2-BOB. MAJBURIYATLAR HISOBINING AMALIY JIHATLARI VA UNI YAXSHILASH YO’LLARI 2.1. Majburiyatlar hisobini yuritishning amaldagi holati Yuridik nuqtai nazardan moddiy aktivlar yoki nomoddiy mulk (intellektual mulk) kirimi hamda debitorlarning kreditorlar oldidagi majburiyatlari paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lmagan majburiyatlarining paydo bo’lishi ham foyda deb hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, kirim korxonaning biror narsaga huquqi, foyda esa o’xshash huquqlarning yo’qotilishi bilan bog’liq bo’lmagan huquqlarning ko’payishi hisoblanadi.
Yuridik nuqtai nazardan xarajatlar moddiy aktivlar yoki nomoddiy mulkning (intellektual mulk) chiqib ketishi hamda kreditorlar oldida majburiyatlarning paydo bo’lishi va foydaning esa debitorlarning korxona oldidagi majburiyatlari paydo bo’lishi bilan bog’liq bo’lmagan qismida mulkning chiqib ketishi sifatida belgilanadi. Shunday qilib, yuridik nuqtai nazardan korxonaning xo’jalik faoliyatida band bo’lgan mablag’ining real harakati emas, balki korxonaning bu vositalar bilan bog’liq huquqdari va majburiyatlarining dinamikasi muximdir. Demak, agar iqtisodiy nuqtai nazardan mollarning xaridorlardan to’lovlarni olishga qadar sotilishi xarajat mablag’larning xo’jalik aylanmasidan chiqishi bo’lsa, yuridik nuqtai nazardan bu fakt xaridorning pul to’lash majburiyati ko’rinishidagi kirimni bildiradi.
Bitim bo’yicha ishlarning bajarilishidan kirimni tan olish momenti sifatida bevosita buyurtmachidan pulni olish momentini ko’rsatishimiz mumkin. Faqat buyurtmachi qarzni uzgandan so’nggina biz amalga oshirilgan kelishuv sotuvchi firmaning mablag’lari hajmini qanchaga oshirganini, ya’ni kirim qancha bo’lganini aniq ayta olamiz. Bu yondashuv ehtiyotkorlik talabiga o’liq javob beradi. Demak, ishlar bajarilishi faktining o’zi kirim bo’lishi deb tan olinmasligi lozim. Gap shundaki, bu holda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan nafaqat faoliyatning rejalashtirilayotgan rivoji chegaralarini, balki bajarilgan kelishuvlar bilan bog’liq kelgusi pul oqimlarining hajmlarini ham bilolmaymiz.
Yetkazib beruvchiga pul o’tkazish momenti xarajatlar paydo bo’lishining (tan olishning) momenti deb hisoblanishi mumkin. Bu yerda shuni e’tirof etish kerakki, iqtisodiy nuqtai nazardan so’nggi yondashuv buxgalteriya hisobi ma’lumotlari yordamida qarz hajmini ko’rsatish imkonini bermaydi, xaridor uni mollarni olish momentidan to ular uchun pul to’lash muddatigacha yetkazib beruvchidan oladi.
Odatiy faoliyat jarayonida korxonalar majburiyatlarini baholash quyidagi jadvalda aks ettirilgan.