalifalar, Ummaviylar hamda Abbosiylar davri shuningdek Amin xalifalik hokimiyatining oxirigacha bo'lgan davrdagi tangalar haqida so‘z yuritamiz.
Darxaqiqat arablar o'zlarining qo'shnilari bilan o'zaro shartnomalari, bitimlari va keng tijoriy aloqalari bo'lganligini oldinroq zikr qilib o‘tdik.
Arablar xorijiy valyutalarni o'rganishda o'zlarining ushbu aloqalaridan foydalangan. Hech qancha vaqt o'tmasdan Bu valyutalar o'z pullarining bir qismiga aylanib bo'ldi. Ular o'zlarining savdo sotig'ida iqtisodiy maydonga kirdilar
Islom dini kelib, Payg‘ambar alayhissalom birinchi musulmonlar davlatini barpo etganda muomalada bo'lgan ushbu valyutalar oldin qanday bo'lsa shundayligicha qoldi.
Musulmonlar Payg'ambar alayhissalom davrlarida yuzasida fors podshohlarining surati bo'lgan Sosoniylar dirxamlaridan, va yuzasida surat va naqshlar bo'lgan Vizantiya dinorlaridan foydalanar edi
Shu bilan birga Madinai Munavvaradagi markaziy hokimiyat zarbxona barpo etishga hamda unda asl islomiy tangalar zarb qilishga qodir edi. Lekin bu qadam odamlarning iqtisodiy daromadlarini saqlab qolishni, tijoriy muomaladagi sodir bo'ladigan tartibsizlikni, pul tizimini yangilash jarayonini bir necha 10 yillarga kechiktirib yuborar edi.
Ali ibn Abu Tolib Karromallohu vajhahudan rivoyat qilinadiki, u kishi dedi: Rasululloh sollollohu alayhissalom meni Har birining vazni 6 gr bo'lgan 40 dirham evaziga Fotima alayha assalomga uylantirib qo‘ydi.
Rum Qaysari -Hiraql Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga Vizantiya dinorlarini yuborganida, u zot ularni olib sahobalar o'rtasida taqsimlab berganliklari rivoyat qilingan.
Yana shuningdek hadisi sharif zakot vojib boʻladigan nisob miqdorini belgilab berishi ham rivoyat qilingan. Rasululloh sollollohu alayhi vasallamning kitobida hamda Umar roziyallohu anhuning kitobida zikr qilinishicha: albatta, oltinning nisobi toki yigirma dinorga yetmaguncha undan hech narsa olinmaydi. Qachonki yigirma dinorga yetgach, undan yarim dinor zakot uchun olinishi vojibdir.
Arablar Islomdan oldin muomalada turli xil vaznlardan foydalanishar edi. Nabiy sallollohu alayhi vassalom o'sha vaznlardan unga kelishilgan tangalarni joriy qilganlar: ratl ,uqiya,dirham,daniq va qiyrot
Vatanimiz tarixini o‘rganishda moddiy madaniyat namunalarining o‘rni beqiyosdir. Chunki moddiy madaniyat namunalari xalqimizning eng qadimgi davrida hali yozuv mavjud bo‘lmagan vaqtdagi tarixini ham o‘rganishimizga yordam beradi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi har bir tarixiy yodgorlik davlat muhofazasida bo‘lishi2, tariximizga, o‘tmishimizga bo‘lgan hurmatdir. Tarixiy obekt bor ekan unda albatta, xalqimizning o‘tmishi, kechagi kundagi ishlari, mehnati mavjuddir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 1 martdagi “O‘zbekiston tarixi muzeyi ashyolari haqida”gi 115-sonli qarori, 1998 yil 27 iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti


Download 34,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish